31
Xulosa
Ushbu kurs ishim mavzusi Izotrop va anizotrop kristallar va ularning
qo`llanilishi haqida .Kurs ishimni yozish orqali o’z
bilimlarimni yanada
mustahkamladim.Kurs ishimni Kirish qismida
Qattiq jismlar haqida ma’lumot,
Metallarning optik xossalarining xarakteristikasi haqida ma’lumot
berdim.Asosiy qismida esa mavzuni yoritib berishga harakat qildim.Moddaning
qattiq holati o’zining fizik xususiyatlari jihatidan farq qiladi. Qattiq jismlar shu
sababdan kristall va amorf jismlarga ajratiladi.
Amorf jismlar aniq erish
tempetaruraga ega bo’lmaydi,ba’zi xususiyati jihatidan suyuqliklarga o’xshash,
masalan oquvchanlik xossasi. Kristall jismlar aniq erish temperaturaga ega.
Ularning molekulyar tuzilishi, ichki strukturasi ma’lum qonunuyatga ega. Ana shu
ichki struktura kristall jismlarda tashqi ta’sirlarni, issiqlik, yorug’lik va boshqalarni
turli yo’nalishda turlicha uzatilishiga sabab bo’ladi.
Qattiq jismlar shuningdek,
izotrop va anizotroplik xossalarini namoyon etadi. Izotroplik xossasi bu moddaga
ko’rsatilgan tashqi ta’sir uning hamma yo’nalishlarida bir xilda ta’sir ko’rsatishidir,
uning hamma nuqtalariga bir xilda uzatilishidir. Anizotroplik xususiyati esa,
moddaga ko’rsatilgan tashqi ta’sir yorug’lik , issiqlik va boshqa ta’sirlar
unda tanlab
olingan turli yo’nalishlarda turlicha namoyon bo’ladi. Izotrop jismlarga shisha,
plastmassa, polimerlar misol bo’ladi. Anizotrop jismlarga
esa barcha metallar
kiradi. Qaralayotgan bir parametrga nisbatan anizotrop bo’lgan jism, boshqa
ikkinchi parameter uchun izotrop bo’lishi mumkin. Men
ushbu kurs ishida izotrop
va anizotrop kristallarning umumiy xususiyatlari bilan bir qatorda optik
xususiyatlarini ham ko’rib chiqishga harakat qildim. Anizotrop
kristallardan optic
muhit sifatida foydalanib ularga yorug’lik tushirilganda yorug’likning qutblanishi,
nurning ikkilanib sinishi kabi bir qator holatlar yuz beradi. Bu borada
olimlarnitajribalarini keltirib o’tdim. Ishlab chiqarishda keng qo’llaniladigan
kristallardan biri bo’lgan yoqut
kristallining xususiyatlarini, qo’llanilishini u
haqidagi ma’lumotlarni keltirishga harakat etdim.
32
Foydalanilgan Adabiyotlar
1.
G.S. Landsberg ,,Optika” ,,Toshkent” ,,O’qituvchi” 1981
2.
I.V. Savelov ,,Umumiy fizika kursi 3-tom” Toshkent 1976
3.
D.V. Sivuxin ,,Optika” M.Nauka 1960
4.
M.O’lmasova. ,, Mexanika va molekulyar fizika”
Toshkent
5.
I,R. Abduquliyev’’,, Mexanika va molekulyar fizika’’ Toshkent
Foydalanilgan saytlar
1.
WWW.uzreferat.ucoz.net
2.
www.title.ru
3.
www.ziyonet.uz