«Ilmiy tadqiqot usullari va metodikasi»
Mavzusidagi
KURS ISHI
Bajaruvchi:
Ilmiy rahbar:
Guliston 2022
ANNOTATSIYA
Ushbu kurs ishida Ilmiy tadqiqot usullari va metodikasini nazariy asoslari tahlil qilish va pedagogik jihatdan qiyoslash ko'zda tutilgan.
Qolaversa, ilmiy tadqiqot ishlari, ularning tuzilishi, hususiyatlari o'rganish va ularni tahlil qilishga qaratilgan.
АННОТАЦИЯ
Этот курс обеспечивает анализ теоретических основ и педагогическое сравнение методов и приемов научных исследований.
Кроме того, научные исследования сосредоточены на изучении и анализе их строения, свойств
ANNOTATION
This course provides an analysis of the theoretical foundations and pedagogical comparison of scientific research methods and techniques.
In addition, scientific research focuses on the study and analysis of their structure, properties
Kirish…………………………………………………………………3
Ilmiy bilish va tadqiqot tushunchasi, ilmiy-tadqiqot usullari……4
Ilmiy bilish va tadqiqot tushunchasi………………………………5
Ilmiy tadqiqot usullari…………………………………………….13
Ilmiy tadqiqot metodlari ularning tavsifi va turlari……………..20
3. Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlari haqida tushuncha…21
4. Ilmiy tadqiqot metodlarining tavsifi………………………………26
Xulosa……………………………………………………………….32
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………36
Kirish
Muammoning dolzarbligi. Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari–shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yo'nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berishga yo'naltirilgan pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullari bo'lib, ular asosida muammoni ijobiy hal etishga yordam beruvchi tamoyillari, ob'ekti va sub'ektiv omillari aniqlanadi. Ayni vaqtda pedagogik hodisa, voqelik va ularning qonuniyatlarilarni aniqlashga bunday yondashuv pedagogik hodisa va jarayondlarning umumiy aloqasi, ularning izchil, uzluksiz rivojlanishi, bolaning fiziologik rivoji uning psixologik, intellektual jihatdan takomilashtirib borishini ta'minlashi, qarama-qarshiliklarning shaxs kamolotini ta'minlashdagi o'rni va roli, shuningdek, dialektika kategoriyalarining ahamiyatini e'tirof etadi. Pedagogik ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish murakkab, muayyan muddatni taqozo etuvchi, izchillik, uzluksizlik, tizimlilik hamda aniq maqsad kabi xususiyatlarga ega bo'lgan jarayon bo'lib, uning samarali bo'lishi uchun bir qator shartlarga rioya etish zarur. Ular quyidagilardir:
1) muammoning dolzarbligi va mavzuning aniq belgilanganligi;
2) ilmiy farazlarning to'g'ri shakllantirilganligi;
3) vazifalarning tadqiqot maqsadi asosida to’g’ri belgilanganligi;
4) tadqiqot metodlar tizimiga nisbatan ob'ektiv yondashuv;
5) tajriba-sinov ishlari jarayoniga jalb etiluvchi respondentlarning yosh, psixologik va shaxsiy xususiyatlari, shuningdek, shaxs rivojlanishi qonuniyatlarining to’g’ri hisobga olinganligi;
6) tadqiqot natijalarini oldindan tashxislash va uning natijalarini bashoratlash;
7) tadqiqot natijalarining kafolatlanganligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |