O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


qat’iy tasdiqlaydi.  2.3. Korporativ menejmentning asosiy vazifasi va uning moliyaviy



Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/229
Sana23.07.2022
Hajmi5,37 Mb.
#842347
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   229
Bog'liq
2 5265091174263165031

qat’iy
tasdiqlaydi. 
2.3. Korporativ menejmentning asosiy vazifasi va uning moliyaviy 
jihatlari. 
Nazariy jihatdan kompaniyalar faoliyati aksiyadorlar tomonidan nazorat 
qilinishiga qaramay, amaliyotda kompaniyalar faoliyatining kundalik nazorati aynan 
menejerlar tomonidan amalga oshiriladi. 
Shunday taxmin bildirilganki, ayrim kompaniyalar aksiyadorlar boyligini 
oshirish (maksimallashtirish) o‘rniga menejerlar farovonligini maksimallashtirishga 
yo‘naltirilgan siyosat olib borishi, shu bilan bir vaqtda aksiyadorlarga ortiqcha 
norozilik bildirmasliklari va menejerlarga noqulayliklar tug‘dirmasliklari uchun 
yetarlicha haq to‘lashi mumkin. Menejerlar o‘z farovonligini oshirishga urinishlarida 
yordam beradigan usullar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
• o‘zlariga o‘zlari yuqori ish haqi va ustamalar to‘lash, biroq qonun bo‘yicha 
direktorlar ish haqi miqdoridan xabardor bo‘ladigan aksiyadorlarni xavotirga 
soladigan darajada juda katta emas; 
• martabani oshirish imkoniyatlarini yaxshilash va ijtimoiy maqomni 
kuchaytirish maqsadlarida qo‘shilish va tashqi ekspansiya orqali shaxsiy boshqaruv 
sohalarini kengaytirish;
• diversifikatsiya hisobiga tavakkalchilikni pasaytirish, bu, 7-bobda qayd 
etilganidek, aksiyadorlarga foyda keltirmasligi, biroq menejerlar barqarorligini 
sezilarli oshirishi mumkin. 
1-bobda ko‘rib chiqilganidek, Korporativ boshqaruvning kombinatsiyalangan 
kodeksi aksiyadorlar va direktorlar o‘rtasida farovonlik darajasi bo‘yicha qo‘pol 
nomuvofiqlikka yo‘l qo‘yilmasligiga qaratilgan. Biroq hech qanday qoidalar ushbu 
muammoni to‘liq hal etmaydi. 


30 
Menejerlar aksiyadorlar manfaatlariga zarar yetkazgan holda faqat shaxsiy 
manfaatlariga amal qilishlarini ta’kidlash uchun hech qanday sabab yo‘q. Shunga 
qaramay, menejerlarning bir qismi, balki aksariyati kompaniya faoliyati to‘g‘risida 
qaror qabul qilishda o‘z farovonligini o‘ylashi mumkin. Bu, shubhasiz, aksiyadorlar 
nuqtai nazaridan optimal bo‘lmagan qarorlar qabul qilinishiga olib kelishi mumkin. 
Afsuski, menejerlar qarorlari ustidan nazorat uchun boshqaruv auditini o‘tkazish narxi 
ancha yuqori bo‘lib, bu audit qo‘llanishini foydasiz tadbirga aylantiradi. 
Menejerlar tomonidan aksiyadorlarning yuqori manfaatlariga javob bermaydigan 
qarorlar qabul qilinishi tufayli aksiyadorlar tomonidan ko‘rilgan yo‘qotishlar va/yoki 
menejerlar qarorlari ustidan nazorat uchun aksiyadorlar xarajatlari agentlik xarajatlari 
(agency costs) deb ataladi, chunki menejerlar aksiyadorlarning kompaniya aktivlari 
boshqaruvi bo‘yicha agentlari sifatida faoliyat yuritadilar. 
Agentlik xarajatlari – biznes mablag‘lari bir necha sohalarida yuzaga keladigan 
holat. Albatta, aksiyadorlar daromadiga bog‘liq qo‘shimcha haqlar va 23-betda so‘z 
yuritilgan direktorlarga beriladigan aksiyalar uchun opsionlar – menejerlarni 
aksiyadorlar farovonligi kuchaytiriladigan tarzda kompaniyani boshqarishga undash 
uchun amalga oshiriladigan agentlik xarajatlariga misol bo‘la oladi. Kitobning keyingi 
bo‘limlarida agentlik munosabatlari muammolari paydo bo‘lish ehtimoli yuqori 
bo‘lgan boshqa sohalarni turli nuqtai nazarlardan ko‘rib chiqamiz. 
Shunga qaramay, muntazam ravishda optimal bo‘lmagan qarorlar qabul 
qiladigan menejerlarga jiddiy jazo – biznesning yutilib ketish ehtimoli xavf soladi. 
Aksiyalari narxi aktivlardan to‘liqsiz foydalanishni aks ettiradigan kompaniya 
butunlay yutilib ketish ob’yektiga aylanib qolishi mumkin, buning natijasida beparvo 
menejerlar ishsiz qoladilar. Aksiyalarning yuqori narxi biznesni yutilib ketish uchun 
jozibasiz qiladi, shu tufayli menejerlarda aksiyalar narxini maksimallashtirish, hech 
bo‘lmasa oshirish yo‘nalishiga ko‘maklashishdan qonuniy manfaatdorlik mavjud. 
Yutilib ketish to‘g‘risidagi masalani 14-bobda ko‘rib chiqamiz. 

Download 5,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish