O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


Aksiyadorlar farovonligini maksimallashtirish



Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/229
Sana23.07.2022
Hajmi5,37 Mb.
#842347
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   229
Bog'liq
2 5265091174263165031

Aksiyadorlar farovonligini maksimallashtirish 
Ehtimol, ushbu maqsad alohida vazifalar sifatida daromad/o‘sish yoki 
barqarorlik/faoliyatni saqlab qolish bilan bog‘liq maqsadlarga nisbatan ko‘p 
jihatdan ishonchliroq, chunki aksiyadorlar farovonligini maksimallashtirish bir 


23 
vaqtning o‘zida daromadni ham, tavakkalchilikni ham hisobga oladi. Agar A 
kompaniya va B kompaniyada daromadlar bir bo‘lishi kutilsa, biroq B 
kompaniyaga mablag‘lar sarflanishi yuqoriroq tavakkalchilik bilan bog‘liq bo‘lsa 
(ya’ni, B kompaniyaga tegishli umidlarning amalga oshish ehtimoli kamroq 
bo‘lsa), aqlli investorlar B kompaniyani emas, balki A kompaniyani afzalroq deb 
biladilar. Bundan tashqari, farovonlikni maksimallashtirish qisqa muddatli va uzoq 
muddatli foydani tenglashtiradi, buni foydani maksimallashtirishda amalga 
oshirishning imkoni bo‘lmaydi. 
Farovonlikni maksimallashtirishga sodiqlik menejerlarni dividendlar to‘lash 
va aksiyalar narxlarini oshirish orqali aksiyadorlar uchun foydani maksimal 
oshiradigan tarzda tavakkalchilik va daromadni tenglashtiradigan qarorlar qabul 
qilishga undashi kerak. 
Farovonlikni maksimallashtirish o‘zining asoslanganligiga qaramay, chamasi, 
yanada asoslangan maqsad – oqilona boylik tamoyiliga rioya qilish bilan 
to‘qnashuvga duch keladi. U ittifoqning faqat bitta a’zosi manfaatlari, ehtimol, 
boshqalar hisobiga qondirilishini nazarda tutadi. Biroq o‘zini oqlaydigan darajada, 
aksiyadorlar farovonligini maksimallashtirish mezonlari moliyaviy qarorlar qabul 
qilish uchun asos yaratadi, ular kelgusida ittifoqning boshqa ishtirokchilari 
manfaatlariga asoslanib qabul qilingan qarorlar bilan o‘zaro muvofiqlashtirilishi 
kerak. 
Shunga qaramay tasdiqlash mumkinki, oqilona boylik tamoyili va 
aksiyadorlar farovonligini maksimallashtirish bir-biriga dastlab tuyulishi mumkin 
bo‘lgan darajada kuchli zid kelmaydi. Bu farovonlikni maksimallashtirish vazifasi 
ittifoqning yetarli darajada yuqori daromad oladigan boshqa ishtirokchilari 
tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlanishi mumkinligini anglatadi. Faraz qilaylik, 
kompaniya xizmatchilari ittifoq a’zolaridan biri hisoblanadilar. Xizmatchilarga 
qoniqarli shart-sharoitlar taqdim qilinmasligi dividendlar va aksiyalar narxida 
qanday aks etadi? Ko‘proq qoniqarsiz shart-sharoitlar kadrlarning yuqori 
qo‘nimsizligi, xodimlarning yetarli darajada bo‘lmagan sodiqligi, noroziliklar 
ehtimoli, qisqacha aytganda esa – kompaniyaning daromadsiz va noaniq kelajagiga 


24 
olib keladi. Tabiiyki, bu investorlar tomonidan ishtiyoq bilan kutib olinmaydi va 
asta-sekin aksiyalar narxlari pasayishiga olib kelishi mumkin. Aksincha, o‘z 
ahvolidan mamnun xodimlar investorlar tomonidan ijobiy qabul qilinadi. To‘liq 
asos bilan taxmin qilish mumkinki, ittifoqning boshqa ishtirokchilariga nisbatan 
ham xuddi shunday xulosa chiqariladi. 
Aksiyadorlar farovonligini maksimallashtirish biznesning odatdagi moliyaviy 
maqsadlarini har doim ham aniq aks ettirmaydi. Shunga qaramay, u moliyaviy 
qarorlar qabul qilishning asoslangan, ish uchun yaroqli negizini ifodalaydi. Aslida, 
kompaniyalar har doim o‘z aksiyadorlari boyligini kamaytiradigan qarorlar qabul 
qilolmaydi, chunki bu mazkur biznes qimmatining doimiy pasayishiga olib keladi. 
Har bir kompaniya faqat cheklangan boylik miqdoriga ega bo‘lib, shu tufayli 
ertami-kech uning kamayishi natijasida u biznesdan siqib chiqariladi. 
Jensen (Jensen 2001) qayd etishicha, menejerlar bir vaqtning o‘zida bir necha 
maqsadlarga amal qilishlarini kutishning foydasi yo‘q. Qisman bu ittifoqning 
biznesda qatnashayotgan turli a’zolari o‘rtasida manfaatlar muvozanatiga 
erishishdagi qiyinchiliklar bilan izohlanadi. Shuningdek, Jensen fikricha, bir necha 
maqsadlarga erishishga intilish menejerlarga maqsadga muvofiq qarorlar qabul 
qilishlariga xalaqit beradi. 
Menejerlar muvaffaqiyatining aniq mezonlari mavjud emasligi ular kamroq 
hisobot berishlariga olib keladi. Biznes maqsadi sifatida aksiyadorlar farovonligini 
maksimallashtirish tanloviga qarshi dalillar qanday bo‘lmasin, bunday maqsad 
sezilarli ustunlikka ega: menejment muvaffaqiyatini baholash, ayniqsa, aksiyalari 
narxini kuzatish mumkin bo‘lgan ochiq bozorda muomalada bo‘lgan 
kompaniyalarda ancha oson. 

Download 5,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish