Yillik hisobotlar ma’lumotlari
Qonun hujjatlari Buyuk Britaniya kompaniyalariga buxgalteriya hisobotlarini
va o‘z faoliyati to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlarni har yilgi hisobotda e’lon qilish
majburiyatini yuklaydi. Ko‘plab kompaniyalar ushbu imkoniyatdan hisobotga
qo‘shimcha axborot, shu jumladan, biznes falsafasi va maqsadlari to‘g‘risida
ma’lumotlar kiritish uchun foydalanadi. Ayrim kompaniyalar aksiyadorlar
farovonligini maksimallashtirish bo‘lmasa, farovonligi oshirilishini maqsad
sifatida aniq ajratib ko‘rsatadi. “British Sky Broadcasting Group plc” (‘BSkyB’)
sputnik orqali namoyish etish kompaniyasi 2004 yil uchun o‘z hisobotida qayd
etishicha, uning maqsadi “Buyuk Britaniya va Irlandiyada pullik raqamli televizion
xizmatlar abonentlari sonini foydali oshirishga tayangan holda aksiyadorlar uchun
qiymatlarni maksimallashtirish”dan iborat. “Balfour Beatty” plc qurilish
kompaniyasining 2003 yil uchun hisobotida quyidagicha yozilgan: “Maqsadimiz –
infratuzilma sifati, samaradorligi va ishonchliligi juda muhim ko‘rsatkichlar
hisoblangan iste’molchilarga loyiha-konstruktorlik, qurilish va servis malakalarini
27
taqdim etish orqali aksiyadorlar uchun (shareholder value) uzoq muddatli
qiymatlar (narxlar)ni yaratish. Biz xavfsiz ishlash va atrof-muhitga zarar
yetkazmaslikka intilamiz”. Suv yetkazib berish va chiqindilarni utilizatsiya qilish
bilan shug‘ullanuvchi “Severn Trent plc” kompaniyasi quyidagicha bayonot
bergan: “Biz ekologik muammolarning majmui yechimini taklif qilgan hamda
xususiy va davlat iqtisodiyot sektorlarida yangi qonun hujjatlari va yangi talablar
bilan yaratiladigan imkoniyatlardan operativ foydalangan holda aksiyadorlar uchun
qiymatlarni oshirishga intilamiz” (2004 yil uchun yillik hisobot).
Dettol, Harpic va Vanish kabi maishiy kimyoviy mahsulotlar ishlab
chiqaruvchi “Reckitt Benckiser plc” kompaniyasi quyidagicha e’lon qildi: “Asosiy
maqsadimiz – aksiyadorlar uchun qiymatlarni yaratishdan iborat” (2003 yil uchun
yillik hisobot).
Ayrim kompaniyalarning aksiyadorlar uchun foydaga munosabati 21-betda
qayd etilgan nuqtai nazarni tasdiqlaydi, unga asosan, aksiyadorlar uchun
qiymatlarni maksimallashtirish oqilona boylik tamoyili bilan bog‘liq. “Prudential”
plc sug‘urta kompaniyasi shunday e’lon qiladi: “Prudential”ga ega aksiyadorlar
oldidagi majburiyatlarimiz vaqt o‘tishi bilan ular investitsiyalari qiymatlarini
maksimallashtirishdan iborat. Biz bunga ajoyib mahsulotlar ishlab chiqarish va
xizmatlar ko‘rsatish, taalluqli ravishda, yuqori moliyaviy daromad olish uchun
uzoq muddatli asosda rivojlantirishga mablag‘lar sarflash hamda xodimlarimiz va
faoliyatimiz yo‘nalishlaridagi eng yaxshi jihatlarni aniqlash orqali erishmoqdamiz”
(2003 yil uchun yillik hisobot). “Prudential” quyidagicha davom ettiradi:
“Maqsadimiz – qiymatga ega va pulga almashtirish xavfsizligini ta’minlaydigan
mahsulotlar va xizmatlar tufayli mijozlarimiz va sug‘urta polislari egalari bilan
uzoq muddatli munosabatlarni o‘rnatish”.
Ehtimol, aksariyat kompaniyalar o‘z faoliyati maqsadini aksiyadorlar
farovonligini oshirish sifatida BSkyB, Balfour Beatty, Severn Trent va Prudential
kabi aniq shakllantirmaydi. Shunga qaramay, ularning yillik hisobotlardagi
bayonotlari ular aksiyadorlar farovonligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik ko‘rsatishlarini
tasdiqlaydi. Masalan, “Tesco plc” supermarketlar kompaniyasi o‘z maqsadini
28
quyidagicha ifodalaydi: “Iste’molchilar uchun ularning umrbod sodiqliklariga erishish
imkonini beradigan qiymatlarni yaratish” (2004 yil uchun yillik hisobot). Bu yerda
aksiyadorlar to‘g‘risida bir og‘iz so‘z ham yo‘q. Shunga qaramay, Tesco aksariyat
kompaniyalar kabi o‘z direktorlariga juda katta mukofot pullari to‘lagan, ularning
miqdori aksiyadorlar daromadlari darajasiga bog‘liq bo‘lgan – bu direktorlar diqqat-
e’tibori aniq aksiyadorlar farovonligiga qaratilganligi alomati hisoblanadi.
Ko‘pgina kompaniyalar “aksiyadorlarning umumiy daromadi” (
total shareholder
return
) kabi ko‘rsatkichni e’lon qiladi. Bu aksiyadorlar tomonidan olingan foyda
miqdori: dividendlar plyus muayyan davr mobaynida aksiyalar narxlari oshishi. Bir
qator bunday kompaniyalar o‘z ko‘rsatkichlarini shunga o‘xshash kompaniyalar
guruhi ko‘rsatkichlari bilan solishtiradi. Ayrim kompaniyalar, masalan, “Boots Group
plc” dorixona tarmog‘i ushbu ko‘rsatkichdan menejerlarga mukofot pullari to‘lash
uchun asos sifatida foydalanadi.
Ko‘plab kompaniyalar, shu jumladan, deyarli barcha yirik kompaniyalar o‘z
direktorlari va top-menejerlariga aksiyalar uchun opsionlar taqdim qiladi. Opsionlar
kelgusida muayyan paytda aksiyalarni joriy bozor narxi bo‘yicha xarid qilish huquqini
beradi. Bu direktorlar bevosita va hech qanday tavakkalchiliksiz kompaniya aksiyalari
narxlarining har qanday oshirilishidan foyda olishlari mumkinligini anglatadi. Agar
aksiyalar narxi oshirilsa, ular opsiondan foydalanadilar va shu zahoti aksiyalarni
yanada yuqori narx bo‘yicha sotishlari mumkin bo‘ladi. Agar aksiyalar narxi
oshirilmasa, direktorlar aksiyalarni sotib olishlari shart emas.
Yuqorida keltirib o‘tilgan ayrim kompaniyalar bayonotlari va qanday yo‘l
tutayotganligi quyidagicha xulosalar chiqarishimiz mumkin. Aksariyat kompaniyalar
aksiyadorlar farovonligini maksimallashtirishni o‘z maqsadi sifatida belgilamaydi,
garchi ayrim kompaniyalar o‘z maqsadini aynan shunday belgilaydi. Buyuk
Britaniyadagi deyarli barcha yirik kompaniyalar o‘z direktorlariga yirik mukofot
pullari to‘laydi. Ushbu mukofot pullari deyarli har doim aksiyadorlar daromadlari
bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Bundan tashqari, aksariyat yirik kompaniyalar o‘z
direktorlariga aksiyalar uchun opsionlar taqdim qiladi. Shunday qilib, direktorlar
aksiyadorlarga foyda keltirishga jiddiy rag‘batlantiriladi. Aksiyalar uchun
29
opsionlardan mukofot pullari va foyda ko‘pgina direktorlarning asosiy oylik ish
haqidan osonlik bilan yuqorilab ketishi mumkin. Shu tufayli, garchi aksariyat
kompaniyalar aksiyadorlar farovonligini maksimallashtirishni o‘z maqsadi sifatida
belgilamasada, ularning harakatlari, shu jumladan top-menejerlarni rag‘batlantirish
choralari aksiyadorlarning iqtisodiy farovonligi juda muhim masala ekanligini
Do'stlaringiz bilan baham: |