Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari
sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi tomonidan
2016 yil I yarim yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida
ma’lumot
Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashining qarori bilan tasdiqlangan tekshirishlar reja-jadvaliga muvofiq Inspeksiya tomonidan
2016 yil I yarim yil davomida 7 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati rejali tekshirildi.
O‘tkazilgan tekshirishlar natijasida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga o‘rnatilgan tartibda 6 ta ko‘rsatmalar berilgan.
2016 yil I yarim yil davomida O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksining tegishli moddalariga asosan 55 nafar shaxsga nisbatan o‘rnatilgan tartibda ma’muriy jazo choralari qo‘llanilib, 25 787 520 so‘m miqdorida jarima undirildi.
2016 yil I yarim yil davomida aloqa sohasidagi korxonalar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati buzilganligi uchun 70 000 000 so‘m miqdorida moliyaviy sanksiyalar qo‘llanildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 23 apreldagi 102- son qaroriga muvofiq Vazirlikning buyruqlari bilan tasdiqlangan reja-jadvallarga asosan
2016 yil I yarim yil davomida 14 ta davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida AKTning joriy etilishi yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazildi. O‘tkazilgan o‘rganishlar yakuni bo‘yicha ikki tomonlama ma’lumotnomalar tuzilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan xulosa va takliflar o‘rnatilgan tartibda davlat organlariga va Vazirlikka taqdim etildi.
2016 yil I yarim yil davomida Inspeksiya tomonidan 148 ta davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali ko‘rsatilayotgan interaktiv davlat xizmatlari monitoringi o‘tkazilib, davlat organlari tomonidan interaktiv xizmatlar ko‘rsatilishida interaktiv davlat xizmatlari ish faoliyatida emasligi holatlari aniqlandi va ma’lumotlar tegishli choralar ko‘rish uchun Vazirlikka taqdim etib borildi.
Inspeksiya hamda boshqa vakolatli organlar tomonidan tasdiqlangan 2016 yil chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, radioelektron va yuqori chastotali qurilmalarni noqonuniy ishlatilishini oldini olish maqsadida 114 ta qo‘shma tadbirlar o‘tkazildi. O‘tkazilgan tadbirlar natijasida 29 nafar shaxsda 154 ta radioelektron vositalar noqonuniy ishlatilayotganligi aniqlandi va ularning barchasiga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralari qo‘llanildi.
2016 yil I yarim yil davomida jami 592 ta qurilishi tugallangan aloqa ob’ektlarini qabul qilish komissiyasi tarkibida Inspeksiya vakillari ishtirok etdi va ob’ektlarni qabul qilish bo‘yicha xulosa va takliflar berildi.
Soha korxonalari va Inspeksiya o‘rtasida 2016 yilda hamkorlikda o‘rganishlar o‘tkazish yuzasidan imzolangan kelishuvlarga asosan:
- “O‘zbektelekom” AK “Telekommunikatsiya Transport Tarmog‘i” filialining 2 ta bog‘lamasi va “O‘zbektelekom” AK 2 ta filiallari va ularning 25 ta tuman telekommunikatsiya bog‘lamalarida;
-“Matbuot tarqatuvchi” AKning 1 ta matbuot tarqatuvchi sho‘ba korxonasi, 27 ta tuman bo‘linmalari va ularga qarashli 156 ta kioskalarida;
- “Matbuot tarqatuvchi” MchJlarning 1 ta tuman bo‘linmalari va ularga qarashli 5 ta kioskalarida o‘rganishlar o‘tkazildi.
O‘tkazilgan o‘rganishlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, bajarilishi nazoratga olindi.
Pochta aloqasining universal xizmatlari sifatini nazorat qilish maqsadida pochta aloqasi ob’ektlari va pochta qutilari orqali jami 1568 ta nazorat xatlari, jumladan viloyatlar ichida jami 840 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri o‘rtasida jami 728 ta nazorat xatlari jo‘natilib monitoring ishlari olib borildi.
2016 yil I yarim yil davomida “O‘zbekiston pochtasi” AJ va uning 14 ta filiallari, 182 ta pochta aloqasi tarmoqlari, 3 ta ishlab chiqarish uchastkalarida va 2688 ta aloqa bo‘limlari tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalarining bajarilishi yuzasidan har chorakda monitoring olib borildi.
Monitoringlar natijalarida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etish choralarini ko‘rish uchun “O‘zbekiston pochtasi” AJga taqdim etib borildi.
Inspeksiyaga 2016 yil I yarim yil davomida kelib tushgan jami 655 ta murojaatlar ko‘rib chiqilgan, shulardan 208 tasi korxona aybi bilan kelib chiqqanligi aniqlandi.
Normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishi yuzasidan profilaktika ishlarini kuchaytirish maqsadida 2016 yil I yarim yil davomida bevosita joylarga chiqilib 1585 ta sub’ektlar bilan tushuntirish ishlari olib borildi, 264 ta seminarlar tashkil etildi va ushbu seminarlarda 2906 nafar tadbirkor va korxonalar xodimlari ishtirok etdi. 145 ta “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari o‘tkazilib, tadbirda ishtirok etgan 1372 nafar tadbirkor va fuqarolarning 268 ta muammoli masalalari ko‘rib chiqildi va ijobiy javoblar berildi. Ommaviy-axborot vositalarida 560 ta chiqishlar tashkil etildi.
“Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining kadrlar malakalarini oshirish, o‘qitish va qayta o‘qitish 2016 yil rejasi”ga asosan 2016 yil I yarim yil davomida Inspeksiya va uning hududiy bo‘linmalarining 181 nafar xodimlari turli o‘quv kurslari va seminarlarda qatnashdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |