Tarjimon (1883 – 1917) Gazetasidagi Turkiston Materiallarining Izohli Bibliografiyasi
181
usulda, Buxoro va Xivadagi idora usuli hech qayerda qolmgan, fikrimizcha
bu taftishlar idora usulini o‘zgartirish yo‘lidagi qadamlar bo‘lsa kerak, amir
va valiahd bu ishlarda ko‘mak ko‘rsatishi kerak; 2)
domulla Ikromga
qilingan hujumlar, 30 kishi muftining xonasiga bostirib kirgan va o‘lim
bilan tahdid qilgan, usuli jadidga qarshi o‘zlari yozgan maktubga muftiy
muhrini bosib olib ketganlar, valiahd muftini iste’fosini qabul qilmay
muhrini
qaytarib bergan, johillarning ishlari amalga oshmagan, ushbu
johillarga qarata achchiq so‘zlar aytilgan.
14.
Russkoye Slovo
. Turkiston ma’murlari.
№
17, 23.04.1910, 6. Palen
taftishlari asosida bayonnoma tayyorlagan, Turkistondagi ko‘p ma’murlar
qonunlardan tashqari harakat qilganliklari bayon etilgani haqida.
15. Doxiliya xabarlari.
№
19, 7.05.1910, 3. Mirzacho‘lda qattiq do‘l yoqqan,
paxta ekinlariga katta zarar yetgan, bir tarafdan chigirtka bosgani haqida.
16. Doxiliya xabarlari.
№
20, 18.05.1910, 2.
Toshkent yaqinidagi Keles
stantsiyasida yo‘lni chigirtka bosganidan pochta poyezdi to‘xtab qolgan,
yo‘l tozalangandan keyin qatnov boshlangani haqida.
17.
Vaqt (Buxoroli).
Buxoro xabarlari.
№
20, 18.05.1910, 2,3. Buxoro amiri
huzurida sayr boshlangan, turli tamoshalar bo‘ladi, ishdan olingan rais
Burhoniddinning hadyalarini qabul qilgan va Karmanada yashashga ruxsat
bergan, uning nazoratidagi ikki paxta zavodlarini
boshqalarga bergani
haqida.
18. Turkiston taftishi.
№
21, 21.05.1910, 6. Turkiston viloyatini taftish qilgan
Palenning hisoboti chop etilgan, juda katta mufassal hisobot, chop etishning
o‘ziga 30
ming rubl sarflangan, dumada muzokara qilinadi, faqat tuproq
masalasi ochiq qolgan, Turkiston ahvolini bu darajada fosh etilishini
istamaganlar, ministrlar kengashi ham bu
hisobnomani shundayligicha
qoldirgan, Turkiston yana eskicha idora qilinadi, taftish davomida topilgan
kamchiliklar qoldi.
19. Doxiliya xabarlari.
№
22, 28.05.1910, 3. Toshkent atrofidagi Mirzacho‘lda
chigirtka bosgan, 100 desyatina yerdagi paxtani barbod qilgan, ziyon katta.
20.
TV
. Doxiliya xabarlari.
№
23, 4.06.1910, 2. Komarov degan ma’mur
Turkiston vaqflari haqida bayonnoma tayyorlagan, ko‘p
vaqflar xoli va
sohibsiz bo‘lganidan davlat xazinasiga olinishi ko‘zlangani haqida.
21.
Vaqt
. Buxoro xabarlari.
№
23, 4.06.1910, 3. 11-mayda qushbegi
Nasrullohga amir tarafidan farmon kelgan: Rossiya tabaasi bo‘lgan talaba
qo‘lida rus ma’murlari tarafidan berilgan kafolatnoma va shahodat bo‘lmasa
Buxoro madrasalarida o‘qishi va qabul qilinishi mumkin emas,Toshkent,
Samarqand va boshqa yerdan kelgan talabalar joylaridan hujjat olib kelish
uchun
keta boshladilar, bu amr Turkiston general gubernatori tarafidan
jo‘natilgan va rus konsuli Lyutsh tomonidan amirga yetkazilgan edi, amir
safardan kelgandan so‘ng domulla Ikromga bo‘lgan tazyiqlar kamaydi.