Zaynabidin Abdirashidov
180
2.
Siroti Mustaqim
. Buxorodan maktub.
№
2, 8.01.1910, 5. Oldingi sonda
berilgan maktubning to‘la matni va “Siroti Mustaqim”ning javobi berilgan.
3.
Teleg‘ram
. Doxiliya xabarlari.
№
3, 13.01.1910, 2.
Buxoroda sunniylar
bilan shialar orasida janjal chiqqan, 2 kun davom etgan, ko‘p odam o‘lgan,
eroniylar do‘konlari yoqilgani haqida.
4.
[Ismoil Gasprinskiy].
Buxoroi sharif voqeasi.
№
4, 22.01.1910, 1.
Buxorodagi sunniy va shia orasidagi janjalning sabablari tahlil qilinadi.
5.
[Ismoil Gasprinskiy].
Buxoro masalasi.
№
5, 29.01.1910, 1. “Novoye
Vremya” gazetasida turkistonlik bir “ma’mur”ning Buxorodagi janjal va
Buxoroning moliya tizimi, byudjeti
haqidagi maqolasining tahlili, Rossiya
bilan Buxoro aloqalari haqida.
6. Axbori
doxiliya.
№
5, 29.01.1910, 3. Inglizlarda Turkiston va Mo‘g‘uliston
haqida kitoblar kam chop etilgan, bu yil ingliz hukumati bu taraflarga ilmiy
guruhlar yuboradi, ular uzoq muddat qolib tadqiqotlar olib borishi haqida.
7. Peterburgdan
“Tarjimon”a maxsus teleg‘rom.
№
6, 5.02.1910, 2.
Peterburg
masjidi tantanali ravishda ochildi, Buxoro amiri ishtirok etgani haqida.
8. Doxiliya
xabarlari.
№
6, 5.02.1910, 3. Buxoro amirining taxtga o‘tirganiga
25 yil, imperator amirni qabul qilgan, tabriklagan, ziyofat bergani haqida.
9.
M.I.
Idoraya maktublar.
№
7, 12.02.1910, 5,6. 17-yanvarda Toshkent
jamiyati imdodiyasining yig‘ilishi bo‘lgan, millatning
jamoat ishlariga bu
kabi yig‘ilishlar va jamiyatlari bo‘lmagani sababli unchalik rag‘bat
ko‘rsatmayapti, boylarimiz pul berishdan, xayr qilishdan qochmoqda.
10. Doxiliya xabarlari.
№
9, 26.02.1910, 3. Toshkent “imdodiya” jamiyati
xayriyasi yetimxona ochishga qaror qilgan, binosi uchun 20 ming rubl sarf
etilishi haqida.
11. Doxiliya xabarlari.
№
11, 12.03.1910, 3.
Toshkentda mart boshlarida
zemstvo idorasi ta’sis etish to‘g‘risida yig‘in bo‘lgan, hukumat ma’murlari
va yerli qozilar ishtirok etgan, 1890-yilgi Polojeniyening ayrim moddalari
o‘zgartirilishi haqida.
12. Turkistona muhojirot masalasi.
№
16, 16.04.1910, 2. Dumaning 8-apreldagi
yig‘ilishida Turkistonga muhojirlar ko‘chirilishi loyihasi qarab chiqilgan,
kadetlar ayrim moddalarini
tanqid ostiga olgan, duma qirg‘izlarning
foydasini ko‘zlamaydi, rus yerlarida rus odamlarini joylashtiradi,
qirg‘izlarga yetarli yer ajratilib qolganiga ruslar yerlashtirilishi kerakligi
haqida.
13.
Do'stlaringiz bilan baham: