Telegraf xabarlari
. Yangi Buxor.
№
30, 10.08.1902, 4. Xivadan
Toshkentga kelayotgan Turkiston general gubernatori Yangi Buxoroga
keldi, rus aholisi qarshiladi, amir bilan uchrashish uchun Karmanaga
ketgani haqida.
51. Turkiston viloyati.
№
34, 8.09.1902, 3. Turkistonning bir qancha
shaharlarida zilzila bo‘ldi, ziyon bo‘lmagan; Toshkentli tojir Mirayubov
Xonobodda o‘z hisobidan tosh yo‘l qurdiradi, shahar dumasi tarafidan
yordam sifatida 1000 rubl pul berilgan; toshkentlik bir choyxonachi
choyxonasida fotograf ochgani haqida.
52.
TV
. Turkiston buyuk voliysining Xiva tarafina sayohati.
№
35, 15.09.1902,
2. Turkiston general gubernatori Ivanovning Xiva taraflariga sayohati
tafsilotlari, qaytishda Buxoro amiri bilan ko‘rishuvi haqida.
53.
Novoye Vremya; TV
. Tarjimonlar va dilmochlar.
№
37, 30.09.1902, 3.
Musulmonlar ko‘p joylarda tarjimonlar kerak, Kavkaz va Turkiston
o‘qituvchilar seminariyasida bu ishni yuritish kerak, Toshkent seminariyasi
bu masalada tarjimonlik faqat ruslarga xos bo‘lishi kerakligini aytadi, yerli
tarjimonlarga ish qolmaydi;
“Tarjimon”:
tarjimon mohir bo‘lishi kerak,
ko‘p ishlar unga bog‘liq, ma’mur tarjimonning asiri kabi, tarjimonlarning
yolg‘iz ruslardan bo‘lishiga bir sabab yo‘q, iste’dodi bor barcha tarjimon
bo‘lishi mumkin.
54. O‘rta Oziyo.
№
38, 8.10.1902, 4. Turkiston temir yo‘lidagi har poyezdda
muslima ayollar uchun alohida bir vagon ajratilgani haqida.
55. Toshkand.
№
39, 14.10.1902, 3. Qish vaqti Toshkent rus maktablarida
kechki rus tili kurslari ochiladi; Toshkentda Saidrasul Azizxo‘jayev usuli
jadid asosida “Ustodi avval” nomida alifbo nashr etdi; Toshkent dumasiga
yangi glasniylar saylangan, musulmonlardan saylanganlar ro‘yxati.
56. Andijon.
№
39, 14.10.1902, 3. Andijon bozorlaridagi narhlar.
57. Ho‘qand.
№
40, 21.10.1902, 3. Qo‘qon madrasalaridan birining
mutavalliysi vaqf bo‘lgan 25 do‘konni 2440 rublga sotib pulini o‘zi olgan,
do‘konlarni olganlar ham ulamolar, qilingan ish qoralanadi.
58. Toshkand.
№
41, 28.10.1902, 2. 28-sentyabrda Toshkentda tatarlar
“maktab-shkola” ochdi, ruscha va musulmoncha o‘qitiladi, general
gubernator tashrif buyurgan, nutq so‘zlagani haqida.
Zaynabidin Abdirashidov
138
59.
TV
. Turkiston g‘azetasining bandig‘a qo‘shma.
№
42, 3.11.1902, 2,3.
Musulmonlar ruslarga ishonmay Yevropadan ilm izlamoqda, Istanbuldan
olib kelgan narsalari bilan bilim olmoqchi, tatarlarning bu ishlari yaxshi
emas, Rossiyada ilm, hunar, sanoat Yevropadagidan ko‘ra yaxshiroq rivoj
topgan, rus tilini o‘rganishlari kerak;
Do'stlaringiz bilan baham: |