Research and publications


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 10,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/217
Sana23.07.2022
Hajmi10,45 Mb.
#841807
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   217
Bog'liq
“TA’LIM FIDOYILARI” JURNALI. 4-SON

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.Pedagogika va axborot texnologiyalari yutuqlar va istiqbollari//
Resp. ilmiy-amaliy konf. mater. - Toshkent: UzPFITI, 2003y. 250 b.
2.. Tolipov O‘., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiya: nazariya va
amaliyot. - Toshkent: Fan, 2005y.205 b. 


147 
3.Tolipov O‘., Usmonboeva M. Oʻquv jarayonini loyihalash va uning 
bosqichlari // Uzluksiz ta’lim jurnal. - Toshkent, 2008y. № 1. 58-64b. 
4. Tolipova J.O. Oʻquvchilarda ijodiy faollikni shakllantirish yo‘llari/7 Pedagogik tahlim. 
- Toshkent, 2012. - № 3. 24-27b. 
5.“Aniq va tabiiy fanlarni oʻqitishning zamonaviy metodologiyasi: muammo va 
yechimlar” mavzusidagi aniq va tabiiy fanlar oʻqituvchilari respublika forumi 
tavsiyalari. “Ma’rifat” gazetasi, 2016 yil 14 dekabr. 


148 
TASVIRIY SAN‟AT JANRLARIDA ISHLASHDA OʻQUVCHILARNI 
PSIXOLOGIK RUHIYATINI OSHIRISH VA MATIVATSIYA BERISH 
Haydarova Xurshida 
Fargʻona viloyati Quva tumani 
 35 umumiy oʻrta taʼlim maktabi
amaliyotchi psixologi va tasviriy sanʼat va chizmachilik
fani oʻqituvchisi 
ANNOTATSIYA 
Portret insonning shunday tasvirdirki, unda nafaqat tashqi qiyofa, balki ichki dune va 
psixologik xususiyatlar ham ochib beriladi. Portret biror shaxsga xos bo'lgan tashqi 
qiyofani, uning ichki dunyosi, xarakterini aks ettirish bilan birga, ma'lum tarixiy 
davrga xos vaziyatlarni ham siymolarda haqqoniy ifodalab beradi. Insonning ichki 
kechinmalarini uning yuz tuzilishi, nigohi, yurish-turishi va kiyimida ko'rish mumkin. 
Kalit so‘zlar: potret,ruhiyat,nigoh,xarakter,xususiyat,nigoh. 
Portretning turli ko'rinishlari mavjud: 
Samimiy, musavvir tor doira uchun ma'lum bo'lgan insonga xos xususiyatlarini yanada 
bo'rtirib, oshkora ifodalaydi; 
Tantanavor, ommaviy joylarga mo'ljallangan mashxur kishilar portretlari. Ularda 
tasvirlangan insonning ko'rsatgan xizmatlari, jamiyatdagi o'rni, unga monand libos, 
interyer, buyumlar ifodalanadi; jtimoiy, keng doiradagi hamjamiyat sinfining turmush 
tarzi; 
Psixologik, unda xarakter yuksak badiiy mahorat bilan ifoda etiladi. 


149 
Kompozisiyaviy tuzilishi jihatidan portretlar ko'krakkacha, belgacha, tizzagacha, butun 
qomat va ko'p qomatli bo'lishi mumkin. 
Musavvir o'zining portretini ishlagan bo'lsa, u avtoportret deb nomlanadi va shu kabi 
asarlar alohida ahamiyat kasb etadi. Har bir inson o'ziga xos murakkab va shu Bilan 
birga qiziqarli xarakterga ega bo'lib, xilma-xil obrazlarga boy xayoti portretda yetakchi 
o'rinni egallaydi. 
Portretda bosh va qo'lning bilakdan pastki qismi muhim ahamiyatga ega, surat 
chizayotgan kishi tomoshabin nigohini birinchi navbatda shu omillarga jalb qilmog'i 
kerak. Insonga xos xarakterni ifodalashda qo'l katta ahamiyatga ega. Ko'pchilik 
odamlar qo'l imo-ishoralari ko'magida suhbatlashadilar va bu xususiyatlar ham 
xarakterni yoritishda yordam beradi. Portretda ko'z murakkab joylardan biri bo'lib, o'ta 
aniqlikni va tafakkurni jamlashni talab etadi. «Ko'z-qalb ko'zgusi» deyiladi xalq 
maqollarining birida. 
Xar bir ishni kompozisiyadan boshlash va uning yechimini topish uchun bir necha 
qoralama va tezkor rangli etyudini bajarish maqsadga muvofiqdir. Bu tayyorgarchilik 
yaratilajak portretning kompozisiyasini tanlab olishga, nisbatlar va rang 
yechimlarining to'g'ri topilishiga yordam beradi. Detallarni ishlab chiqqandan so'ng 
ular umumlashtiriladi, xarakterli joylari belgilanadi va ortiqcha narsalardan voz 
kechiladi. Bu bosqichda umumiylik, yaxlitlik va uyg'unlik ustida ish olib boriladi. 
Portret ishlashda detallarning qanday ashyodan ekanligini ifoda etish muhim 
ahamiyatga ega. 
Ishni tugatgach, umumiy rang yechimi saqlanadimi, xarakter topiladimi, boshning 
shakli o'z aksini topgan-topmaganligi diqqat bilan kuzatiladi. Taniqli musavvirlar 
yaratgan asarlar portret ishlashga yorqin misol bo'lib xizmat qiladi. Ularning ishlarini 
kuzatar ekansiz, zamirida qandaydir ma'no yotganligini, xarakterning ochib berishi va 
insonning ichki hissiyotlarini ilg'ab olish mumkin. O'tmishda Leonardo da Vinchi, 


150 
Rafael Santi, Rembrandt kabi buyuk musavvirlar portret janrida yuksaklikka 
erishganlar. 
Mashhur o'zbek musavvirlari Abdulxaq Abdullayev, Raxim Axmedov, Chingiz 
Axmarov, Malik Nabiyev va ko'pgina boshqa rassomlar bu janrda ajoyib portretlar 
yaratganlar. 
Tasviriy san'atda tabiatni tasvirlash manzara janri deyiladi. Manzarachi musavvirlar o'z 
asarlarida ifodalagan obrazlari orqali tabiatni sevishga, e'zozlashga va bu 
go'zalliklardan zavqlanishga chorlaydilar. Manzara faqatgina tabiat go'zalligini 
namoyish qilibgina qolmasdan, turli g'oya va fikrlarni ham ilgari suradi. Ijodkor-
musavvir har doim tabiatni sinchikovlik bilan o'rganmog'i va tafakkurini oshirib 
bormog'i zarur. 
Manzara ustida ish boshlar ekansiz, tasvirga olmoqchi bo'lgan tabiatning o'sha qismi 
holatini yaqqol his qilmoq zarur. Manzaraga tushayotgan yorug'likning to'g'ri aks 
ettirishi uni bir qadar jonlantirib, ta'sirchanligini oshiradi. Manzarada fazoni idrok 
qilishning bu hususiyatlari bois, u planlar deb yuritiluvchi bo'laklarga ajratiladi. 
Odatda manzaraning uch plani belgilanadi, biroq u kompozisiyaning tuzilishiga qarab 
bundan ko'proq yoki kamroq bo'lishi ham mumkin. 
Ranglar birinchi planda eng to'q, ikkinchi planda ochroq ranga kirib, oqish tus oladi va 
uchinchi planda uzoqliklar havorangga aylana boradi. Havoning tumanli va bulutli 
paytlarida bu farqlar quyoshning charog'on paytiga nisbatan yanada sezilarliroq 
bo'ladi. 
Tabiat o'zining boy rangi va poyonsiz tuslari bilan bizni lol qoldiradi. Bu rang-
barangliklar manzaraga xos xususiyatlarga ega bo'lgan rangga umumlashadi va 
koloritni belgilab beradi. Asar koloriti inson his-tuyg'ulariga zamin yaratib beradi. 
Kolorit manzarada boshqa janr asarlariga nisbatan muhimroq ahamiyat kasb etib, 
kompozisiyaning asosiy g'oyasini yoritib beruvchi omillardan biridir. 
Etyud ishlashda katta imkoniyatlarga ega bo'lgan suvbo'yoq surtmalaridan keng 
foydalanish mumkin. Rang qatlamlarining tabiiy notekisligi, bo'yoqning tasvir 
shakliga mos ravishda oqib yoyilishi, suvbo'yoq go'zalligini yanada ko'proq namoyon 
qiladi. Quriy boshlagan rang qatlami bo'ylab «quruq» mo'yqalam ustida chiziqlar 


151 
yuritib, shakl ma'nodorligini yanada oshirish mumkin. Etyudda fazoni bir bo'yoq 
rangini ikkinchi ranga qo'yib yuborish yo'li bilan tasvirlash mumkin. Bunda 
ranglarning bir-birlari bilan nozik birikuvlari, uzluksiz tekis kirishuvlarni keltirib 
chiqaradi. 
To'q rang bilan yengil curkama jilolar yordamida etyudning rang yechimi keltirib 
chiqariladi. Agar etyud ma'nosi muhim mavzuga mo'ljallangan bo'lsa, tasvirni «quruq» 
mo'yqalam yordamida aniqlashtirish, biror kontrastlashtirish, nimanidir kuchaytirish va 
nimadandir voz kechish mumkin. Tabiat obrazi ta'sirchanligini oshirish, uning aniq 
holatini ifoda etish maqsadida ishni kontrastli yoki mayin, iliq yoki sovuq, ochroq yoki 
to'qroq, uning g'oyat ko'rkamligini ilg'ay olish, shuningdek qiziquvchanlik har bir 
etyud yechimiga me'zon bo'ladi. 
Chunonchi, tabiat har qachon ijodiy izlanishlar, go'zallikni xis qilib didni oshirish 
manbai bo'lib kelgan. 
O'rol Tansiqboyev yaratgan manzara asarlari, nafaqat O'zbekistonda, balki jahon 
manzara san'ati durdonalari qatoridan o'rin olgan. 
Rang insonlar hayotining turli muhit va jabxalarini aks ettirishda asosiy vositalardan 
biridir. Mebel, deraza, eshiklar va boshqa turmush uchun zarur ashyolar zavod va 
fabrikalarda ko'plab ishlab chiqariladi. Interyer jihozlari uyning xarakteriga jiddiy ta'sir 
ko'rsatib, unga shinamlik, estetik qiyofa, alohida joziba bag'ishlaydi. Lekin uning rangi 
va bezagini tanlash bizning didimizga bog'liqdir. Uy egalari ixtiyorida bo'lgan rang 
tanlash ko'p narsalarni hal qila oladi. Rangning xususiyatlarini, har qanday holatda 
odamga muayyan psixologik-fiziologik ta'sir ko'rsatishini unutmaslik kerak. 
Interyerdagi barcha jihozlar va buyumlarning rangini bir butun his etamiz. Xonaning 
ichki ko'rinishidagi barcha jihozlarning ranglari bir-biriga ta'sir etib qolmasdan 
ranglarning uyg'unlashganini ko'ramiz. Xonaning derazasi shimolga qaratilgan bo'lsa, 
yorug'lik yetishmasligini his qilinadi. Shu sababli interyerni jihozlashda sariq, qizil va 
zarg'aldoq singari ranglar ishlatish ma'qul bo'ladi. Bunda devorlar, parda va 
poyondozlarni yorqin rangli qilish mumkin. 
Agar deraza janubga ochiladigan bo'lsa, aksincha, yorug'lik kuchli bo'ladi. Bu yerda 
devorlar rangi ortiqcha nurni yutishi uchun to'yingan bo'lishi, ya'ni tegishli his 


152 
uyg'otishi uchun sovuq ranglardan foydalanish tavsiya etiladi. Shuni aytish mumkinki, 
oq, qora ranglarning kulrang tovlanishi barcha ranglarning palitradagi tuslari bilan 
uyg'unlashadi. Rang tuslarini yaqin bo'lgan ranglar to'q yashil och yashil, havorang 
zangori, qizil jigarrang bilan uyg'unlashadi. 

Download 10,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish