N. B. D ilm u r o d o V, M. G. Karimov, Z. F. Norm uradova «hayvonlar morfologiyasi»


-rasm.  Buqa yuragi muskul to‘qimasining o ‘tkazuvchi hujayralari



Download 17,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/352
Sana23.07.2022
Hajmi17,19 Mb.
#840472
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   352
Bog'liq
Hayvonlar morfologiyasi fanidan amaliy laboratoriya mashg\'ulotlari. Dilmurodov N.B

28-rasm.
 Buqa yuragi muskul to‘qimasining o ‘tkazuvchi hujayralari:
1 — о ‘zak; 2 — sitoplazma; 3 - miofibrillalar; 4 — biriktiruvchi yumshoq
to ‘qima; 5 — ishchi muskulatura.
Yurak oldi (bo'lma) depolyarizatsion to'lqin ikkinchi ya’ni 
yurak oldi - qorincha tuguniga tushadi va u yerdan tegishli 
muskullarga tarqalib, yurak qorinchasi muskulini qisqarishga 
majbur qiladi. Bu ixtisoslashgan o'tkazuvchan tolaning ikkita о'zagi 
bo'ladi va ular sarkoplazmada yaqqol ko'rinadi.1

Elizabeth Aughey, Fredric L.
Frye «Comporative Veterinary Histology
with clinical correlates». Printed by: Grafos SA, Barcelona, Spain. Copyright
©2001
84


♦ NERV TO QIMASI
Nerv to‘qimasi organizmdagi to‘qimalarning biri bolib, nerv 
sistemasining morfologik asosini tashkil qiladi. Nerv sistemasi 
organizmning ichki va atrof-muhitdan turli ta’surotlami juda aniq 
qabul qilib oladi va bu ta’surotlarga organizm qaytaradigan javob 
reaksiyalarni ta ’minlaydi. Boshqacha aytganda, bu sistema 
organizmning atrof-muhit bilan doimiy aloqasini va ko‘p hujayrali 
murakkab organizmning bir-butunligini amalga oshiradi.
Organizmning atrof-muhit bilan bir-butunligining mohiyati 
hayotiy jarayonlarning asosini tashkil etadigan moddalar almashi- 
nuvidir. Atrof-muhit doimo o£zgarishda bo'lib, bu o'zgarishlar 
organizmda yuz beradigan moddalar almashinuvi jarayoniga ta’sir 
qiladi. Organizmning ana shu o£zgaruvchan muhitga moslashuv 
(adaptatsiya) qobiliyati nerv sistemasi bilan bogliq.
Nerv to£qimasi tirik materiyaning oliy, eng mukammal tuzilish­
ga ega bo£lgan shaklidir. Nerv to£qimasi («miya moddasi») million 
yillar davomida taraqqiy qilib, shunday mukammal tuzilish va 
vazifaga ega bo£lganki, inson miyasi vositasida atrof-muhitni bilish 
qobiliyatiga egadir. Faqat atrof-muhitnigina emas, balki materialist 
faylasuflarning iborasi bilan aytganda, materiya (inson miyasi) 
o£z-o£zini bilishga qodirdir.
Nerv to£qimasi organizmning doimiy o‘zgarib turadigan atrof- 
muhitga moslashuvini ta’minlash bilan birga, o£zi ham kuchli 
ifodalangan moslashuv, yangi-yangi reflekslar hosil qilish va tuzili- 
shini o£zgartirish qobiliyatiga ega. Nerv to£qima atrof-muhitning 
doimiy o£zgarishlariga muvofiq holda o‘zgarishlarga uchraydigan 
to£qimadir.
Nerv to£qimasi spesifik funksiyalarni bajaradigan nevrositlar 
va ular bilan bog£langan, tayanch, trofik, sekretor hamda himoya 
vazifalarni o£taydigan gliotsitlardan iborat. Nerv to‘qimasining 
barcha elementlari organizmning morfo-funksional jihatdan bir 
butun bo£lgan nerv sistemasini hosil qiladi.

Download 17,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish