N. B. D ilm u r o d o V, M. G. Karimov, Z. F. Norm uradova «hayvonlar morfologiyasi»



Download 17,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/352
Sana23.07.2022
Hajmi17,19 Mb.
#840472
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   352
Bog'liq
Hayvonlar morfologiyasi fanidan amaliy laboratoriya mashg\'ulotlari. Dilmurodov N.B

(26-rasm),
Ulaming diametri 1—2 mkm, aktin va miozin filamentlar esa 
ancha ingichka. Miofibrillaning yo'g'onroq miozin filamentlaridan 
iborat qismi mikroskopda optik anizotrop (A-disk), ingichkaroq 
aktin filamentlaridan iborat qismi izotrop ((- disk) bo'lib ko'rinadi. 
Miozin filamentlari o'rta qismida yo'g'onlashgani uchun A-disk 
o'rtasidan chiziqcha — mezofragma (M-chiziqcha-mesos-o'rta; 
phragma-to'siq) bilan bo'lingan bo'lib ko'rinadi. Miofibrillada A~ 
va I- disklar navbatma-navbat tartib bilan joylashadi. Muskul tolasi 
ichidagi bir miofibrillaning A-disklari boshqa miofibrillalaming 
A~disklari qarshisida, I-disklari esa boshqa miofibriJlaiaming xuddi 
shunday I-disklari qarshisida joylashgani uchun, u ko'ndalang 
chiziqli bo'lib ko'rinadi. I-disklarning o'rta qismida telofragma 
(telos-chekka) yoki Z-chiziqcha joylashadi. Miofibrillaning qo'shni 
joylashgan Z-chiziqchalar oralig'idagi qismi sarkomer deyiladi. 
Binobarin, Z-chiziqcha ikki qo'shni segment (sarkomer)ni tutash- 
tirib tumvchi chegaradir. U mukopolisaxaridlarga boyligi uchun 
desmosomalarga o'xshash va unga ikki tomondan aktin filamentlari 
kelib tutashadi. Sarkomer o'rtasida M-chiziqcha bilan ikkiga 
bo'lingan А-disk, bu diskning chetlarida esa I-disklaming yarimlari 
joylashadi. Muskul tola qisqarganda A-disklarda ikkita zona farq 
qilinadi: M-chiziqchaning ikki yonidagi yorug'roq va A-disklaming 
chetidagi qoramtirroq zonalar. Yomg'roq zona H, qoramtirroq 
zona O-zonalar deb belgilanadi. O-zonaning qoramtirroq bo'lishi 
bu yerda aktin va miozin filamentlarining bir-biri oralig'iga suqilib 
kirishi, H-zona esa faqat miozin filamentlari joylashgan zona


ekanligi bilan bog‘liq. Muskul tolasi kuchli qisqarganda H-zonalar 
torayadi, hatto J-disklar yo'qolib, miofibrilla butunlay anizotrop 
bolib qolishi mumkin. Qisqarish tugunlari shu y o l bilan hosil 
boladi. Miofibrillalarva muskul tolasi qisqarganda miozin va aktin 
filamentlari o‘z konfiguratsiyasini o‘zgartirmaydi, balki o'zaro bir- 
biriga nisbatan joylanishini o‘zgartiradi. Bunda sarkoplazmatik 
to‘r, sarkolemmaning T-sistemasi, ATF va Ca2+ ionlari katta 
ahamiyatga ega.
Muskul tolalarining uchlari paylarga borib tutashadi. Bu 
joylarda tola pay ichiga kirib turuvchi barmoqsimon bo'rtiqlar 
hosil qiladi. Muskul tolani o‘rovchi sarkolemma bilan tutashgan 
biriktiruvchi to'qima tolalari (argirofsl fibrillalar) pay bilan mustah- 
kam birikishga yordam beradi. Muskul tolalarini o‘rab turuvchi 
biriktiruvchi yumshoq to'qimaning yupqa qatlamlari 

Download 17,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish