O’quv yilida umumiy o’rta ta’lim maktablarining



Download 1,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/35
Sana22.07.2022
Hajmi1,19 Mb.
#840024
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35
Bog'liq
10-sinf geografiya fanidan imtihon javoblari-2021.

2.
 
«Geoid» va «Surilma» atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring. 
Javob: 
Geoid
(yunocha ge – Yer, idos – ko‘rinish, qiyofa, ya’ni “Yer ko‘rinishida”, 
“Yerga o‘xshash” ma’nolarini bildiradi) – Dunyo okeani suv sathining tinch va 
muvozanat holatida turganidagi sathiy yuza va ushbu yuzani quruqliklarning tagidan 
farazan davom ettirganda hosil bo‘lgan qabariq yuza. Bu yuza hamma joyda og‘irlik 
kuchi yo‘nalishiga perpendikulyar bo‘ladi.
Surilma
 
deb, tog‘ jinslarining og‘irlik kuchi ta’sirida yonbag‘ir bo‘ylab pastga surilib 
tushishiga aytiladi. Surilmalar, asosan, tog‘li o‘lkalarda sodir bo‘ladi. Ko‘pincha suvli 
va suv o‘tkazmaydigan gilli qatlamlar ustma-ust joylashgan tik yonbag‘irlarda ro‘y 
beradi. Surilmalar ham sellar kabi xo‘jalikka juda katta moddiy zarar yetkazadi. 
Yonbag‘irlar tuproq va o‘simliklarini olib ketib, yo‘l va inshootlarni ko‘mib 
yuboradi. Surilmaning oldini olish uchun yonbag‘irlarda suvli qatlamga tushadigan 
suv miqdorini kamaytirish tadbirlari amalga oshiriladi.
3.
O‘zbekiston siyosiy-ma’muriy xaritasidan Turkmanistonga chegaradosh 
bo‘lgan respublikamizning hududlarini ko‘rsating. Ulardan qaysi birining 
maydoni eng kichik? Bu viloyat markazining geografik koordinatalarini 
aniqlang. 
Javob: 
Respublikamizning Turkmanistonga chegaradosh bo’lgan ma’muriy 
hududlari: Qoraqolpog’iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Qashqadaryo hamda
Surxondaryo viloyatlari. Ular ichida maydoni jihatdan eng kichigi-Xorazm viloyati 
bo’lib, ma’muriy markazi Urganch shahrining geografik kordinatalari: 41°30' 
shimoliy kenglik, 60°40' sharqiy uzoqlik. 
 
25-BILET 
1.
 
Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va ularning turlari. 
Javob: 
Alohida muhofaza etiladigan hududlar – tabiatni muhofaza qilish, 
sog‘lomlashtirish, rekreatsiya, tarixiy-madaniy maqsadlar uchun ajratilgan yer va suv 
(akvatoriya) maydonlari hisoblanadi. Ularga milliy bog‘lar, qo‘riqxonalar, biosfera 
rezervatlari, buyurtmaxonalar kiradi. Milliy bog‘ – alohida muhofaza etiladigan 
hududlarning eng yirik shakli bo‘lib, ilmiy, madaniy, estetik yoki tarixiy ahamiyatga 
ega bo‘lgan tabiat komplekslarini, nodir tabiat obyektlari, xushmanzara 
landshaftlarini saqlash uchun tashkil qilinadi va tabiatni muhofaza qilishning maxsus 
rejimi bilan saqlanadi. Milliy bog‘lar xorijiy mamlakatlarda hududlarni muhofaza 
qilishning asosiy shaklidir. «Milliy» so‘zi mazkur hududning xususiy mulk emas, 
balki butun millatga qarashli ekanligini bildiradi va muhofaza tadbirlari davlat 
tomonidan amalga oshi riladi. Respublikamizda 3 ta milliy bog‘ mavjud. Bular: 
Ugom–Chotqol va Zomin davlat milliy tabiat bog‘lari hamda Do‘rmon tabiat bog‘i. 
Qo‘riqxona – har qanday xo‘jalik faoliyati taqiqlangan, tabiat komponentlari va 


32 
@geografiya_test_video_slayd
 
landshaftlar qonun asosida qat’iy muhofazaga olingan joy. Qo‘riqxona tabiatni 
muhofaza qilishning eng samarali shakllaridan biri. Alohida muhofaza etiladigan 
hududlar orasida qo‘riqxonalar muhim rol o‘ynaydi. Ularning asosiy vazifasi – tabiati 
o‘zgarmagan yoki kam o‘zgargan hududlarni, qimmatli landshaftlarini jamiyat 
manfaatlari uchun saqlashdan iborat. Qo‘riqxona hududidan xo‘jalikda foydalanish, 
hatto, pichan tayyorlash, ov qilish, baliq tutish, qo‘ziqorin terish umuman 
ta’qiqlanadi. Hududidagi mavjud tabiiy sharoit o‘z holicha saqlanadi. 
Respublikamizda 8 ta qo‘riqxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Biosfera rezervati (lot. 
rezervo – saqlayman) – biologik xilma-xillik ni saqlashni va bir vaqtda mintaqaning 
barqaror iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash maqsadida tabiiy va madaniy landshaftlar 
muhofaza qilinadigan joy. Respublikamizda Quyi Amudaryo biosfera rezervati 
tashkil etilgan. Buyurtmaxona – ayrim tabiiy obyektlar va landshaftlarni saqlab 
qolish, takror ko‘paytirish va tiklash uchun mo‘ljallangan muhofaza etiladigan tabiiy 
hudud yoki suv havzasi. Ularning hududida ayrim tabiiy resurslardan foydalanishga, 
tabiatga kuchli ta’sir ko‘rsatmaydigan xo‘jalik faoliyatiga ruxsat beriladi. 
Qo‘riqxonalardan farq qilib, buyurtmaxonalarning maydonlari yer fondidan ajratib 
olinmaydi. Buyurtmaxonalar doimiy va vaqtincha bo‘ladi.

Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish