O`zbekistondagi qo`riqxonalar Qo`riqxona quriqlik va suvlarning o`ziga xos landshaftlarini tabiiy holda saqlash uchun ajratilgan joylar bo`lib, xo`jalikda undan foydalanilmaydi. O`zbekistonda qo`riqxonalarning umumiy maydoni 2164 km kvadratga teng. Uning asosiy maqsadi tabiatning noyob diqqatga sazovor qismlari landshaftlarini jamiyat manfaatlari uchun uzoq vaqtgacha saqlashdan iboratdir Qo`riqxonalar - Maxsus qo`riqxonalarda asosan katta ilmiy ahamiyatga ega bo`lgan ayrim tabiiy obyektlar muhofaza qilinadi. Masalan:
Orol dengizidagi Borsa kelmas qo`riqxonasida iqlimlashtirilgan qulon, sayg`oq va jayronlarning biologiyasi o`rganiladi. Pitsun qo`riqxonasida asosan relikt qarag`aylar muhofaza qilinadi. Chelyabinski viloyatida tashkil etilgan Ilmen qo`riqxonasida noyob minerallar, Buxoro qo`riqxonasida jayron muhofaza qilinadi. O`zbekistondagi 1-qo`riqxona - Zomin tog`-o`rmon qo`riqxonasi Jizzax viloyatiga qarashli Turkiston tizmasining Guralash dovoni atrofida1926 –yil 10500 gektar.Tog` landshafti va u yerdagi archazorlar hamda tog` echkisi, tog` qo`yi, oq tirnoqli ayiq. Sibir takasi kabi hayvonlar muhofaza qilinadi. O`zbekistonda qo`riqxona tashkil qilishda asosan
- 1970-yillardan boshlab e`tibor berila boshlandi
FLORASI Qo‘riqxonaning o‘simlik dunyosi juda rang-barang: 700 xildan ortiq o‘simlik, giyohlar o‘sadi. Shulardan ikkitasi «Qizil kitob»ga kiritilgan, FLORASI Qo‘riqxonaning o‘simlik dunyosi juda rang-barang: 700 xildan ortiq o‘simlik, giyohlar o‘sadi. Shulardan ikkitasi «Qizil kitob»ga kiritilgan, 48 xili esa faqat Turkiston tog‘lari uchun xosdir. Tabiiy giyohlardan bo‘znoch, pushti radiola, qizilpoycha, qizilqon kabilarni topish mumkin bo‘lsa, manzarali o‘simliklardan chinnigul, yorongul, za’faron kabilarni; daraxtlardan chetan, yovvoyi olma va noklarni uchratish mumkin. FAUNASI Qo‘riqxona faunasi o‘ziga xos. Unda sudralib yuruvchilarning 14, qushlarning 102 xilini uchratish mumkin. Kamyob qushlardan sanalgan govkaptar, dehqonchumchuq, qumri, qorayaloq, Turkiston ukkisi, Turkiston chug‘urchiqlari, 30 turdagi sut emizuvchilar, ikki xil suv va quruqlikda yashovchi jonivorlar shular jumlasidandir. Bu yerda juda g‘alati bir qush – patlari qora, sariq, yashil bo‘lgan, faqat archa urug‘lari bilan oziqlanadigan archa boltatumshug‘i ham yashaydi. Qo‘riqxona hududidan qo‘nim topgan 8 turdagi qush, jumladan, burgut, boltayutar, qora kalxat, tasqara, oq boshli qumoy, yirtqichlardan; oq tirnoqli ayiq, Turkiston silovsini... O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ga kiritilgan. Zomin baland tog‘larining doimiy hayvonlari qatoriga Turkiston silovsini, qora laylak, Markaziy Osiyo echkisi, oq tirnoqli ayiqlarni kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |