Mavzu: Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning huquqiy holati



Download 124,5 Kb.
bet1/2
Sana14.06.2022
Hajmi124,5 Kb.
#666750
  1   2
Bog'liq
13 tema


Mavzu: Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning huquqiy holati
Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar huquqiy holatining tushunchasi va xususiyatlari
Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning asosiy turlari
Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlari to``risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Bugungi kunda jamiyat va tabiatning o`zaro taosiri muammolari tobora katta ahamiyatga ega bo`lmoqda va hozirgi. Shuningdek kelgusi avlodalarning farovonligi, umumant jahon tsivilizatsiyasining taqdiri ekologik muammolarning ijobiy hal etilishiga ko`proq bo`liq bo`lib qolmoqda.
Ilmiy-texnika rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida keskin o`zgarib borayotgan atrof muhit ekologik muammolarni keltirib chiqarmoqda. Inson, uning hayotiga, turmush tarziga hamda genetik fondi va irsiyatiga salbiy taosir ko`rsatmoqda. Bu esa hozir er yuzida yashab turganlarnigina emas, balki kelgusi avlodlar salomatligiga ham salbiy taosirini ko`rsatmoqda. Mazkur masalaga O`zbekiston Respublikasi dastlab mustaqillikka erishgan paytdan boshlab eotibor berdi va birinchilar qatorida O`zbekiston Respublikasining «Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to``risida»gi qonuni qabul qilindi. Bizning respublikamizda ushbu qonun 1993 yil 7 mayda qabul qilingan bo`lib aholini hamda kelajak avlodning manfaatlarini kuzlab noyob ekologik, iqtisodiy, ilmiy madaniy, hamda so`lomlashtirish va xalq mulki hisoblangan tabiiy majmualarni muhofaza etishni huquqiy ekologik, iqtisodiy va tashqiliy asoslarini belgilab beradi. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning taorifi va ularning huquqiy maqomi yuqorida nomi zikr etilgan qonunning 3-moddasida quyidagicha ko`rsatiladi:
«Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar — bu erlar va suv kengliklari, akvatoriyalar uning ustuvor ekologik, ilmiy, madaniy, estetik, sanitariya so`lomlashtirish ahamiyatiga molik qismlaridir».
O`zbekiston Respublikasida alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi barcha faoliyatlar ushbu qonun bilan, er va er osti boyliklar to``risidagi qonunlar bilan, suv va o`rmon to``risidagi qonunlar bilan, o`simlik va hayvonot dunyosini asrash va ulardan foydalanish to``risidagi qonunlar bilan, atmosfera havosini toza saqlash to``risidagi qonunlar bilan tartibga solinadi.
Alohida muhofaza etiladigan hududlar quyidagi turlarga bo`linadi. a) davolash so`lomlashtirish tegralari; b) kurort va sanatoriya tegralari; v) shahar atrofidagi yashil tegralar; g) Rekratsiviy (dam olish) tegralar; d) Himoya tegralar; e) Dendrologik bo`lar; yo) Hayvonot va botanika bo`lari; Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qo`riqxona ekologik tipi, ilmiy, estetik madaniy — okarsuv vazifalarini bajaruvchi alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va oboektlar.
Qo`riqxona — ekologik tipi quyidagilarga bo`linadi: a) biosfera qo`riqxonasi va qo`riqxonalar b) buyurtma qo`riqxonalar v) tabiiy milliy bo`lar r) tabiat yodgorliklari d) noyob va yo`q bo`lib ketayotgan o`simliklar Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni ishlab chiqarish ekologik tipi — kishilarning moddiy ehtiyojlarini kondirish uchun muljallagan alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va oboektlar.
Ishlab chiqarish — ekologik tiplari quyidagilarga bo`linadi: a) suv muhofazasidagi tegralar b) er usti va er osti tegralari va ularni xosil bo`lish tegralari (daryo vodiylari, konus vinoslar, to` oldi shleyflari); v) noyob va kimmatboxo mineral konlar; g) baliq xo`jaligi tegralari. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hudud, davlat qo`riqxonalar, davlat milliy bo`lari, davlat tabiat yodgorliklari, davlat buyurtma qo`riqxonalari nomlari berilgan bo`lib ularning o`ziga xos bir — biridan fark kildirib turadigan tomonlari bor.
Davlat qo`riqxonalari, davlat milliy bo`lari er uchun haq to`lanishidan ozod etiladi, hamda shular bilan bir qatorda alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar erlari ham qonunlarda belgilab quyilgan tartibda er uchun haq to`lashdan ozod qilinadi.
Noyob tabiiy majmualarni, o`simlik va hayvonot dunyosini irsiy fondini saqlab qolishni uz-oldiga maqsad qilib qo`ygan tabiatni muhofaza etuvchi ilmiy tadkikot mussasalari — davlat qo`riqxonalari hisoblanadi.
Davlat qo`riqxonalaridagi er va er osti boyliklari, o`simlik va hayvonot dunyosi xo`jalik faoliyatiga foydalanishdan bir umrga tortib olinadi. Bunday erlar doimiy foydalanish uchun shu qo`riqxonalarga beriladi. Davlat qo`riqxonalarini ijaraga berish taoqiqlanadi. Davlat qo`riqxonalarini tashkil etish to``risida Vazirlar Mahkamasi qaror qabul kiladi. Ularni boshqarish Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan idoralar tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat qo`riqxonalari yuridik shaxs hisoblanib respublika byudjetidan taominlanadi. U bankda o`zining hisob raqamiga va muhriga ega.
O`simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish ularning nodir va tugab borayotgan turlarini saqlab qolish, sonini ko`paytirishda qo`riqxona, zakaznik va xalq xiyobonlarining ahamiyati kattadir.
Davlat qo`riqxonalari o`z oldiga oddiy, odatiy va noyob tabiiy majmualar o`simliklar, hayvon larning irsiy fondalari saqlab qolish va o`rganish, tabiiy jarayonlar va hodislarning o`zgarishi ustidan monitoring o`tkazish maqsadini qo`ygan tabiatni muhofaza etuvchi ilmiy tadqiqot muassasalari hisoblanadi.
Respublikamizda 11 ta tabiiy hududiy oboekt alohida qo`riqlanadi. Shu jumladan 9 ta qo`riqxona bo`lib, 3 tasi to`da, 3 tasi daryo qayiridagi to`qayda va 3 tasi cho`l landshaftlarida joylashgan.
Davlat milliy tabiat bo`lari tabiatni muhofaza qilish muassasasi bo`lib ularning hududlari alohida ekologik va tarixiy-estetik qimmatga ega bo`lgan hamda tabiatni muhofaza qilish, rekreatsiya, maorifiy, ilmiy, madanaiy maqsadlarda foydalanishga mo`ljallangan tabiiy majmualarni qamrab oladi.
Taokidlash joizki, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to``risidagi qonunda davlat qo`riqxonalari va davlat milliy tabiat bo`larini muhofaza qilishga ham katta eotibor berilgan. Jumladan ushbu qonunning 33-moddasiga asosan: davlat qo`riqxonalari va davlat milliy tabiat bo`larini muhofaza qilishni maxsus tabiat hududlarini muhofaza qilish inspekitsyasi amalga oshiradi va bu ish davlat qo`riqxonasi to``risidagi yoki davlat milliy tabiat bo`i haqidagi nizom bilan tartibga solinadi.
O`zbekiston Respublikasida alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to``risidagi qonunning 19-moddasida davlat buyurtma qo`riqxonasi tushunchasi va bunday qo`riqxonani tashkil etish masalasi aniq ko`rsatilgan. Unga ko`ra davlat buyurtma qo`riqxonalari tabiiy majmualarni yoki ularning ayrim bo`laklarini asrash, ko`paytirish va tiklash maqsadida buyurtma qo`riqxona oldiga qo`yilgan vazifalarni bajarish uchun zarur muddatga ajratib beriladigan hududlardir.
Har bir davlat buyurtma qo`riqxonasining aniq vazifalari va ish tartibining xususiyatlari O`zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasining idoralari, er eegalari va erdan foydalanuvchilar bilan kelishib turib ishlab chiqiladigan hamda davlat buyurtma qo`riqxonasi tashkil etish to``risidagi qaror chiqargan idora tasdiqlaydigan nizomda belgilab qo`yiladi.
Ekologik, ilmiy, estetik, madaniy jihatdan noyob, o`rnini to`ldirib bo`lmas, qimmatli, kelib chiqishi tabiiy bo`lgan oboektlar davlat tabiat yodgorliklari deb eolon qilinadi.
O`zbekiston Respublikasining 1993 yil 7 mayda qabul qilingan «Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to``risida»gi qonunida 5-bo`lim 21-moddada davlat tabiat yodgorliklarniing huquqiy ekologik ahamiyati va ularni muhofaza qilish masalasiga ba`ishlangan.
Agar davlat tabiat yodgorligi muayyan erdan foydalanuvchi, er egasi yoki suvdan foydalanuvchiga biriktirib qo`yilmagan er maydonida yoki suv oboektida joylashgan bo`lsa, ularning muhofaza qilinishi davlat hokimiyati va boshqaruvchi idoralar tomonidan taominlanadi.
Dayorlarning, ko`llarning, suv omborlarining, kanallarning, kollektorlarning hamda boshqa suv oboektlarining o`zanlariga tutashg hudud suvni muhofaza qilish tegrasi deb eotirof etiladi va bu hudud uchun ifloslanish, bul`anish, sayozlanishning hamda to`lib qolishning olidini olish maqsadida, shuningdek eng maqbul suv maromini saqlab turish uchun maxsus tartib-qoida belgilab qo`yiladi.
Mazkur masala «Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to``risida»gi qonunning 37-moddasida ko`rsatilgan.
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlari, o`zga yuridik va jismoniy shaxslar alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning ish tartibini buzish orqali etkazgan zararlarning o`rnini qonunlarda belgilangan hajmda va tartibda qoplashga majburdirlar. Ushbu qonun va talablarni buzganlik uchun intizomiy, mulkiy (fuqarolik), maomuriy va jinoiy javobgarliklar qo`llaniladi.
Intizomiy javobgarlik — deyarli ko`proq holatda mehnat intizomini buzish oqibatida «Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to``risida»gi qonun va talablar buzilgan paytda qo`llanishi mumkin.
Mulkiy javobgarlik esa «Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to``risida»gi qonun talablarini buzganlik uchun qo`llaniladi. Uning asosiy xususiyati ham shundaki, u asosan etkazilgan zararni qoplash, tiklash va qaytarish bilan ko`proq bo`liqdir.
Maomuriy javobgarlik turi O`zbekiston Respublikasi Maomuriy javobgarlik to``risidagi kodeksning 82-moddasiga ko`ra, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tartibini buzganlik uchun qo`llaniladi.
Jinoiy javobgarlik O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida «Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to``risida»gi qonun va talablarni buzganlik uchun belgilangan. Ushbu javobgarlik turini qo`llanish xususiyati shundan iboratki, u boshqa javobgarlik turlaridan ko`ra xavfli va o`irroq holatda sodir etilishidir.
Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga doir munosabatlar bilan bo`liq mulkiy nizolar qonunlarda belgilangan tartibda sud yoki xo`jalik sudi tomonidan hal etiladi.

Download 124,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish