resurslarini talashishga qaratilgan.
Bu holat, afrikalik liderlaming
tushunishicha, davlatning hududiy yaxlitligini ta ’minlashga ta’sir
qilib, ayirmachilar tomonidan o ‘z o‘lkalarida monopoliyaga erishish
va resurslardan foydalanishda hukumat boshqaruvidan mustaqil
bo‘lishga intilmoqdalar. Bu kabi holatlar Senegal davlatining
asosiy guruch yetishtiradigan mintaqasi Kazamansda,
Zaiming mis
moddasiga boy Shaba o‘lkasida, Angolaning neft va olmosga boy
hududlarida sodir bo‘lmoqda. 1967-yil Nigeriyaning neftga boy
Biafroy mintaqasi davlatdan ajralib chiqishga urunishi natijasida,
fuqarolar va markaziy hukumat qo‘ shinlari o‘rtasida fojeali to‘ qnashuv
bo‘lib o‘tdi. Bu kabi nizolar Sudanning Darfur o‘lkasida ham ro‘y
berib, neft uchun kurashga asoslanmoqda.
Bundan tashqari, Afrikaning ba’zi
davlatlarida etnik guruhlar
o ‘rtasida hokimiyat uchun kurash ketmoqda. Masalan, Burundi va
Ruanda davlatlarida ikki millat: xutu va tutsi millatlari o ‘rtasida qara-
ma-qarshiliklar mavjud bo‘lib, bir necha bor bu ikki millat o ‘rtasida
qonli to‘qnashuvlar yuz bergan.
1962-yil Ruanda o ‘z mustaqilligini e ’lon qilgandan so‘ng, hu
kumat mamlakatning 85% aholisini tashkil qiladigan xutu millati-
dan tashkil topadi. Bundan norozi bo‘lgan tutsilar hukumatga qarshi
chiqadi. Natijada, 1990-yil hukumat tutsilarga qarshi repressiyani
boshlab yuboradi va 1994-yilda bu ochiqchasiga
genotsidga aylanib
700-800 mingga yaqin tutsi o‘ldirib yuboriladi. Bu fuqarolar urushi-
da Pol Kagamoy boshchiligidagi ruandalik vatanparvarlar g‘alaba
qozonib, amalda hukumatga tutsi millati keladi.
Burundi davlatida ham xutu aholisi ko‘p bo‘lsa-da, mustaqil-
likni e ’lon qilganidan so‘ng, hukumat tutsilar qo‘liga o ‘tadi. Bu ho-
latdan endilikda xutu millati norozi boiadi. Mamlakat Prezidenti
Pera Buyoya harakati tufayli, 1993-yil
xutu aholisidan qonunan
saylangan prezidentga hukumatni topshirishi bilan qurolli to‘qnashuv
to'xtatiladi. Ammo bu bilan etnik mojaro to‘xtab qolmadi.
Shuni ta ’kidlab o ‘tish lozimki, na tutsi va na xutu millatlari o‘zaro
tuzilgan “etnik shartnoma” qonun-qoidalariga amal qilishga hara-
kat qilmayapti. Chunki tutsi aholisi ozchiligi evaziga demokratik
saylovlar natijasida hukumatga xutulami kelishi yoki hukumatni
163
bo‘linishidan qo‘rqayotgan bo‘Isa, xutular, bizning fikrimizcha, hu
kumat hozirgacha tutsilar qo‘lida qolayotganligidan va xutularni
markazdan uzoqlashtirayotganligidan xavfsiramoqda.
Nizolaming eng muhim omillaridan biri bu diniy qarama-qarshi-
liklardir. Shu o ‘rinda ta’kidlab o ‘tish lozimki, Afrika aholisining 42%
i
musulmonlar, 22%i xristianlar, 36%i mahalliy an’anaviy dinlarga
e’tiqod qiluvchilardir. Diniy qarama-qarshiliklaming kuchayishiga
og‘ir iqtisodiy vaziyat sabab bo‘lib, ko‘pgina davlatlarda hukumatga
qarshi diniy tashkilotlar tuzila boshladi. Masalan, Sudanda “Sudan
xalq ozodlik armiyasi” tuzilib, u davlatni shariat asosida boshqarish-
ni talab qilib chiqadi. Mamlakat Prezidenti Nimeyri 1983-yil
davlat
mafkurasi va qonuni shariat asosida boshqarilishini e’lon qilishi ham
vaziyatni o ‘zgartirmadi. Hozirgi vaqtda ham Sudan ichki xavfsizligi
ni ta’minlashda diniy qarama-qarshilik katta ta’sir ko‘rsatmoqda.
Chad va Efiopiyada fuqarolar urushi Sudan muammosiga
o‘xshashdir. Misol uchun, Efiopiya musulmonlar istiqomat qiladi-
gan Eritreya uchun 30-yil urush olib bordi.
Lekin eritreyaliklaming
qat’iyatliligi evaziga 1993-yil Eritreya o ‘z mustaqilligini e ’lon qildi.
Xristian va musulmon din vakillarining to‘qnashuvi ayniqsa Ni-
geriyada avjiga chiqqan. 2000-yil fevral oyida Kadun viloyatida bu
ikki din vakillari o‘rtasida qonii to‘qnashuv bo‘lib, har ikki tomon
dan 400 ga yaqin kishi halok bo‘ldi. 2006-yilda esa bu to‘qnashuv
yanada alanga olib, masjid-madrasalar va cherkovlarga o ‘t qo‘yildi.
Mamlakat Prezidenti O.Obasanjo vaziyatni yumshatish uchun shariat
asosida boshqarilishini (ba’zi shtatlarda) m a’lum chegaralangan hol
da bo‘lishiga va’da berdi. Ammo vaziyat hozirgacha ijobiy holatga
o ‘tgani yo‘q.
Umuman olganda, Nigeriyada nafaqat xristianlar va musulmonlar
bir-biriga qarshi kurashgan, balki bu kabi
dinlaming boshqa oqimlari
ham o ‘z dushmanlarini o ‘zga din vakili sifatida ko‘rib, kurash olib
borishgan113.
Do'stlaringiz bilan baham: