Bu
kabi
Afrikadagi
muammolar
qit’aning
xavfsizligini
ta’minlashga katta ta’sir qilib, bir davlatdagi mojaro boshqa davlat-
ga o‘tib ketayotganligini ko‘rsatadi. Masalan, Nigeriyadagi mojaro
qo'shni hududlarga o‘tib ketgan.
Shuningdek, Ruandadagi fuqarolar
urushi natijasida xutu qabilasi vakillari Kongo Demokratik Respub-
likasiga qocha boshlaydi. Kongo davlatining
hukumati bu qochoq-
larga qarshi o‘z harbiylarini yuborish orqali ulami o‘z hududlariga
kirishini ta’qiqlab qo‘yadi.
Bundan tashqari, ba’zi Afrika davlatlarida ham ichki, ham tashqi
muammolari mavjud. Masalan, Nigeriyada
diniy qarama-qarshilik
bo‘Isa, tashqi mojarosi Kamerun bilan hududiy nizosi mavjud. Ichki
qarama-qarshilikning kuchayishi Kamemn davlatining ham xavfsizli-
giga tahdid bo‘lishi mumkin.
Ko‘rinib turibdiki, Afrika nizolari qit’a bo‘ylab yoyilishi, nafaqat
qit’ani, balki dunyo xavfsizligiga tahdiddir. Ko‘pgina ekspertlaming
fikricha, Tropik Afrikaning ko‘pgina davlatlaridagi bunday tartibsiz-
lik
va qoloqlik, qashshoqlaming Shimoliy Afrikadagi davlatlarga
ko‘chishi va u yerdagi vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Bundan tashqari, janub-shimol (ya’ni rivojlangan davlat
lar) o ‘rtasidagi
nisbatning keskin ortishi, shimolning janubga o‘z
ko‘magini berishga majbur qiladi.
Shuning uchun, BMT va AI tashkilotlari bu nizolarni oldini
olishga kirishmoqda. Albatta, bu tez bo‘ladigan jarayon emas, chunki
qit’adagi davlatlaming manfaatlarini birlashtirish va har bir davlat
ning o‘z ichki muammolarini xalqaro gumanitar yordamlar bilan hal
etish lozim.
1.
Qit’adagi mojarolami bartaraf qilish masalasini bir yoki bir
necha davlatlar kuchi bilan hal qilib bo‘lmaydi. Bu masala jahon ham-
jamiyatining birlashgan kuchini talab qiladi.
Davlat hokimiyatining
kuchsizlanishi hamda etnik ozchilikka nisbatan tazyiq, diniy muro-
sasizlik, resurslami noto‘g ‘ri taqsimlash va ijtimoiy adolatsizlik kabi
mojarolaming tub sabablarini yo‘qotish bo‘yicha jahon hamjamiya-
tining faol harakatini jalb qilish kerak.
Jahon hamjamiyati mojaro-
larning oldini olishni samarali qo‘llab-quwatlashi, shuningdek, mo-
jarodan keyingi tiklanish jihatlariga ko‘proq e ’tibor qaratishi lozim.
165
2. Afrikaning xavfsizlik sohasidagi keskin vaziyatdan chiqib
keta olishi hamda buning natijasida siyosiy va ijtimoiy barqarorlikka
erisha olishi, iqtisodiy rivojlanish yo‘lida va globalizatsiyajarayonida
teng huquqli ravishda ishtirok etishga ildam qadam qo‘ya olishi jahon
hamjamiyatining izchil urinishlariga bog‘liq.
3. Mojarolaming oldini olish hamda ulami hal qilishda min
taqaviy tashkilotlar muhim rol o‘ynaydi. G‘arbiy Afrika
davlatlari-
ning iqtisodiy birlashmasi, Janubiy Afrika mamlakatlarining Afrika
taraqqiyot birlashmasi, hukumatlararo taraqqiyot tashkiloti Afrikada-
gi mojarolami hal qilishda faol ishtirok etadi, bular tinchlikni qoilab-
quvvatlash bo‘yicha operatsiyalarga muhim qo‘shimcha hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: