2.3.2. Bilimlarni oʻzlashtirish jarayoni va uning psixologik komponentlari
Zamonaviy ta’lim majburiy boʻlar ekan, oʻqituvchilar oʻquvchilarning
oʻqish uchun motivatsiya hosil qilishga ishontirish mas’uliyatini oladilar.
Qanday qilib boʻlsa ham oʻqituvchilar oʻquvchilarning qilishi shart boʻlgan
ishlarini xohlab bajarishga koʻndirishlari shart. Tushunish va oʻquvchilarning
oʻqish borasidagi motivatsiyalariga ta’sir koʻrsatish bu oʻqituvchining eng
asosiy maqsadidir. Baxtimizga, koʻrib turganimizdek, oʻquvchilarning tanlovini,
orzu-havasini va urinishlarini hurmat qilishni amalga oshirish uchun yoʻllar bor.
Motivatsiyaning oʻziga oʻxshab uning nazariyalari ham turli-tumanlikka toʻla.
Farqlardagi tafovutlarni ajratish uchun, biz bu bobni 6 ta asosiy nazariya yoki
motivlar va ularning sabablariga ajratdik. Biz mavzularni xulq oʻzgarish
motivlari (1), maqsad motivlari (2), qiziqish motivlari (3), muvaffaqiyat
motivlari (4), ishonch motivlari (5), iroda motivlari (6) deb ataymiz. Biz yana
bir mavzuni qolgan oltita nazariyadan kelib chiqqan umid – qadr nazariyasi deb
ataymiz.
123
Botiniy va zohiriy his-tuygʻularni tenglashtirish haqiqiy his-tuygʻuni
sezishni buzishi mumkin. Qanday qilib oʻquvchi biror narsani his qilmasdan
yoki biror hatti-harakat amalga oshirmasdan biror ish qilishi mumkin. Huddi biz
tushuntirganimizdek, bu jiddiy savol oʻrganishning ahloq nazariyalaridan koʻra
ilmiylikka asoslanadigan bir qancha motivatsiya modellariga ega. Biz keyinroq
bu bobda bulardan bir qanchasini tushuntirib beramiz. Uni tushuntirishdan oldin,
biz sizni harakterning motivatsiyadagi istiqbolining foydalarini oʻylashingiz
uchun ruhlantiramiz.
Ba’zida ichki motivatsiya va tashqi ahloqni farqlashni oʻrganish uchun
oʻqituvchilarning moddiy ahvoli cheklangan. Albatta, oʻqituvchilar
motivatsiyaning ba’zi turlaridagi bir qancha farqlarni farqiga borishadi. Lekin,
koʻplab oʻqitish talablari harakterning ma’nosini tushuntirib berishga ketadigan
vaqtni cheklab qoʻyadi. Agar biror bir talaba muhokamalar davomida bir qancha
savollar soʻrasa, misol uchun, qiz yoki oʻgʻilni materialni oʻzi qiziqtiradimi,
yoki oʻqituvchisi va sinfdoshlarining oldida oʻzini aqlli koʻrsatishni xohlaydimi?
Sinfdagi koʻp oʻquvchilar va dars jadvali tufayli oʻqituvchilar uchun bu
ehtimolliklarni muhokama qilishga vaqt boʻlmasligi mumkin. Boshqa
sabablardan,
muammo
oʻquvchi
bilan
boʻladigan
muloqotning
chegaralanganligida boʻlmasligi mumkin. Faraz qilaylik oʻquvchi hali ham
ingliz tilini oʻrganayotgan, yoki oʻqituvchi uchun notanish boʻlgan tegishli
boʻlgan shaxs, yoki oʻqituvchi bilan bir umumiy tili boʻlmagan kimsa boʻlishi
mumkin. Shu sababli oʻquvchilarning ichki
motivatsiyasini farqiga borish koʻp vaqt va
malaka talab qiladi.
Ta’lim va ta’lim jarayonida bolani
rivojlanish muammosi psixologik markaziy
masalalardan biridir. Ta’lim va rivojlanish
muammosiga doir qator nazariyalar ishlab
chiqilgan boʻlib, ulardan biri: 1.Aqliy hatti-
harakatlar, bilimlar, malaka va koʻnikmalarni
bosqichma- bosqich rivojlantirish nazariyasi
(P.Ya.Galperin).
124
P.Ya.Galperin nazariyasi boʻyicha bilimlarni oʻzlashtirish jarayoni
Do'stlaringiz bilan baham: |