Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti


Talabalar bilimini nazorat qilish



Download 4,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/241
Sana29.12.2021
Hajmi4,82 Mb.
#83061
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   241
Bog'liq
kasbiy psixologiya

Talabalar bilimini nazorat qilish 
Nazorat metodlari 
Test 
Ogʻzaki 
Yozma (amaliy) 
afzalligi 
kamchiligi 
afzalligi 
kamchiligi 
afzalligi 
kamchiligi 
 
Tezkorligi 
Xamma uchun 
bir xilligi 
 
 
Nutk  
rivojlanmaydi 
Anik bilim 
darajasini 
bilolmaydi 
tavakkalchilik 
 
Nutk shakllanadi 
Bahs munozara 
orqali bilimlar 
yana ham 
mustahkamla-
nadi. 
Fikr 
almashiniladi 
 
Hayajoni 
kuchli tlabalar 
bor bilimini 
yetkaza 
olmaydi 
Vaqt kop talab 
qiladi 
Oʻz fikrini 
to;iq bayon 
eta oladi 
Kam vaqt 
ichida 
hammadan 
olish mmkin 
 
 
Boshqa 
ma`lumotlarda
n foydalanishi 
mumkin 
 
5.2.4. Oliy ta’limdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish yoʻllari 
Qiyinchiliklarning  asosiy  sabablari  talabalar  oʻquv  faoliyatining  toʻgʻri 
usullarini bilmasligi, aqliy mehnatda kuch va imkoniyatlarni bir tekis taqsimlay 
olmasligidan  iborat  boʻlib,  bular  aqliy  zoʻriqishning  negizi  hisoblanadi. 
Talabalarda  vujudga  kelgan  aqliy  zoʻriqish  tasodifiy  psixologik  hodisa  emas, 
uning zamirida shaxsiy oʻquv faoliyatini oqilona boshqarish uquvining zaifligi 
yotadi.  Shunga  oʻra  oliy  oʻquv  yurti  talabalari  koʻpincha  oʻquv  materiallarini 
oʻzlashtirishda    bu  faoliyatni  tasodifiy  boshqarishga  harakat  qiladilar.  Bunda 
muayyan  materiallar  mantiqiy  harakat  bilan  eslab  qolinsa,  qolganlari  mutlaqo 
diqqatdan  uzoqlashtiriladi.  Natijada  ular  ma’ruzaning  bir  qismini  tinglaydilar, 
uning  mohiyatini  ba’zoʻr  anglaydilar,  uni  konspektlashtirishga  ulgurmaydilar. 


288 
 
Oʻquv yili mobaynida ana shu holning davom etishi imtixon sessiyalarini talaba 
uchun qattiq sinovga aylantiradi.  
Shunga koʻra oliy oʻquv yurtining asosiy vazifalaridan biri talabani oʻquv 
materiallarining  asosiy  manbalari  bilan  ishlashga  oʻrgatishdan,  uning  mustaqil 
bilish  faoliyatini  tashkil  qilishdan,  uni  oʻzini  boshqarish  usullari  bilan 
tanishtirishdan iboratdir. Ma’lumki oliy maktabda mustaqillik va mustaqil oʻquv 
faoliyatini uyushtirish talab qilinadi. 
Oliy  ma’lumot  olish  talabaning  maqsadga  muvofiq,  muntazam,  rejali, 
izchil  oʻquv  faoliyatini  ta’limning  barcha  bosqichlarida  amalga  oshirishini 
taqozo etadi. 
Oliy maktab psixologiyasi fanida talabalarning oʻquv faoliyati auditoriya 
va  auditoriyadan  tashqari qismlarga  ajratiladi. Shu  bilan  birga  talabalar oldida 
oʻquv  faoliyatining  tarkibiy  qismlari  bilan  bogʻliq  muayyan  qoidalarga  rioya 
qilib hal etiladigan masalalar koʻriladi: 1) Qanday yoʻl bilan auditoriyada toʻgʻri 
oʻqish  va  oʻqitish  mumkin?  2)  Qay  yoʻsinda  auditoriyadan  tashqari  vaqtlarda 
mustaqil  faoliyatning  umumlashgan  usullaridan  foydalansa  boʻladi?  3) 
Ma’ruzada  talabaning  aqliy  faoliyati  uchun  optimal  shart  –  sharoitlar  qanday 
yaratiladi?    4)  Amaliy  va  seminar  mashgʻulotlariga  tayyorgarlik  natijasini 
qanday  aniqlash  va  ifodalash  mumkin?    5)  talabaning  imtixon  va  sinovlarga 
tayyorgarlik  saviyasini  aniqlash  imkoniyati  bormi  va  hokazo.  Mazkur  fanda 
ma’ruzaning  muhim  beshta  turi  qonuniy  ravishda  tavsiflangan.  Ular  axborot 
beruvchi,  yoʻnaltiruvchi,  ragʻbatlantiruvchi,  metodik,  rivojlantiruvchi  va 
tarbiyalovchi  ma’ruzalar  deb  ataladi.  Ana  shu  ma’ruzalarning  sifatini 
baholashda quyidagilar hisobga olinadi. 
1.  Ma’ruzaning  mazmuni  (gʻoyaviy  –  siyosiy  yoʻnalishi,  ilmiyligi, 
ommabopligi, nazariya amaliyotning birligi,emperik materiallar koʻlami, bayon 
qilish shakli va boshqalar). 
2.  Talabani  oʻylashga,  bosh  qotirishga  yetaklovchi  materiallarning 
muammoli  bayon  qilinishi  (uning  darajalari,  jabhalari,  jihatlari,  davriyligi 
kabilar). 
3.  Ma’ruzaning  asosliligi  (yaqqol  dalillar  bilan  mustahkamlanuvchi 
nazariy qoidalarning haqqoniyligi, loʻndaligi). 


289 
 
4.  Ma’ruzaning  mutaxassislar  kasbiy  tayyorgarligi  darajasiga  bogʻliqligi 
(qay darajada, qay shaklda, qay yoʻsinda). 
5.  Ma’ruzaning  tizimi  (rejaliligi,  tartibliligi,  yigʻinchoqligi, 
umumlashganligi). 
6.      Ma’ruza  oʻqish  usuli  (koʻrsatmalilik,  jonli  nutq,  his  –  tuygʻuga 
boyligi, material bayonining sur’ati, oʻrinli toʻxtalish, mantiqiy urgʻu). 
7.  Oʻqituvchining  talabaga    munosabati  (e’tiborligi,  talabchanligi, 
samimiyligi, mehribonligi, odobliligi). 
8.    Auditoriya  bilan  aloqa  qilish    (bevosita,  jonli,  yakkama  –  yakka, 
guruhiy, jamoaviy, uzluksiz, ahyon - ahyonda).  
9.  Talabalarning  leksiyadagi    davomati  (akademik  guruhning  toʻla 
qatnashuvi, bir oz kamchiligi, umuman kamchiligi). 
10.  Ma’ruzani  konspektlashtirish  (koʻpchilik  tomonidan,  yarmisi, 
ayrimlari). 
11.    Lektorlik  faoliyatini  boshqarish  (erkin,  ishonch  bilan,  tezisga 
asoslanib bayon qilish, ma’ruza konspektidan uzoqlashmay bayon qilish). 
12.  Maqsadga  erishish  (ishlab  chiqilgan  yoʻllar,  sinalgan  vositalar, 
egallangan  usullar,  shaxsiy  nuqtai  nazarni  bayon  qilish,  talabaning  mustaqil 
holda ishlashi uchun imkoniyat yaratish va boshqalar). 
Ma’lumki,  oliy  maktabdagi  oʻquv  tarbiya  jarayonida  ma’ruza  bilan 
seminar  mashgʻulotlari  bogʻlanish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Seminar 
mashgʻulotlari asosan talabalarda tafakkurning tanqidiyligi, mahsuldorligi kabi 
aqlning  zarur  tarkibiy  qismlari  shakllanishiga  qaratilgan  boʻladi.  Seminar 
mashgʻulotlarida  oʻqituvchi  oʻrganilayotgan  muammo  yuzasidan  talabalarning 
bilimlarini  tekshirish,  ularda  tafakkurning  mustaqilligini,  mahsuldorligi  va 
teranligini oshirishi, atrof – muhitga munosabatni shakllantiritishi, ularga ilmiy 
nazariyalar,  konsepsiyalar  boʻyicha  shaxsiy  fikrlarini  bildirishga  oʻrgatishi 
kerak. 
Seminar  mashgʻuloti  talabaning  oʻz  oʻquv  faoliyatini  boshqarishida 
muhim  rol  oʻynaydi.  Masalan,  ta’limning  turli  shakllarida  (mustaqil  ishlar, 
toʻgarak mashgʻulotlari, ilmiy – tadqiqot, leksiya va bahslarda olingan bilimlar 
yaqqollashadi,  tartibga  tushadi,  yanada  chuqurlashadi,  mustaqil  bilim  olish 


290 
 
malakalari  oʻsadi,  aqliy  mehnat  usullari  oʻzlashadi,  ogʻzaki  va  yozma  nutq 
takomillashadi). 
Oliy  maktabda  koʻpincha  seminar  mashgʻulotining  ikki  turidan 
foydalaniladi:  a)  seminar  rejasiga  kirgan  masalalardan  har  birini  alohida  keng 
smuhokama  qilish;    b)  har  bir  talabaning  oʻrganilayotgan  mavzu  yuzasidan 
ma’ruzasini    tinglash.  Bizningcha,  seminarning  ikkinchi  turi  keng  koʻlamda 
axborotlar  almashishi  imkoniyatiga  ega.  Chunki  unda  dolzarb  muammolar, 
qonuniyatlar,  xususiyatlar  boʻyicha  mulohaza  yuritiladi  va  tegishli  qarorga 
kelinadi. 
Tajribalarda  talabalarning    seminar  mashgʻulotidagi  faoliyati  quyidagi  
mezonlar asosida baholanadi: 
1.  Seminar  mashgʻulotiga  chiqishning  muayyan  maqsadga  yoʻnalgan 
(masalaning  qoʻyilishi,  boʻlgʻusi  mutaxassislikda  nazariy  bilimlarni  amaliy 
bilimlarga bogʻlash). 
2. Talaba ma’ruzasining rejasi: oqilona rejalashtirish, masalani birlamchi 
va ikkilamchi alomatlarga ajratish, bibliografiyani thgʻri tuzish (nodir, yangi va 
kasbga oid manbalar tanlangani). 
3. Talabaning xulqi: oʻrinli baxslashuvi, toʻgʻri javobi, materialni  chuqur 
tahlil qilishi, dalilni qayta bayon etishi, oʻz nuqtai nazari mavjudligi, ixcham va 
loʻnda tahlil: ma’ruzaning zerikarliligi, boʻshligi. 
4.  Oʻzaro  aloqa:  talabaning  kursdoshlarga  tanqidiy,  samimiy,  e’tirozli 
munosabati; seminar qatnashchilari bilan tez muloqotga kirishish imkoniyati. 
5. Talabaning  mashgʻulotini ishonch bilan, mutaxassislarcha yakunlashi, 
tengdoshlari  bilimini  boyitishi  yoki  aksincha;  seminarda    barcha  holatlar  va 
munosabatlarni yozib borishi, unga qarashlarini bildira olishi. 
Ma’ruza  va  seminar  mashgʻulotlari  samaradorligini  oshirish  uchun 
quyidagi psxologik holatlarga e’tibor berish lozim: 
1.  Matn  va  birlamchi  manbalar  boʻyicha    muhim  va  nomuhim  belgi 
hamda alomatlarni ajratish yoki mavhumlashtirish. 
2. Oʻzlashtirilayotgan oʻquv materiallarni oʻz vaqtida tahlil qilib borish va 
umumlashtirish. 


291 
 
3. Talaba oʻquv materialini idrok qilishi uchun aqliy faoliyatning barcha 
jabhalari boʻyicha yoʻl – yoʻriqlar berish. 
4. Oʻqituvchi nutqidan hayolan ilgarilab ketib, uning yakunlovchi fikrini 
oldindan fahmlay bilish va boshqalar. 
Shunday  qilib  ma’ruza  va  seminar  mashgʻulotlarining  samaradorligini 
oshirish  bilan  oliy  maktabdagi  ta’lim  va  tarbiya  jarayonida  kamol  toptiruvchi 
hamda  tarbiyalovchi  prinsiplarni  amalga  oshirish,  talabalarga  oʻzini  oʻzi 
boshqarishni oʻrgatish mumkin. 

Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish