Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti


 Ilk oʻspirinlik davrida yoshlarning shaxsiy xususiyatlari



Download 4,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/241
Sana29.12.2021
Hajmi4,82 Mb.
#83061
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   241
Bog'liq
kasbiy psixologiya

 
5.1.2. Ilk oʻspirinlik davrida yoshlarning shaxsiy xususiyatlari 
 
Oʻspirinlarni    hali  toʻla  katta  deb  hisoblab  boʻlmaydi,  chunki  ularning  
shaxs  xususiyatlarida  hali  bolalikni  kuzatish  mumkin.  Bu  ularning  fikrlarida, 
berayotgan  baholarida,  hayotga  va  oʻz  kelajaklariga  munosabatlari  koʻzga 
tashlanadi.  Koʻpchilik  oʻspirinlar  maktabni  tugatish  vaqtiga  kelib  ham  kasb 
tanlashga  nisbatan mas’uliyatsiz yondashadilar. Bu davr oʻspirinning  axloqan 
oʻz  –  oʻzini  anglashi,  shuningdek,  axloqning  yangi  bosqichiga  oʻtishi  bilan 
xarakterlanadi.  Intellekti  yaxshi  rivojlangan  oʻspirinlar  kattalarni  tashvishga 
solayotgan  masala  muammolarini  tushuna  oladilar  va  ularni  muhokama  eta 
oladilar. Oʻspirinlar juda koʻp muammoli savollarga javob oʻylaydilar. Ularning 
diqqatini  koʻproq  axloqiy  masalalar  tortadi.  Agar  kichik  maktab  yoshidagi 
oʻquvchilar  uchun  axloqiy  masalalarni  echish  manbai  –  oʻqituvchilar  boʻlsa, 
oʻsmirlar  bu  savollarga  javobni  koʻproq  tengdoshlari  davrasidan  qidiradilar. 
Oʻspirin  yoshdagilar  esa  savollarga  toʻgʻri  javobni  topishda  koʻproq  katta 
kishilar foydalanadigan manbalarga murojaat etadilar. Bunday manbalar asosan 
real, koʻpqirrali, murakkab insoniy  munosabatlar va ilmiy – ommabop, badiiy, 
publitsistik  adabiyotlar,  san’at  asarlari,  matbuot,  radio,  televidenie  boʻlib 
hisoblanadi.  Bugungi  oʻspirinlarga  hayotga  nisbatan  xushyor,  aqliy  –  amaliy 
qarash,  erkinlik  va  mustaqillik  xos.  Ular  haqqoniy  boʻlish  tushunchasiga  ham 
real tarzda yondashadilar. Litsey va kollejni tugallash vaqtiga kelib, juda koʻp 
oʻsmirlar axloqiy jihatdan shakllangan va ma’lum axloq normalari qat’iylashgan 
xususiyatlarga ega boʻladilar. 
 
Oʻspirinlarda  axloqiy  dunyoqarash  bilan  bir  qatorda  ijtimoiy,  siyosiy, 
iqtisodiy,  ilmiy,  madaniy,  diniy  va  boshqa  sohalar  boʻyicha  ma’lum  bir 
qarashlar  vujudga  keladi.  Juda  koʻp  yillardan  beri    oʻspirinlarni  yaxshilik  va 


271 
 
yomonlik,  haqiqat  va  noqonuniylik,  axloqiylik  va    axloqsizlik  masalalari  
tashvishlantirib  keladi.  Hozirgi  davr  oʻspirinlari    har  bir  narsaga  ishonuvchan 
yoki  salbiy  munosabatlarda  boʻlmay,  balki  hayotga  real,  aqliy,  amaliy 
qaraydigan, koʻproq erkin va mustaqil  boʻlishga intiluvchi yoshlardir.  
 
Oʻspirinlar  ongli  ravishda  egallagan  axloq  normalari  asosida  oʻz                                   
xatti  –  harakatlarini  yoʻlga  solishga  intiladilar.  Bu  esa  avvalo  oʻspirin  oʻzini  
anglashining  oʻsishida namoyon boʻladi. Oʻzini anglash  murakkab psixologik  
struktura boʻlib, quyidagilarni oʻz ichiga oladi: 
- birinchidan,  bolada  tashqi  olamdagi  predmet  ta’siridan  paydo  boʻlgan 
sezgilarni oʻz  tanasi bilan farq qila boshlaganda vujudga keladi
- ikkinchidan,  oʻzining  shaxsiy    “Men”ligini  aktiva  faoliyati  asosida 
anglashi; 
- uchinchidan, oʻzining psixik xususiyati va hislatlarini anglashi; 
- toʻrtinchidan,  ijtimoiy,  axloqiy  oʻz  –  oʻziga  baho  berishning    ma’lum 
sistemasini  anglashi.  
 
Mana shu  elementlarning barchasi bir – biri bilan  funksional va genetik 
bogʻlangandir.  Lekin,  bularning  hammasi  sizga  ma’lumki,  bir  vaqtning  oʻzida 
shakllanmaydi. Bolaning “men”ligini anglashi taxminan 3 yoshda paydo boʻladi, 
bunda bola  shaxsiy olmoshni ishlata boshlaydi. Masalan, men, meniki, menga, 
menda va hokazo.  
 
Oʻspirinlar har joyda oʻzini koʻrsatish xususiyatiga ega boʻlgan oʻsmirlik 
vaqtidayoq,  oʻzlarining    shaxsiy  xususiyatlarini    kuzata  boshlaydilar.  Ya’ni 
oʻzlarining semizlik, yuzidagi husnbuzarlar  yigit va qizlarni bezovtalantiradilar, 
ular iztirob chekadilar. Kech etiladigan   oʻgʻil va qizlar yashirin  kechinmalar  
kechiradilar.  Kishining  oʻz  obrazi  –  bu  oʻspirinlikning  oʻzini  anglashi  ancha 
muhim komponent boʻlib hisoblanadi. Oʻzining psixik sifatlarini anglashi va oʻz 
– oʻziga baho berish oʻspirinlik yoshida, borgan sari koʻproq ahamiyat kasb eta 
boshlaydi.  
 
Oʻspirinlikda oʻz shaxsiy hislatlariga baho berish kuchayadi, oʻspirin ham 
oʻsmir  singari  oʻz  qadr  –  qimmatini,  uning  nimalarni  qilishga  arzishi  va 
nimadlarga  qodir  ekanligini  bilgisi  keladi.  Oʻziga  baho  berish  ikki  hil  usulda 
boʻladi.  


272 
 
1.  Kishi oʻzi qoʻlga kiritgan  yutuqlari natijasi bilan baholaydi. Masalan: 
bola qiyin vaziyatda  oʻzini yoʻqotmadi yoki yosh bolani  yongʻindan qutqazdi – 
“Men  qoʻrqoq  emasman”.  Ma’lum  qiyin  topshiriqni    bajardi.  “Men 
qobiliyatliman” – deydi. Axloqqa oid bunday xatti – harakatlar, oʻspirinning oʻz 
qat’iyligini sinashi hamdir. 
2.  Ijtimoiy  taqqoslash, ya’ni oʻzi va xatti – harakatlarini boshqalarning 
ishlari,  fikrlari  bilan  solishtirishdan  iboratdir.  Masalan:  oʻquvchila  tomonidan 
“mardlik” deb ma’qullangan xatti – harakatni  oʻqituvchi “qalbaki oʻrtoqlik” deb 
aytdi.  Bunda  bolalar    oʻz  xatti  –  harakatlari  toʻgʻrisida  oʻylab,  bosh  qotira 
boshlaydilar. 
Shaxsiy  “men”  obrazi,  juda  murakkabdir.  Hatto  kattalarning  oʻzini 
anglashi  ham  qarama  –  qarshiliklardan    xoli  emas.  Bu  holat  ayniqsa  
oʻspirinlarda yanada kuchliroq boʻladi. Ba’zi oʻspirinlar oʻzini kuzatish  uchun 
kundalik  daftarlar  tutadi.  Bu  holat  qizlarda    ertaroq  va  koʻproq  uchraydi.  Bu 
holat  shaxsda  mohiyat  jihatdan  tubdan  oʻzgargan  tarzda    oʻz  shaxsining 
ma’naviy – ruhiy  fazilatlarini, ijtimoiy turmush – tarzi, maqsad va vazifalarini  
anglashi, ularni  oqilona baholash  zaruratini  aks  ettiradi. Undagi      oʻz –  oʻzini 
anglash, turmush, yashash, oʻqish, mehnat va sport faoliyatlari  tarzida namoyon 
boʻladi.  Oʻquv  muassasa,  mikromuhitidagi  odatlanmagan    vaziyat, shaxslararo 
munosabatlar    va  muomala  koʻlamining  kengayishi  oʻspirinning  oʻziga  xos  
tipologik  aqliy  ,  axloqiy,    irodaviy,  xissiy  xususiyatlarini  oqilona  baholashi, 
qoʻyilayotgan      talablarga  javob  berish,  uning  oʻz  –  oʻzini  anglashini  
jadallashtiradi. Oʻspirin oʻquvchilarining oʻz – oʻzini anglashga aloqador oʻziga 
xos xususiyatlari  mavjud, ular dastavval oʻzlarining kuchli  va zaif jihatlarini, 
yutuq va kamchiliklarini aniqroq baholash imkoniyatiga ega boʻladilar. 
 
Oʻspirin  oʻquvchining  oʻsmirlik  davridagi  boladan  farqli  yana  bir 
xususiyati  bu – murakkab shaxslararo munosabatlarda aks etuvchi burch, vijdon 
hissini  anglash,  oʻz  qadr  –  qimmatini  e’zozlashiga  koʻproq    moyilligidir. 
Oʻspirin oʻquvchida oʻzini anglashi  negizida oʻzini  tarbiyalash istagi tugʻiladi. 
Natijada  unda    oʻz  –  oʻzini  tarbiyalash  vositalarini  saralash,  ularni  kundalik 
turmushga  tadbiq  qilib  koʻrish  ehtiyoji  vujudga  keladi.  Lekin,  oʻz  –  oʻzini 
tarbiyalash  jarayoni  oʻspirin  ruhiyatidagi  mavjud  nuqsonlarga  barham  berish, 


273 
 
ijobiy hislatlarni shakllantirish bilan kifoyalanib qolmasdan, balki voyaga etgan 
kishilarga xos koʻpqirrali, umumlashgan idealga mos ravishda tarkib toptirishga 
yoʻnaltirilgan boʻladi. Oʻquvchilar oʻzida shaxsning eng qimmatli fazilatlarini, 
oʻquv va mehnat malakalarini ongli, rejali, tartibli, izchil va muntazam ravishda 
egallab borishga, shaxsning muayyan bir fazilatlari va hislatlarini hosil qilishga 
harakat  qiladilar;  oʻz  –  oʻzini    tarbiyalash  muammolarini,  yaxlit  ma’naviy  – 
ruhiy qiyofani shakllantirishga intiladilar.  
 
Oʻspirin oʻquvchilarning oʻz – oʻzini tarbiyalash jarayoni oʻquv muassasa, 
jamoat  tashkilotlari,  pedagoglar  jamoasining  tarbiyaviy  ta’siri  doirasida 
boʻlmogʻi shart. Toki  oʻz –  oʻzini tarbiyalashning  takomillashtirilishi  jamoada 
munosib oʻrin egallashga, ijtimoiy burchni anglash, foydali mehnatga jalb etish 
ishiga xizmat qilsin. Oʻz – oʻzini tarbiyalashni toʻgʻri izga solib yuborish uchun 
uygʻun birlikni tashkil etgan  tarbiyaviy chora tadbirlar majmuas tarzida ta’sir 
oʻtkazish jamoa  majburiyati, oʻzaro yordam va nazorat qilish,  oʻzaro baholash 
va tanqid qilish kabilar maqsadga muvofiqdir. Ijtimoiy turmushda uchraydigan 
ba’zi  bir  salbiy  yurish  –  turish  koʻrinishlariga,  illatlariga,  sarqitlariga 
qaqshatgich  zarba  berish,  ularning  ta’siridan  yigit  va  qizlarni  asrash,  yot 
tashviqot  mohiyatiga  qarshi  kurash  olib  borish  pedagoglar  jamoasining    bosh 
vazifasidir. Oʻspirinlarda  balogʻatga etganlik tuygʻusi  takomillashib borib, oʻz 
– oʻzini qaror toptirish, oʻz ma’naviy qiyofasini  ifodalash tuygʻusi oʻsib boradi. 
Bu narsa ularning  alohida shaxs ekanligini  tan olishga intilishida oʻz ifodasini 
topadi.  Buning  uchun  ayrim  yoshlar  turli  modalarga  mayl  qoʻyish,  taviriy 
san’atga, musiqaga, kasb – hunarga, tabiatga maftunkor  qiziqishlarini namoyon 
qilishga    harakat  qiladilar.  Oʻquv  va  mehnat  jamoalari  ta’sirida    matonat, 
jasurlik,  sabr  –  toqat,  kamtarlik,  intizomlilik,  halollik  kabi  insoniy  fazilatlar 
takomillashadi.  Xudbinlik,  loqaydlik,  munofiqlik,  laganbardorlik,  dangasalik, 
qoʻrqoqlik, gʻayirlik singari  illatlarning barham topishi tezlashadi. 
 
Oʻspirinlar shaxsining shakllanishi jarayonida jamoat tashkilotlarining roli 
alohida  ahamiyat  kasb  etadi.  Ularda  faollik,  tashabbuskorlik,  mustaqillik, 
qat’iyatlilik,  mas’uliyatlilik,  oʻz  harakatlarini  tanqidiy  baholash  singari 
fazilatlari  barqaror    xususiyat    kasb  etib  boradi.  Oʻspirin  yigit  va  qizlarning 
jamoatchilikda  faol  ishtirok  etishi    orqali  muayyan    tashkilotchilik  qobiliyati  


274 
 
namoyon  boʻladi.  Oʻzining  kimligi,  qandayligi,  qobiliyatlari,  oʻzini  nimaga 
hurmat  qilishi  aniqlashga  intiladilar.  Doʻst  va  dushmanlarning  kimligi,  oʻz 
istaklari,  oʻzini  va  tevarak  atrofni,  olamni  yaxshi  bilishi  uchun    uchun  nima 
qilish    kerakligini  anglashga  harakat  qiladi.  Ma’lumki,  oʻspirinlarning  hamma 
savollari  anglangan  boʻlmaydi.  Ba’zan  oʻspirinlar  oʻzlaridan  hech 
qanoatlanmaydigan,  oʻz  oldilariga  haddan  tashqari  koʻp  vazifalar  qoʻyadigan, 
lekin  uning  uddasidan  chiqa  olmaydigan  boʻladi.  Mana  bulardan  koʻrinib 
turibdiki,  oʻspirinlar  oʻz  –  oʻzini  analiz  qilish  teranligi  va  yuksak  talablarni  
bajarish  kerakligini    oʻzida  aks  ettira  boradilar.  Bu  esa  oʻspirinlarning kelgusi 
yutuqlari shartlaridan biridir. 
 
Yuqorida koʻrsatib oʻtilganidek, shaxsning erta oʻspirinlikdagi eng muhim 
hislatlaridan biri oʻz – oʻzini hurmatlash, oʻz – oʻziga baho berish hamda oʻzini 
shaxs  deb  tan  olish  yoki  olmaslik  darajasidir.  Oʻspirinlar  oʻzlarida  shaxsning 
muayyan  kompleks  sifatlarini  hosil  qilishga  intiladilar.  Ularni  oʻz  –  oʻzini 
tarbiyalash  borasida  bir  butun  ma’naviy  psixologik  qiyofani    shakllantirish 
masalasi  qiziqtiradi.  Bunda  shaxs  ideali  va  namunaning  mavjudligi  katta 
ahamiyatga  ega.  Masalan:  oʻgʻil  bolalar  –  qahramonlik,  yaxshi  ota,  tadbirkor, 
oʻqituvchi,  vrach  yoki  badiiy  asar  hamda  kinofilmdaagi  obrazlarni  oʻzlariga 
ideal deb bilsalar; qizlarimiz mehnatkash ayol, jozibali jamoat arbobi, nazokatli 
uy bekasi yoki ilmiy xodim va hokazo. Oʻzaro munosabat va emotsional hayot 
oʻz mavqeini belgilashning murakkab muammolarini  oʻspirinning oʻzi hal qila 
olmaydi.  Bu  masalani  oʻspirinning  ota  –  onasi,  oʻz  tengqurlari,  oʻqituvchilar 
ishtirokida  ularning    qoʻllab  –  quvvatlashida  hal  qilishi  mumkin.  Demak,  ilk 
oʻspirinlik davri katta mustaqil  hayotga qadam qoʻyish boʻsagʻasidir. 
              

Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish