Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti


 Ilk oʻspirinlik davrida aqliy rivojlanish



Download 4,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/241
Sana29.12.2021
Hajmi4,82 Mb.
#83061
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   241
Bog'liq
kasbiy psixologiya

5.1.1. Ilk oʻspirinlik davrida aqliy rivojlanish 
 
Ilk  oʻspirinlik  yoshidagi  oʻquvchilarning    bilish  jarayonlari  turli  nuqtai 
nazarlarni  tahlil  etishga  va  bu  masala  boʻyicha  har  tomonlama  fikr  yuritishga 
yordam bera oladi. Bu yoshdagi oʻspirinlar atrofdagi turli voqea – hodisalardagi 
haqiqatni bilishga intiladi. Ularning tayyor yechimlar, ma’lumotlar emas, balki 
shu yechim va ma’lumotlarni  oʻzlari mulohaza yurgizib, qidirish jarayonining  
oʻzi koʻproq  qiziqtiradi. Bu borada turli masalalar boʻyicha boʻyicha bahs va 
munozaralar yuritishga va oʻzlarining fikrlarini isbotlashga juda qiziqadilar. Bu 
davrida bilish jarayonlarining rivoji faol  ravishda davom etadi. Bu rivojlanish 
oʻspirinning oʻziga va uning atrofidagi kuzatuvchilarga kam seziladi. Bu davrga 
kelib, oʻspirinlar toʻla ravishda mantiqiy tafakkurga ega boʻladilar, nazariy fikr 
yuritib, oʻzlarini oʻzlari tahlil eta oladilar. Ular endi bemalol axloqiy, siyosiy va 
boshqa  mavzularda    bahslasha  olib,  oʻz  munosabatlarini  bildira  oladilar. 
Oʻspirinlik davrida bolalar juda koʻp ilmiy tushunchalarni oʻzlashtirib, ulardan 
turli masala va muammolarni  engishda foydalana oladilar.  Oʻspirinning oʻz – 
oʻzini  anglashi  oʻquv,  mehnat  va  muloqot  motivatsiyalarini  oʻzgarishida  oʻz 
aksini  topadi.  Bu  davrda,  bolada  yangi  faoliyatlar  yuzaga  kelib,  psixik 
rivojlanishida yangi bosqich boshlanadi 
 
 
Oʻspirinlik  yoshi  oʻqish,  mehnat,  muloqot  singari  yetakchi    faoliyatlar 
asosida  umumiy  va  maxsus  layoqatlarning  rivojlanayotganligi  bilan 
xarakterlanadi.  Lekin,  bu  rivojlanish  oʻspirinning  oʻziga  va    uning  atrofidagi 


266 
 
kuzatuvchilarga kam seziladi. Oʻspirinlik davriga kelib, juda koʻp bolalarda oʻz 
faoliyatlarini  oldindan  rejalashtirish  layoqati  yaxshi  rivojlangan  boʻladi. 
SHuningdek, oʻz – oʻzini boshqarish ham oʻspirinlik yoshidagi bolalarda yaqqol 
koʻzga tashlanadi. 
 
Oʻspirinning oʻquv mashgʻulotiga munosabati oʻz xususiyati va mazmuni 
jihatidan  boshqa  yoshdagi  oʻquvchilarning  ta’lim  jarayonidagi  munosabatidan 
tubdan  farq  qiladi.  Oʻquv  rejasi  va  dasturning  murakkablashuvi,  yangi  fan  va 
mavzularning  kiritilishi,  oʻzlashtirilishi  nazariy  tafakkur  yordamida  amalga 
oshirishni  taqozo  etadi.  Ana  shundan  kelib  chiqqan  holda,  oʻquvchilarning 
oʻqishga munosabati ham oʻzgaradi, ular ayrim fanlarga munosabatlari quyidagi 
holatlarga bogʻliqdir: 
1.  Fanning dunyoqarashdagi roliga. 
2.  Fanning bilishdagi ahamiyatiga. 
3.  Fanning ijtimoiy ahamiyatiga. 
4.  Fanning amaliy ahamiyatiga. 
5.  Fanning oʻzlashtirish darajasiga. 
6.  Fanning oʻzlashtirish uslubiyotiga. 
 
 
Oʻspirinlik davrida bilishga oid qiziqish koʻlami tobora amaliy xususiyat 
kasb eta boshlaydi. Jumladan, ijtimoiy – siyosiy masalalarga, texnika, tabiatga, 
osmon  jismlariga,  sport  va  hokazolarga  qiziqishi  kuchayadi.  Oʻspirinlarda 
sezgirlik,  kuzatuvchanlik  yanada  takomillashib  boradi,  mantiqiy  xotirasi,  esda 
olib qolishning oqilona yoʻli sifatida ta’lim jarayonida yetakchi vazifani ado eta 
boshlaydi.  Mazkur  pallada  oʻspirinlarning  tafakkuri  tobora  faol,  mustaqil  va 
ijodiy  xususiyat  kasb  eta  boshlaydi.  Tafakkur  rivojlanishi  bilan  birgalikda 
oʻquvchilarning  nutq  madaniyati    rivojlanadi.  Oʻspirin  turli  janrdagi  adabiy 
asarlarini  oʻqishi,  tushunishi  orqali  mustaqil  fikr  yuritish,  mulohaza  qilish  va 
munozaraga  kirishishga    oʻrganib  boradi.  Oʻspirinlik  tafakkurining  sifatiga 
uning  mazmundorligi,  chuqurligi,  kengligi,  mustaqilligi,  samaradorligi,  tezligi 
kabilar kiradi. Tafakkurning chuqurligi deganda esa, moddiy dunyodagi narsa va 
hodisalarning    asosiy  qonunlari,  xossalari,  sifatlari,  ularning  oʻzaro  bogʻlanish 
va  munosabatlari  oʻspirinning  fikrlash  faoliyatiga  toʻliq  aks  etganligi 
tushuniladi.  Tafakkurning  kengligi  oʻzining  mazmundorligi  va  chuqurligi 


267 
 
sifatlari bilan bogʻliq boʻladi. Tafakkurning  mustaqilligi  deganda oʻspirinning 
shaxsiy tashabbusi bilan oʻz oldiga yangi vazifalar qoʻya bilishi, bu vazifalarni 
xech kimning yordamisiz, oqilona usullar bilan mustaqil hal qilish xususiyatini 
tushunish kerak. Tafakkurning tezligi qoʻyilgan savolga toʻliq javob olgan vaqt 
bilan belgilanadi. Ayrim qiz va yigitlar aqliy rivojlanishdan orqada boʻlib, oʻquv 
materiallarini  oʻzlashtirishga  ulgurmaydilar  yoki  qiynaladilar,  ular  tevarak  – 
atrofdagi  voqelikni  bilib  olish  maqsadida    umumlashtiruvchi  tushunchalardan  
foydalanishni bilmaydilar, chunki bu tushunchalar, xulosalar, fikrlar, hodisa va 
faktlarni    yodlab  oladilar.  Bolalarni  aqliy  jihatdan  rivojlantirish  uchun  oʻqish 
faoliyatlarida faollashtirish va ularning bilimlarini  ongli ravishda oʻstirib borish 
kerak.  Ta’limda  onglilik  oʻquvchining  yuqori  darajasidagi  faolligi  bilan 
ta’minlanadi. Bilimlarini faol faoliyat koʻrsatib oʻzlashtirganda, oʻquvchilar bu 
bilimlarni yaxshi tushunibgina qolmay, ularni amaliy faoliyatda qoʻllashga ham 
oʻrganadilar. Oʻquvchilarga ijtimoiy masalalar, iqtisodiy hamda ijtimoiy faktlar 
va  hodisalarni    mustaqil  ravishda  ilmiy  tahlil  qilish  va  ularga  baho  berish 
usullarini  maxsus  oʻrgatish  muhim  va  zarurdir.  Boʻ  oʻrinda  oʻquvchilarning 
mustaqil fikrlashlarini follashtirishga, toʻgʻri rahbarlik qilgan holda rivojlantirish 
lozim.  Oʻspirinlarning  aqliy  jihatdan    rivojlanishida  nazariy  tafakkurning  roli 
kattadir. Oʻspirin adabiy asarlarni oʻqish va tushuntirish orqali mustaqil fikrlash, 
mulohaza yuritish va munozaralarga kirishish oʻrgana boradi. Unda asta – sekin 
tabiat  va  jamiyat  haqida  oʻzining  nuqtai  nazari,  e’tiqodi,  qarashi  shakllanadi. 
Malumki, shaxsning ana shu fazilatlari uning fikrlashi, mustaqil oʻylashi, toʻgʻri 
hukm va xulosalar chiqarishi, qat’iy qarorga kela olishi natijasidir. 
 
Oʻspirinlarning  adabiy  asarni  baholashi,  u  haqda  shaxsiy  fikrlarni 
bildirishi,  muammo  yuzasidan  bahslashuvi  insoniy  hislatlarning  muayyan 
darajada  ishtirok  etishi  tanqidiy  tafakkurning    aynan  oʻzginasidir.  Turmushda 
uchraydigan nooʻrin tanqidiylik esa oʻspirinning badiiy didi va hayotiy tajribasi 
zaifligidir.  Oʻqituvchining  asosiy  vazifasi  oʻquvchilar  tafakkuridagi  
tanqidiylikni  haqqoniylik  darajasiga  koʻtarishdan,  ularga  voqelikka  odilona, 
oqilona,  tanqidiy  nuqtai  nazardan  qarashni  oʻrgatishdan  iborat.  Oʻspirinlarda 
moddiy dunyo toʻgʻrisida shaxsiy fikrlar, mulohazalar ilmiy dunyoqarash tarkib 
topganidan  keyingina  tafakkurning  tanqidiylik  xususiyati  rivojlana  boshlaydi.  


268 
 
Tanqidiy  tafakkurning  rivojlanishi  oʻquv  materiallarni    puxta  oʻzlashtirishga, 
ta’lim  jarayonida  tashabbuskorlikka,  voqelikni  isbotlash  va  asoslash 
koʻnikmalari tarkib topishiga imkon yaratadi. 
 
Hodisalar  toʻgʻrisida  hukm  va  xulosa  chiqarish,  tasdiqlash  yoki  inkor 
qilish  qobiliyatini  rivojlantiradi.  Oʻspirinning  qobiliyati  va  iste’doi    ta’lim 
jarayonida,  mehnat  faoliyatida  rivojlanadi.  Qobiliyatning  oʻsishi  bilimlar, 
koʻnikmalar,  malakalarning  sifatiga  bogʻliq  boʻlib,  shaxsning  kamol  topish 
jarayoniga  qoʻshilib  ketadi.  Demak,  maktabda  oʻtiladigan  darslar,  laboratoriya 
ishlari,  amaliy  mashgʻulotlar,  referat,    konspekt  yozish  kabi    faoliyat  turlari 
oʻspirinlar oʻzlashtirilishi uchun zarur materiallarni mustaqil holda tushunishga 
olib keladi. 
 
Bularning barchasi ilmiy – nazariy tafakkurning shakllanishiga, tevarak – 
atrofdagi voqelikning umumiy qonuniyatlarini oʻsishiga, aqliy imkoniyatlarining 
vujudga  kelishiga,  tabiat  va  jamiyat  rivojlanishining  qonunlarini  anglashiga 
muhim  shart  –  sharoit  yaratadi.  Yuqoridagilardan  koʻrinib  turibdiki,  oʻsmirlik 
yoshida  oʻquvchilar  aqliy  faoliyatining  omillari  va  usullari    bilan  qurollangan 
boʻladilar.  
 
 
Shunga  koʻra  har  kim  qobiliyatiga  yarasha  kasb  –  hunar  tanlasa,  bu 
sohada muvaffaqiyatli mehnat qilsa, ijtimoiy turmush taraqqiyotiga muhim hissa 
qoʻshgan  boʻladi.  Oʻspirinlar  u  yoki  bu  kasbni  oʻz  ixtiyorlari  bilan  ongli 
ravishda tanlashlari uchun ular mustaqillik, dadillik, qat’iylik, oʻzini tuta bilish, 
chidamlilik, sabr – toqat kabi irodaviy hislatlarga ega boʻlishlari kerak. Mehnat 


269 
 
qilishda  muqaddas  burchni  bajarish  istagi,  maqsadning  aniqligi,  hunar 
oʻrganishga  ishtiyoqmandlik  mazkur  fazilatlarning  shakllanishiga  ijobiy  ta’sir 
koʻrsatadi. 
 
Oʻspirinlar aqliy rivojlanishda tasavvurning ahamiyati juda katta,  chunki 
inson biron bir ishni qilishga kirishar ekan, albatta uning natijasini tasavvur eta 
olishi kerak. Tasavvursiz xech qanday ishni toʻgʻri rejalashtirish mumkin emas. 
Oʻspirinda  tasavvur  qila  olish  layoqati  yaxshi  rivojlangan  boʻlsagina,  u  oʻz 
hayotidagi  idealni  tasavvur    eta  oladi,  shunga  koʻra  uzoq  va  yaqin  rejalarini 
tuzadi. 
 
Hozirgi  yigit  va  qizlarni  30  –  40  yil  avvalgi  tengqurlari  bilan 
solishtirganda,  ularning    umumiy  saviyalari  naqadar  oʻsganligini  koʻrish 
mumkin. Oʻspirinlarning intellektual qiziqishlari doirasi keng  va koʻpqirralidir. 
Oʻspirinlarning  qiziqishlari  aksariyat  hollarda  oʻzi  tanlagan  kasb  va  yoʻnalish 
shuningdek, hayotiy rejalariga asoslangandir. Oʻspirinlik yoshiga kelib, yigit va 
qizlarning    dunyoqarashlari  yuksak  pogʻonaga  koʻtarila  boshlaydi.  Bu  esa 
oʻspirinning  tashqi  olamni  tushunishga,  baholashiga  boʻlgan  munosabatlarini 
aniqlashga  yordam  beradi.  Oʻspirinlarning  dunyoqarashi  endi  ularning  ilmiy, 
falsafiy, siyosiy va diniy qarashlari tizimidan iboratdir. 
 
Ma’lum  bir  kasbda  faoliyat  koʻrsatishni  boshlayotgan  oʻspirin  unga 
intellektual, ijtimoiy – psixologik hamda axloqiy jihatdan tayyor boʻlishi kerak. 
Oʻsmirlik  davrining  oxirlari  va  oʻspirinlik  yoshiga  kelib,  ularda  mehnat 
koʻnikma  va  malakalari  rivojlanadi.  Bu  koʻnikma  va  malakalari  ularning 
kelgusidagi kasbiy faoliyatlari bilan   toʻgʻridan – toʻgʻri bogʻliq.  
 
Har  qanday  kasbiy  koʻnikma  va  malakalarning  oʻsishi  avvalo,  oʻspirin 
intellektining umumiy rivojlanganlik darajasiga bogʻliq. SHuning uchun ham bu 
davrdagi oʻspirinlar intellektining rivojlanishiga alohida e’tibor berish lozim. 
 
Bu  yoshdagi  bolalar  uchun  muloqotga  kirishish  ehtiyojining  mavjudligi 
ham    juda  muhim,  lekin  u  juda  yetakchi  emas,  faqat  tanlagan  kasb  va 
yoʻnalishlari boʻyicha mashgʻul boʻlmagan oʻspirinlargina koʻproq tengdoshlari 
bilan  muloqotda  boʻlishga  ehtiyoj  sezadilar.  Bu  yoshdagi  bolalar  mehnat 
faoliyati  bilan  xuddi  kattalardek  shugʻullana  oladilar.  Ilk  oʻspirinlik  davrini 
kasbiy  bilim, koʻnikma  va  malakalarning  shakllanishi  uchun  sensitiv davr  deb 


270 
 
hisoblash mumkin. Oʻzining kasbiy taqdirini tasodifan yoki notoʻgʻri hal etilishi 
murakkab  ichki  kechinmalarga  ,  ikkilanishlarga,  ziddiyatlarga  olib  kelishi 
mumkin. Bu esa yigit va qiz hayoti uchun ham, jamiyat uchun ham katta zarar 
keltiradi.  Kasb  tanlash  vaqtida  ilk  oʻspirinlar  oʻz  moyilligi  va  qobiliyatlarini 
shaxsiy  sifatlar,  xususan,  nerv  sistemasining  tipi,  analizatorlar  xususiyati 
emotsional – irodaviy sifatlarini ham hisobga olishlari zurur.   

Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish