Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti



Download 4,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/241
Sana29.12.2021
Hajmi4,82 Mb.
#83061
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   241
Bog'liq
kasbiy psixologiya

 


260 
 
V BOB.
 
YОSH DAVRLARNING TURLI BOSQICHLARIDA KASBIY 
OʻZLIKNI ANGLASH
 
5.1. Ilk oʻspirinlik davrining psixik xususiyatlari
 
 
 
Ilk oʻspirinlik davri  “kamolot boʻsagʻasi” deb  ta’riflanadi. Bu kamolot 
bosqichi  fiziologik,  psixologik  va  ijtimoiy  chegaralarni  oʻz  ichiga  oladi. 
Psixologiya fani oʻspirinlik muammosini kompleks oʻrganishni da’vat etadi. 
 
Bu  juda  qiyin  masala,  chunki  psixofiziologik  taraqqiyot  sur’ati  bilan 
uning  bosqichlari  ijtimoiy  etilish  muddati  bilan  hamma  vaqt  ham  toʻgʻri 
kelavermaydi.  Akseleratsiya  natijasida  bugungi  ilk  oʻspirinlarning  taraqqiyoti 
avvalgi avlodlarga nisbatan oʻrtacha ikki – uch yil avval etilmoqda. Fiziologlar 
bu  jarayonni  2  –  darajali  jinsiy  belgilarning  paydo  boʻlishiga  qarab,  3  ta 
bosqichga ajratadilar: 
 
1- bosqich – prepubertat;  
 
2- bosqich – pubertat; 
 
3- bosqich – postpubertat. 
 
Yosh psixologiyasi oʻspirinlikning yoshini 1 – 2 bosqichlar bilan bogʻlab 
kelar  edi.  Akseleratsiya  munosabati  bilan  oʻspirinlik  yoshining  chegarasi  endi 
15-16dan  18  yoshgacha  boʻlmoqda.  Demak,  oʻspirinlik  ham  oldin  boshlanadi. 
Lekin,  bu  taraqqiyot  davrining  konkret  mazmuni  birinchi  navbatda  ijtimoiy 
sharoitlar  bilan  belgilanadi.  Yoshlarning  jamiyatda  tutgan  oʻrni,  ularning 
mavqei,  ular  egallaydigan  bilimlarning  hajmi  va  bir  qator  boshqa  faktorlar 
ijtimoiy  sharoitlarga  bogʻliqdir.  Ilk  oʻspirinlik  yoshidagi  bolalar  bu  14-15 
yoshdan  17-18  yoshgacha  boʻlgan  akademik  litsey  va  kasb  –  hunar  kollejlari 
oʻquvchilaridir.  Boʻyning  oʻsishi  oʻspirin  qizlarda  15-16  yoshgacha,  oʻgʻil 
bolalarda 17-18 yoshgacha davom etadi. Bu yoshda muskullar kuchi tez oʻsadi. 
Masalan, 18 yoshli bola muskul kuchi 12 yoshli bolaga nisbatan 2 baravarkoʻp 
boʻladi.  Jismoniy  taraqqiyo,  asosan,  toʻgʻri  ovqatlanish  rejimiga  va  jismoniy 
tarbiya bilan shugʻullanishga koʻp jihatdan bogʻliq. Jinsiy taraqqiyot jihatdan bu 
yoshdagi  koʻpchilik    yigit  va  qizlar  postpubertat    (tugallanuvchi)  davrda 
boʻladilar. Bularning jismoniy  rivojlanishi katta yoshdagi odamning  jismoniy 
rivojlanishidan  kam farq qiladi. Boʻyning va organizmning  notekis oʻsishi va 


261 
 
rivojlanish  davri    tugallanadi,  hamda  jismoniy    rivojlanishning    nisbatan 
birmuncha  tekis davri boshlanadi. Oʻspirinlik yoshida jismoniy sifatlar  (boʻy, 
ogʻirlik) nisbatan barqaror darajaga etgan boʻladi. Shuningdek, muskul kuchi va 
ishchanlik  qobiliyati  sezilarli  darajada    ortadi.  Koʻkrak  qafasining  hajmi 
kengayadi, skelet, naychasimon suyaklar qattiqlashadi, toʻqimalar va a’zolarning 
shakllanishi va fuksional  taraqqiyoti tugallanadi. Odatda, bu yoshda yurak va  
qon  tomirlarning  rivojlanishida  oʻsmirlarga  xos  boʻlgan  notekislik  endi 
tekislashadi, qon bosimi  baravarlashadi, ichki sekretsiya    bezlari bir  me’yorda 
ishlay  boshlaydi.  Nerv  sistemasining  va  xususan,  miya  rivojlanishidagi  
oʻzgarishlar  ma’lum  boʻlib  qoladi.  Lekin,  bu  oʻzgarishlar  miya  massasining  
ortishi  hisobiga  emas,  balki  miyaning  ichki  hujayralari    tuzilishining 
murakkablashuvi  hisobiga  roʻy  beradi.  Bosh  miya  poʻstining  qismlarida 
assotsiativ  toʻqimalarning  miqdori  koʻpayadi.  Natijada  oʻqish  va  mehnat 
jarayonida  katta    (yarim  sharlar)  qatlamining  analistik  –  sintetik  faoliyati 
murakkablashadi. 
 
Ilk oʻspirinlik davrini ikkinchi oʻtish davri deb hisoblash mumkin. Agar 
birinchi  oʻtish    davri  koʻproq  bolalikka  yaqin  boʻlsa,  ikkinchi  oʻtish  davrida 
boʻlgan  oʻspirin  koʻproq  yoshlik  davriga  yaqindir  va  shu  jihatdan  oʻrganiladi 
hamda  tadqiq  etiladi.  Ilk  oʻspirinlik  davri,  asosan,  unda  mustaqil  hayotning 
boshlanishi  (oʻrta  maktabni  tamomlab,  litsey,  kollejlarga  kirishi)  bilan 
xarakterlanadi. Hayotdagi bu oʻzgarishlar ilk oʻspirinning shaxsiga, oʻz – oʻzini 
anglashiga  ta’sir  koʻrsatadi.  Oʻsmirlardan  farqli  oʻlaroq  ilk  oʻspirinlar  katta 
hayotni tasavvur etmaydilar, balki unda ishtirok etadilar. 
 
Ilk  oʻspirinlarning  mustaqilligi  ortishi  bilan  kattalarning  unga 
munosabatlari ham oʻzgaradi. Kattalar oʻsmirga koʻproq bola deb qarasalar, ilk 
oʻspirin  yoshdagilarga  katta  odamdek  munosabatda  boʻladilar.  Ilk  oʻspirinlar 
hayotda oʻz oʻrnini topishga nisbatan intilishi anglangan holatda boʻladi. U  oʻz 
hayotiy rejalarini amalga oshirish uchun harakat qila boshlaydi va ma’lum bir 
kasbni  egallay boshlaydi yoki  shu soha boʻyicha akademik litseylarda oʻqishini 
davom  ettiradi.  Oʻspirinlar  tanlangan  sohalari  yoki  kasblarida    juda  katta 
yangiliklar, kashfiyotlar qilgilari keladi, lekin asta  – sekinlik bilan yangilik va 


262 
 
kashfiyotlar  qilish  uchun  ularda  bilim  va  tajriba  yetishmayotganligini,  buning 
uchun koʻproq oʻqish va oʻrganishlari kerakligini anglay boshlaydilar. 
 
 
Hayot faoliyati kengaygan sari, oʻspirinlarda ijtimoiy rollar kengligi faqat 
miqdor  tomondangina  kengayib  qolmay,  balki  sifat  tomonidan  ham  oʻzgarib 
boradi. Masalan:  16 yoshda pasport oladi; 18 yoshidan faol saylash huquqiga va 
oila  qurish  imkoniyatiga  ega  boʻladi.  Oʻspirin  jinoiy  ishlar  uchun  javobgar 
boʻladi. Ba’zi oʻspirinlar bu yoshdan boshlab ishlay boshlaydilar. Kasb tanlash 
haqida  oʻylay  boshlaydilar.  Lekin,  shunga  qaramay  oʻspirinlarda  kattalarga 
qaramlik xususiyatlari saqlanib qoladi. 
 
Oʻspirinlar  (16-18  yoshlar)  oʻzlarining  psixologik  xususiyatlari  bilan 
boshqa  yosh  davrdagi  bolalardan  keskin  farq  qiladilar.  Jismoniy  hamda  aqliy 
jihatdan  voyaga  etgan,  kamolotga  erishgan,  dunyoqarashi,  oʻz  –  oʻzini 
boshqarish  kabi  etuk  insoniy  xususiyatlari  tarkib  topgan boʻladi. Ular vazmin, 
mulohazali  boʻladilar,  katta  yoshdagilarga  hurmat  –  ehtirom  bilan  qaraydilar. 
Ular uzoqni koʻzlaydigan, kelajak uchun qaygʻuradigan, ota – onalarining yaqin 
yordamchisiga  aylanadilar.  Oʻquv  faoliyati  oʻspirinning  asosiy  faoliyati  boʻlib 
qolaveradi,  oʻqishga  nisbatan  oʻsmirlik    yoshiga  qaraganda  oʻspirinlikda  bir 
muncha  yuqoriroq  boʻladi.  Mustaqil  hayotga  tayyorgarligini  oʻz  –  oʻzini 
anglashi bilan bogʻliq motivlar bu davrda yetakchi oʻrinni egallaydi.  


263 
 
Motivlar  tizimida  jamiyatning  toʻlaqonli  a’zosi  boʻlishga  intilish, 
insonlarga  naf  keltirish  kabi    ijtimoiy  motivlar  ustunlik  qiladi.  Bu  davrda 
oʻspirinlarning  kelgusi  hayoti  va  tanlayotgan  kasbiy  rejalariga    koʻra  fanlarga 
nisbatan  qiziqishlari  oʻzgaradi.  Oʻspirinning  fanlarga  hamda  shu  fan 
oʻqituvchilariga  nisbatan    munosabati  oʻzgaradi.  Oʻspirinlik    davrida  oʻzi 
koʻzlagan  maqsadlariga    erishishga  asoslangan  motivlar  birinchi  oʻringa 
koʻtariladi.  Oʻsmirlar  oʻzlarining    oʻqishga  boʻlgan  munosabatlari  va  ularning 
oʻqish  –  oʻrganishga    undovchi  sabablarni    yaxshi  anglaydilar.  Oʻspirinlik 
yoshida boshdan kechiriladigan his – tuygʻularning boyligi, xilma – xilligi bilan, 
hayotning turli tomonlariga emotsional munosabatda boʻlishi bilan ajralib turadi. 
Axloqiy  va  ijtimoiy,  siyosiy  hislarning  rivojlanishi  ayniqsa  xarakterlidir.  Ular 
odatda  muayyan  axloqiy  talablar  bilan  oʻzaro  toʻgʻri  munosabatda  boʻladilar. 
Boshdan  kechirgan  his  –  tuygʻularni  anglab  etish  mahorati  ham    rivojlanadi. 
Oʻspirinlik yoshida oʻquvchilarda oʻrtoqlik hissining rivoj topishi xarakterlidir. 
Rossiya  psixologlari  I.V.  Straxov  bilan  A.L.  Shnirman  tadqiqotlarning 
koʻrsatishicha,  oʻspirinlik    yoshidagi  doʻstlik,  oʻsmirlik  yoshidagi  doʻstlikdan 
ba’zi bir xususiyatlari bilan farq qiladi.  
 
Oʻspirinlarda  doʻstlik  motivlari  ancha  chuqurroq  boʻladi.  Bularda 
oshkoralik,  oʻzaro  ishonch,  talabchanlik,  sadoqat,  birgalikda  doimiy  yordam 
koʻrsatish, kamchiliklarni tuzatish, doʻstiga yordam berish, oʻzaro hurmat, bir – 
birini tushunish va hokazo. 
 
Doʻstlik  hissi  ancha  sermazmun  boʻlib,  qiziqishlar  faoliyatning  keng 
doirasini  qamrab oladi. 
 
Doʻstlik emotsional boʻlib, doʻsti kechirayotgan hislarga javob bera olish 
qobiliyatiga ega boʻladi. 
 
Oʻspirinlik  yoshidagi  doʻstlik  koʻpincha  butun  umr  boʻyi  davom  etadi. 
Oʻrtoqlik  munosabatlari jamoani jipslashtirishga  yordam beradi, uning hayotiy 
faoliyatini  oshiradi.  Yoningda  oʻrtogʻing  borligini  his  qilishning  oʻziyoq 
qiyinchiliklarni  engishga  yordam  beradi.  Oʻspirinlar  doʻstlik,  samimiylik, 
emotsional sofdillik kabi hislatlarni  birinchi oʻringa qoʻyishadi. Doʻstlar bir – 
birlari  bilan  yuraklarini  boʻshatadilar.  Doʻstlarga  samimiy  mehribonlik  
shaxsining    reflektivlik      darajasiga  hamda    uning  emotsional    hayot 


264 
 
xususiyatlariga  bogʻliqdir.  Oʻspirin  hamma  vaqt    rostgoʻy,  samimiy  boʻlishni 
istaydi.  Oʻspirinlik    yoshida  alohida  bir  his  –  sevgi  paydo  boʻladi.  Bu 
oʻspirinning emotsional hayotida  yangi bir holat hisoblanadi. Oʻspirinlik sevgisi 
sof, pokiza, begʻubor,  xilma – xil  kechinmalarga boy, yoqimli, hayolga berilish 
va  samimiyat  belgilariga  ega    boʻladi.  Yigit  va  qizlarning  sevgini    boshdan 
kechirishida  bir – birlarini hurmat qilish, doʻstlik, oʻzaro yordam, bir – birini 
tushunish  kabi  hislatlar    xarakterli  boʻlib,  ular      bir  –  birlaridagi    yuksak 
ma’naviy sifatlarni  qadrlaydilar. Yigit va qiz bolalar  oʻrtaisdagi munosabatlar 
oʻspirinlik  yoshida  faollashgan  boʻladi.  Oʻrtoqlariga  nisbatan  munosabatlar 
doirasi  kengayadi,  ayniqsa  qizlarda    aralash  doʻstlik    extiyojlari  kengayadi. 
Bolalarga  xos  16  –  17    yoshlarda  birinchi  jinsiy  moyillik  va  sevgi  extiyojlari  
koʻrina  boshlaydi.  Ikki  jins  oʻrtasidagi    oʻzaro  munosabat    masalasi  asosiy 
muammolaridan  biri  boʻlib  hisoblanadi.  Oʻspirinlarda  sevgi  hissi  bir  qancha  
holatlarga bogʻliq.  
         Birinchidan – jinsiy etilish; ikkinchidan – ishonadigan, suyanadigan va har 
qanday nozik masalalar boʻyicha gaplashish mumkin boʻlgan  doʻstga extiyoj; 
uchinchidan  –  bu  tabiiy  insoniy  extiyoj  hisoblanib,  inson  koʻpincha  oʻzini 
yolgʻiz  his  qilganida  kuchli  emotsional  bogʻliqlikka  intiladi.  Tadqiqotlarning 
koʻrsatishicha  bunday  tuygʻu  kuchaygan  shaklda  birinchi  bor    ilk  oʻspirinlik  
davrida  yuzaga  keladi.  Ilk  oʻspirinlar  yolgʻiz  boʻlishni  istmaganlari  uchun 
oʻzlari faol ravishda oʻzaro yaqin muloqot, bir – birlari bilan intim munosabatni 
izlaydilar. Ba’zan oʻspirinlar bu hislarga  shunchalik berilib ketadilarki, boshqa 
narsalar  mavjudligi haqida mutlaqo unutib qoʻyadilar. Bu davrda oʻspirinlarda 
sevish  mumkin    boʻlgan  qiz  yoki  yigit  ideali    paydo  boʻladi  va  koʻp  yillar  
davrida    bu  ideal  saqlanib  turadi.  Oʻspirinlar  tasavvuridagi    ideal  kimnidir 
yoqtirishiga, sevishiga turtki boʻladi. Oʻspirinlarning ideal  obrazlari  ba’zan real 
boʻlmaydi,  ya’ni  ular  hech  kimni    “unga”    oʻxshatmaydilar.  Bu  esa  ularda 
ishonchsizlik  hamda  yolgʻizlik  hissini  ham  yuzaga  keltirishi  mumkin.  Ilk 
oʻspirinlarga    shu  mavzuda    badiiy  adabiyotlar    oʻqish,  kinofilmlar,  teatrlar 
tomosha  qilishni  tavsiya  etish  hamda  yoshi  ulugʻ  kishilar  bila  suhbatlar  
oʻtkazish,  ularga  oʻzlarini  kelgusi  hayotlarini  oʻzlariga  mos  turmush  oʻrtoqlar 
topish masalasiga jiddiyroq yondashishlariga yordam beradi.    


265 
 

Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish