Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti q. A. Dadaboyev



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/144
Sana22.07.2022
Hajmi1,27 Mb.
#838851
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   144
Bog'liq
TLr0Qy1ZQKzAVVypqzFi4kh3cxt12IraBfFCY2um

O‘rtacha xarajatlar 
moddiy oqimning bir birligiga to‘g‘ri keluvchi tegishli 
xarajatlarning miqdori sifatida belgilanadi. 
Chegaraviy xarajatlar 
eng katta yo‘l qo‘yiladigan xarajatlar sifatida emas, 
balki bitta birlikka moddiy oqimni ko‘payishi oqibatida vujudga keluvchi tegishli 
doimiy o‘zgaruvchan, umumiy va o‘rta xarajatlarning o‘sishi sifatida belgilaniladi. 
Agar xarajatlarning ko‘rsatilgan turlarini moddiy oqim intensivligiga bog‘liqligi 
grafigi qurilsa, doirasida xarajatlarning ko‘rsatilgan turi bu grafik uchun hosil 
qilingan vaqtda sifatida belgilanadi. Amalda moddiy oqimning ko‘rib 
chiqilayotgan birligini ishlab chiqarish boshlangunga qadar va uni ishlab chiqarish 
tugallanganidan keyingi tegishli xarajatlari xaqqidagi raqamli axborotlarga ega 
bo‘lgan holda chegaraviy xarajatlarni belgilash mumkin. 
Firma daromadlarini tahlil qilishda ularning quyidagi turli tumanligi ajratiladi. 

firmaning yalpi daromadi (tushumi) 
chiqaruvchi moddiy oqimning 
barcha hajmini sotishdan olingan daromadning umumiy miqdori 
sifatida belgilanadi; 

firmaning o‘rtacha yalpi daromadi –
chiquvchi moddiy oqimni 
tashkil qiluvchi har bir birlikni sotishdan daromadning o‘rtacha 
miqdori sifatida belgilanadi; 

firmaning chegaraviy daromadi, 
eng katta ehtimol bo‘lgan 
daromadi sifatida emas, balki uning yalpi daromadining chiquvchi 
moddiy oqimi yana bitta birligini sotishdan kelib chiqqan o‘sishi 
sifatida belgilanadi. Chegaraviy xarajatlar hisoblanganligiga o‘xshab 
hisoblab chiqiladi. 
 
Tizim ishining samaradorligini baholash daromadlar va xarajatlarni 
taqqoslash yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. Bunda manba yondashish 
qo‘llaniladi. 
Birinchi holda samaradorlik o‘rtacha holda vaqtning ba’zi bir oralig‘i 
uchun yalpi daromadlar va xarajatlarni taqqoslash yo‘li bilan belgilanadi, bu 
ommaviy xizmat ko‘rsatish nazariyasida qabul qilingan o‘rtachalarning dinamikasi 
usuliga mos keladi. 


142 
Ikkinchi holda samardorlik bozor va ishlab chiqarish o‘tkazish tizimining 
ushbu joriy holati uchun daromadlar va xarajatlar taqsimlash yo‘li bilan 
belgilanadi. 
Agar moddiy oqimlarning ushbu miqdorida logistik tizimni kiritish 
natijasida olingan qo‘shimcha yalpi daromadning miqdori bu tizimni yaratish va 
kiritishga xarajatlardan oshib ketsa, unda ishni davom ettirish kerak. Moddiy oqim 
hajmlarining ko‘rinishini o‘zgartirib turib va bunda erishilgan samaradorlikning 
miqdorini hisoblab, uning samaradorlik nuqtai nazaridan muvoffiq hajmini 
belgilash mumkin. Bunda firma umuman ishlashga qodir deb hisoblanadi. 
Agar moddiy oqimning ushbu xajmi uchun doimiy xarajatlar to‘liqligicha 
qoplanishi, o‘zgaruvchan harajatlarni esa qisman qoplanishi aniqlansa, unda firma 
bozorda qolishi mumkin, logistik faoliyatda esa daromadlarni xarajatlar ustidan 
oshib ketishiga erishish maqsadida daromadlarni ko‘payishi va xarajatlarning 
o‘zgaruvchan qismini kamaytirish uchun firma ishini qanday tartibda qayta tashkil 
qilish va yaxshilash kerak (masalan, moddiy oqimlarning yo‘qotishlari va 
hajmlarini o‘zgartirish) degan savolga javob berish zarur. 
Nihoyat, logistik tahlil firmaning daromadlari xarajatlarining doimiy qismidan 
pastligini ko‘rsatsa, bunda moddiy oqimlarning yo‘nalishlari va hajmlaridan qat’iy 
nazar, bunday firmaning aoliyati istiqbollariga ega bo‘lmaydi va u bozordan 
ketishi kerak. 
Ammo o‘rtacha daromadlar va xarajatlarni taqqoslash usuli o‘rtacha holda 
faqat vaqtincha kuzatilayotgan oralig‘i uchun to‘g‘ri xulosalarga olib keladi. 
Shuning uchun bu usul daromadlar va xarajatlarning chegaraviy miqdorlarini 
taqqoslash bilan to‘ldiriladi. 

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish