Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti q. A. Dadaboyev


Nazorat va mulohaza savollari



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/144
Sana22.07.2022
Hajmi1,27 Mb.
#838851
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   144
Bog'liq
TLr0Qy1ZQKzAVVypqzFi4kh3cxt12IraBfFCY2um

Nazorat va mulohaza savollari 
 
1.
Logistik xizmat ko‘rsatish deb nimaga aytiladi? 
2.
Logistik xizmat ko‘rsatish necha guruhga bo‘linadi? 
3.
Xizmat ko‘rsatishni asosiy ko‘rsatkichlari haqida nima bilasiz? 
4.
Qanday harajatlar logistik xizmat harajatlarga kiradi? 
5.
Logistik xizmat ko‘rsatishning sifat ko‘rsatkichlariga qanday ko‘rsatkichlar 
kiradi? 
 
 
 
 


165 
15-bob 
 
 LOGISTIKA TAMOYILLARI ASOSIDA TOVAR O‘TKAZISH 
SAVDO TIZIMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
 
 
15.1. Tovar harakatlarini tashkillashtirishning logistik yondoshuvi 
Logistika tamoyillari asosida savdoni takomillashtirishning maqsadi – bu 
yuqori samarali tovar o‘tkazish tizimlarini barpo etish, ya’ni kerakli tovarning 
mavjudligini, kerakli joyda kerakli vaqtda, zarur miqdorda, kam chiqimlar va qulay 
narxlar bilan ta’minlash imkoniyatlarini ta’minlaydigan tizimni yaratishdir. Bu 
tizimlar tashqi muhitning o‘zgarishiga ko‘nikish hosil qilishlari zarurdir. 
Ishlab chiqarish korxonasi, ulgurji savdo ombori, do‘konlar va ilarni 
bog‘lovchi transport bo‘g‘inlari birgalikdagi harakatlari bilan bu ishtirokchilar 
tovarlarni ishlab chiqarishdan boshlab ohirgi iste’molchiga ko‘taradilar. 
90 yillarning boshlarida vujudga kelgan o‘zgarishlar savdo sohasida 
tarqoqlik jarayonlarini vujudga keltirdi. Natijada hozirgi davrda mamlakatda 
tovarlar harakatini vujudga keltirishning undagi ishtirokchilar harakatlarini 
muvofiqlashtirish juda sust darajada bormoqda. 
Davlatning asosiy boshqaruvchi sifatidagi o‘rni hali yetarli emas. Bu zanjir 
bo‘yicha zaxiralarni taqsimlash tasodifiy xususiyatga ega va qulay maqsadlarga 
ega emas. Ulgurji omborlarda, transportga va do‘konlarda azaldan jarayonlar 
qo‘llanilgan 
bo‘lib, 
yuklar 
va 
axborotlarni 
ishlash 
bo‘yicha o‘zaro 
muvofiqlashmagan. Ishtirokchilar tomonidan qo‘llanilib kelinayotgan uskunalar 
asosiy xizmat ko‘rsatish ko‘rsatkichlari bo‘yicha bog‘lanmagan. 
Transportda tashish ishlari ayrim tashkiliy sabablarga ko‘ra juda yuqoridir. 
Do‘konlarda hamma vaqt ham transportlarning o‘z vaqtida yuk tushirish joylariga 
yaqin kelishlari tezda tushirish va tovarlarni qabul qilish imkoniyatlari bavjud 
emas. Ulgurji va chakana savdo jarayonlari, hamda transport ishlari 
rejalashtirishning yagona tizimi bilan muvofiqlashmagan. Logistikaning asosiy 
vazifasi bunday holatlarda birinchi navbatda texnika-texnologiya, iqtisodiy va 
uslubiy jihatdan ishtirokchilar tomonidan tovar harakatlarini muvofiqlashtirishdan 
iboratdir. 
Logistika usullarini qo‘llashdagi asosiy shart-sharoitlardan bo‘lib, tovar 
harakatini tashkillashtirishda tovar harakatidagi ishtirokchilarning tashkiliy-
iqtisodiy birligi hisoblanadi. Ishlab chiqarish, ulgurji va chakana savdo, hamda 
transport o‘zlarining harakatlarini birgalikda rejalashtirib muvofiqlashtiradilar.
Tarixan vujudga kelgan texnologiya jarayonlariga aniqliklar kiritiladi, hamda 
bevosita uzluksiz ravishda moddiy vositalar oqimini qulay tashkillashtirish asosida 
ishlab chiqiladi. Ishtirokchilar tomonidan qo‘llaniladigan texnologiyalarning 
ko‘rsatkichlari yuzasidan kelishi olinadi, transport qilishning tartibi kelishiladi, 


166 
zaxiralar qayta taqsimlanadi, qo‘chimcha olinadigan daromadni taqsimlash tartibi 
aniqlanadi.
Boshqacha 
qilib 
aytganda 
moddiy 
oqimni 
bevosita 
uzluksiz 
boshqarishning yagona vazifasi ajtariladi va ular bilan bog‘liq axborotlar hamda 
moliyaviy oqimlar bog‘lanadi. 
Natijada tovar o‘tkazuvchi zanjirning ayrim bog‘inlari raqobatbardosh 
tizimiga birlashadi, hamda bevosita uzluksiz moddiy vositalar oqimini samarali 
boshqarish ta’minlanadi.
Bugungi kunda mamlakatimiz tadbirkorlari yetarli ravishda aniq tovar 
harakatidagi ishtirokchilarning birlashuvi zarurligini chuqur his etmoqdalar. 
Bunday yo‘nalishdagi harakatlarning misollariga ayrim mamlakatlarda barpo 
etilayotgan vertikal taqsimot savdo markazlarini TSM kiritish mumkin bo‘lib, ular 
tovarlar haqidagi axborotlarni va mintaqalardagi talablarni to‘playdilar. 
Kontragentlarni ma’lumotlar bilan ta’minlash, TSM supermarketlarga ko‘p 
ro‘yxatli tovarlarni yetkazib beruvchilarni izlab topish zaruratlaridan xalos etadi. 
Tovar yetkazib beruvchilar esa o‘zlarining sotish yuzasidan muammolarini hal 
etadilar.
Bunday holatda talabnomalar berish soddalashadi, hujjat aylanishlari keskin 
kamayadi, zaxiralarning aylanishi tezlashadi. TSM ning rivojlanishi natijasida 
firmali transport xizmati barpo etiladi.
Axborot, savdo, transport va ishlab chiqarish jarayonlarining birlashish 
bo‘yicha muqimligiga qaramasdan ligistikani tovar harakatlarini boshqarishning 
avtomatlashtirilishi bilan taqqoslab bo‘lmaydi. Axborot tizimlari logistik tizimning 
bir qismi bo‘lib, axborot bilan birgalikda, texnika, texnologiya, rejalashtirish va 
tovar harakatidagi ishtirokchilarning iqtisodiyotini ham bog‘laydi.
Tovar bo‘yicha uzluksiz bevosita ishlar texnologiyasi, axborot, bir-biriga 
bog‘langan texnologiya, muvofiqlashtirilgan rejalashtirish, bularning hammasi 
tovarni iste’molchiga kam harajatlar bilan, ularni aylanish va zararlarga yo‘l 
qo‘ymasdan, o‘z vaqtida yetkazib berishni ta’minlaydi.
Masalan, hisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki, agar tovar bilan ta’minlashda 
an’anaviy yashiklar o‘rniga idish uskunalari qo‘llanilsa, u holda ulgurgi-chakana 
savdo bo‘g‘inlarida 1 tonna o‘rab-bog‘langan tovarning mehnat harajatlari 6 
tonna jarayonidan 1,75 ga tushadi.
Shuningdek transportning bekor turib qolishi keskin kamayadi. Biroq shuni 
aytish kerakki, aytilgan texnologiyani turg‘un ravishda qo‘llash uchun, logistik 
ravishda tashkillashtirilgan tovar harakati lozim bo‘ladi. Virtual tovar savdo 
markazlarining kuchu bilan esa, bu narsani hal etib bo‘lmaydi. 
Tayyor mahsulotlarni tayyorlovchilardan ohirgi iste’molchiga qadar 
yetkazishni 
birlashtirish 
jarayonlarining 
texnika-texnologik 
tomonlarining 
masalalari mamlakatimiz tadbirkorlarining nazaridan hozircha uzoqroqda 
qolmoqda. 

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish