Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti q. A. Dadaboyev



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/144
Sana22.07.2022
Hajmi1,27 Mb.
#838851
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   144
Bog'liq
TLr0Qy1ZQKzAVVypqzFi4kh3cxt12IraBfFCY2um

 


167 
 
15.2. Logistika va savdodagi birlashish harakatlari 
Logistika tovar harakatidagi ishtirokchilar o‘rtasidagi turg‘un xo‘jalik 
aloqalarining mavjudligini nazarda tutadi. 
Biznes bo‘yicha doimiy ravishdagi sheriklar o‘rtasidagina zarur bo‘lgan 
harajatlarni hisobga olish tizimining ravshanligi yuzasidan yuklarni va axborotlarni 
qayta ishlash texnologiyalarining birgalikda ishlab chiqish va kelishilgan holda 
qo‘llash imkoniyatlari paydo bo‘ladi. 
90 yillarning ohirlarida vujudga kelgan markazdan qochish kayfiyatlari 
mulkni davlat tasarrufidan chiqarish istiqbolidan kelib chiqilgani holda, endilikda 
turli xildagi savdo tarkiblarining umumiy tashkiliy shakllaridagi xo‘jalik 
faoliyatlarini ongli ravishda birlashishga intilish kuchayib bormoqda. Savdoga 
nisbatan soha bo‘yicha birlashtirishning tashqi va ichki omillarini ajratiladi.
Savdo uchun tashqi omillar, soha bo‘yicha birlashtirish jarayonlarining 
rivojlanishini rag‘batlantiruvchi narsalar quyidagilardir: 
bozorning noaniqligi;
turli sabablarga ko‘ra tushib borayotgan talablar; 
tovarlarni sotish muammolarining keskinlashuvi; 
savdo faoliyatidagi infratuzilmalarning rivojlanmaganligi sababli vujudga 
kelgan tovar harakati yo‘lidagi ko‘p sonli murakkab harakatlardir. 
Savdodagi birlashtirishning ichki omillaridan ya’ni asosiy ichki sohalar 
maqomi bo‘lib raqobatning kuchayishi, uning rivojlanmagn shakllarida bo‘lsa 
ham hisoblanadi.
Jahon savdo amaliyotini nazarda tutish kerakki, savdodagi birlashtirish 
jarayonlari birlashishning shunday turlaridan bo‘lgan holatlarda vujudga keladi: 
zanjirli savdo tashkilotlari; 
savdo tarkibidagi kooperativ – shirkat birlashmalari; 
ixtiyoriy ravishda tarkib topgan ulgurji-chakana bo‘g‘imlar. 
Shuni ta’kidlash zarurki, logistik imkoniyatlardagi yuksak birlashtirish 
(tarmoqli) tarkiblarning qulayligini aytish lozim. 
Masalan, yirik amerikalik va yevropalik chakana va ulgurji savdo axborot 
tizimidagi birlashishlik xizmat ko‘rsatilayotgan do‘konlardagi peshtaxtalarda tovar 
miqdorining kamayganligini avtovatika yordamida tovar yetkazib beruvchini 
xabardor qiladi. Shveytsatiya savdo tizimi Migrozning misoli diqqatga sazovordir, 
u milliy iste’mol bozorining 46 %ini o‘z ichiga olgandir. 
Bu yerda do‘konlarning talabnomalari avtomatik ravishda markaziy ulgurji 
omborlarga yoki tez ayniydigan mahsulotlar bo‘yicha esa ishlab chiqaradigan 
zavodga beriladi. Tizim bo‘yicha savdo jarayonlarini avtomatlashritish shunchalik 
darajada yuqoriki ko‘pchilik do‘konlarda tovar yetkazib berish va uning sifatini 
nazorat qilish yuzasidan menejerlar bo‘lmaydi.


168 
Xizmat ko‘rsatish hududida tarmoq tarkiblari bir necha taqsimot 
markazlarini barpo etishlari mumkin va yuk tashishni amalga ochirish va yuklarni 
kuzatib borish yuzasida tashqaridagi ixtisoslashgan logistik kompaniya bilan 
shartnomalar tuzish mumkin. 
Savdodagi birlashish, hamda uning obyektiv qonuniy rivojlanishlari so‘zsiz 
mamlakatimizda ham o‘zning namoyon etadi. Tashkiliy iqtisodiy nuqtai nazardan 
savdo 
korxonalarining 
birlashishlaridagi 
turli 
shakllarining 
rivojlanishi 
quyidagilarga imkoniyat yaratadi: 
markazlashtirilgan boshqarish xizmatlarini joriy qilish, ta’minot, transport 
va hisobot faoliyatlarini markazlashtirish hisobiga ustama harajatlarini 
kamaytirish; 
qulay to‘lash va tovar yetkazib berish sharoitlari asosida yirik tovar 
to‘plamlarini sotib olishni amalga oshirish, ular natijasida narx darajasi va 
haridorlarning manfaatlariga ta’sir ko‘rsatish; 
tarmoqni boshqarishni amalga ochirish uchun zamonaviy axborot 
texnologiyasidan foydalanish hamda sotiladigan mahsulotlar ro‘yxati 
bo‘yicha axborotlar to‘plamini barpo etish; 
tovar yetkazib berishda mamlakat ishlab chiqaruvchilarini har tomonlama 
qo‘llab quvvatlash; 
savdo tashkilotlarini qo‘shimcha xizmatlarini kichik nonvoyxonalarini 
tashkil etish, go‘shtlarni yarim mahsulot sifatida qayta ishlash sexlarini va 
boshqalarni tashkil etish. 
G‘arbning ayrim mamlakatlaridagi savdosida logistik tizimning 
rivojlanishida tarmoqlarning mavjudligini natijasida shart-sharoitlar vujudga kelgan 
bo‘lib ularning hissasiga savdo aylanishining 90 % miqdori to‘g‘ri keladi. 

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish