3/2022
Молия ва бюджет
uo‘T 63(336.11)
b.n.ishniyaZoV
QishLoQ Xo‘JaLigi TarMog‘ini MoLiyaLashTirish
isTiQboLLari
Ushbu maqolada, qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini mamlakat iqtisodiyoti uchun muhim
ekanligi hamda tarmog‘ni yanada rivojlantirishda moliyalashtirish masalalarining
amaldagi holati takomillashtirish masalalari atroflicha o‘rganilgan.
В данной статье подробно рассматривается значение аграрного сектора для
экономики страны и современное состояние вопросов финансирования дальнейшего
развития отрасли.
This article examines in detail the importance of the agricultural sector for the
country’s economy, as well as the current state of financing in the further development
of the sector.
Tayanch so‘zlar:
qishloq xo‘jaligi, moliyalashtirish, innovatsion tizim,
modernizatsiya, innovatsion rivojlanish, texnologiya, modernizatsiyalash, fermerlar,
fermer xo‘jaliklari, mulk egalari, moliyalashtirish shakllari.
Ключевые слова:
сельское хозяйство, финансирование, инновационная
система, модернизация, инновационное развитие, технология, модернизация,
фермеры, фермерские хозяйства, собственники, формы финансирования.
Keywords:
agriculture, financing, innovation system, modernization, innovative
development, technology, modernization, farmers, farms, property owners, forms of
financing.
_____________________________________________________________________
Kirish
Jahon amaliyotida keyingi yillarda davlat tomonidan qishloq xo‘jaligini rivojlantirish
muammolari tarkibida ularning moliyaviy ta’minotini barqarorlashtirishga alohida
e’tibor qaratilmoqda. Bu borada albatta, rivojlangan mamlakatlarda tarmoq xo‘jaliklarini
moliyaviy barqarorligini ta’minlashda imtiyozli kreditlar berish va davlat tomonidan
moliyaviy qo‘llab-quvvatlash shakllari, tarmoq xo‘jaliklariga berilgan imtiyozli kreditlar
foiz stavkasi bilan tijorat kreditlari foiz stavkasi o‘rtasidagi farqni davlat budjeti
mablag‘lari hisobidan bonifikatsiyalash, kafillik amaliyoti hamda subsidiyalash kabi
moliyalashtirish shakllaridan samarali foydlanib kelinmoqda. Biroq, mamlakatimizda
iqtisodiy islohotlarning har bir bosqichi sharoiti va talablariga, mos ravishda, davlat
tomonidan xo‘jaliklarni moliyaviy resurslar bilan barqaror ta’minlash mexanizmlari
va shakllari, shuningdek, ularning xo‘jaliklar faoliyatiga ta’siri, davlat budjetidan
subsidiyalar ajratish va kafillik berish tartib-qoidalari, shartlari va mexanizmini
23
Do'stlaringiz bilan baham: |