N. B. Dilmurodov


Urug‘donni ko‘taruvchi tashqi muskul



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/230
Sana22.07.2022
Hajmi6,96 Mb.
#837042
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   230
Bog'liq
hayvonlar anatomiyasi

Urug‘donni ko‘taruvchi tashqi muskul 
– 
m. cremaster externus
qorinning 
ichki qiyshiq muskulidan hosil bo‘ladi. U umumiy qin pardasining lateral yuzasida 
joylashadi va u bilan mahkam birlashadi; yorg‘oqdan ko‘taruvchi muskulning 
fassiyasi ajraladi. 
Umumiy qin parda – 
tunica vaginalis communis
bir-biri bilan mustahkam 
birlashgan tashqi fibroz va ichki zardob varaqchalardan tashkil topgan. Urug‘don 
qorin pardasining visseral (ichkariga qaragan) varag‘i – maxsus qin parda – 
tunica 
vaginalis propria
bilan qoplangan. Umumiy va maxsus qin pardalar o‘rtasida qin 
bo‘shlig‘i 
– cavum vaginale
bo‘lib, unda kam miqdorda zardob suyuqligi bo‘ladi. 
Qin bo‘shlig‘i qin kanali orqali peritoneal bo‘shliq bilan tutashadi. 
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari.
Ayg‘irda – yorg‘oq qov 
suyagining chetida joylashadi; qorin devorida u biroz siqilgan; yorg‘oq terisida 
kalta, nozik junlar mavjud; yorg‘oqning yog‘ va ter bezlari yaxshi rivojlangan; teri 
rangi ko‘pincha qora, ayrim hollarda pushti bo‘ladi; muskul-elastik pardasi ko‘plab 
silliq muskul tolalarini saqlaydi; yorg‘oq to‘sqichi yuqorigi tomondan jinsiy a’zo 
fassiyasini egallab oladi va u bilan zich birlashadi; muskul-elastik pardaning ostida 
urug‘donni ko‘taruvchi tashqi muskul joylashadi. 
Cho‘chqada – yorg‘oq orqa chiqaruv teshigining yaqinida joylashadi; unda 
urug‘donlar qiyshiq holatda joylashadi; yorg‘oq terisi siyrak jun bilan qoplangan. 
Itda – yorg‘oq orqa chiqaruv teshigiga yaqin joylashgan; yorg‘oq terisi 
deyarli junsiz bo‘ladi. 
Urug‘don
– testes
juft jinsiy bez bo‘lib, unda sperma va jinsiy gormonlar 
ishlab chiqiladi. Buqalarda urug‘donlar nisbatan yirik, uzunchoq vertikal 
ellipssimon shaklga ega. Har bir urug‘donda bosh va dum uchi, urug‘don ortig‘i 
tomon va erkin cheti, lateral va medial yuzalari farqlanadi. Bosh uchi – 
extremitas 
capitata
buqalarda yuqoriga qaragan; dum uchi – 
extremitas caudata 
pastki 
tomonga qaragan. Urug‘don ortig‘i tomon cheti – 
margo epididymis
orqa tomonga 
qaragan; erkin cheti – 
margo liber
oldingi tomonga qaragan bo‘ladi. Urug‘donning 
lateral yuzasi qavariq, medial yuzasi esa tekis bo‘ladi.
Urug‘donning tashqi yuzasi fibrozli oq parda – 
tunica albugenea testis
dan 
tuzilgan bo‘lib, u urug‘don ortig‘ining boshi qismi tomonidan o‘sib urug‘donni 
ichiga kiradi va 2 – 8 mm qalinlikdagi urug‘don ichi tasmalari – 
mediastinum 
testis
ni hosil qiladi. Urug‘don tasmalaridan oq pardaga urug‘don to‘sqichlari – 
septulae testis
o‘tadi; to‘sqichlar urug‘donni ko‘plab kameralarga ajratib, ularda 
urug‘don parenximasini hosil qiluvchi egri-bugri kanalchalar 
– tubuli seminiferi
contorti
joylashgan. Kanalchalarning uzunligi 75 sm, diametri esa 0,1 – 0,2 mm 
gacha bo‘ladi. Egri-bugri kanalchalar to‘g‘ri kanalchalar – 
tubuli seminiferi recti
ga o‘tadi; to‘g‘ri kanalchalar urug‘don ichi tasmasida joylashadi va urug‘don to‘ri 
– 
rete testis
ni hosil qiladi. Urug‘don ichi tasmasi urug‘don to‘ri bilan birgalikda 


Gaymor tanasi – 
corpus Highmori
deb ataladi. Urug‘don parenximasi buqalarda 
sarg‘ish rangda bo‘ladi. To‘sqichlari unchalik rivojlanmagan. Urug‘don tashqi 
tomondan maxsus qin parda – 
tunica vaginalis propria
bilan qoplangan. Bu parda 
urug‘dondan tashqari, uning ortig‘ini ham qoplab turadi, keyin esa urug‘don 
tutqichi – 
mesorchium 
ga o‘tib, u yordamida urug‘don urug‘don xaltasining 
umumiy qin pardasiga birikib turadi.
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari.
Ayg‘irda – urug‘donlar 
ellipssimon, yon tomondan biroz siqilgan shaklga ega. Urug‘donning bosh qismi 
oldingi tomonga, dum qismi esa orqa tomonga qaragan. Uning urug‘don ortig‘i 
cheti yuqoriga, erkin cheti esa pastga yo‘nalgan. Urug‘don ichi tasmasi uning bosh 
qismi yonida joylashib, unchalik yaqqol ko‘rinmaydi. To‘sqich, egri-bugri va 
to‘g‘ri kanalchalar, urug‘don to‘ri va gaymor tanasi yaxshi rivojlangan.
Cho‘chqada – urug‘donlar juda yirik, ellipssimon shaklda; uning bo‘ylama 
o‘qi tepaga va orqaga qiyshik, erkin cheti esa orqa pastga yo‘nalgan; urug‘don 
konsistensiyasi nisbatan yumshoq; oq pardasi ko‘plab elastik tolalardan iborat va 
muskul tolalari bo‘lmaydi; urug‘don ichi tasmasi lentasimon shaklda urug‘donning 
o‘q qismida joylashadi; bo‘lakchalararo to‘sqichlarning bir qismi urug‘don ichi 
tasmasidan, bir qismi esa oq pardaning chuqur varag‘idan chiqadi; urug‘don 
parenximasi kulrang rangga ega. 
Itda – urug‘donlar nisbatan kichik va yumaloq-ellipssimon shaklga ega. 
Ularning uzun o‘qi yuqori orqaga boradi. Urug‘don ichi tasmasi yaxshi 
rivojlangan. 

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish