karankulalar, 7-bachadon tanasi, 8-bachadon bo‘yni, 9-bachadonni tashqi
teshigi , 10-qin, 11- qin gumbazi, 12- qin dahlizi burmasi, 13-siydik yo‘li
teshigi , 14- siydik jinsiy g‘ovagi, 15-klitor chuqurchasi, 16-dahliz burmasi
yo‘li, 17-jinsiy lablar, 18- dahlizning kata bezlari, 19-siydik pufagi.
NAZORAT UCHUN TOPSHIRIQ VA SAVOLLAR
- bachadon qanday tiplarga bo‘linadi?.
- qishloq xo‘jalik hayvonlari bachadonining tuzilishini ayting.
- hayvonlar bachadonining tuzilishidagi tafovutlarni ayting.
- qin va qin dahlizini tuzilishini ayting.
- klitor va tashqi uyat lablarning tuzilishini ayting.
- har bir organning rasmini chizib, lotincha lo‘g‘at tuzing.
Urug‘don xaltasi, urug‘don va urug‘don ortig‘ini tuzilishi
Darsning maqsadi:
urug‘don xaltasi, yorg‘oq, urug‘don, urug‘don
ortig‘ining tuzilishi, har xil hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlarni o‘rganish.
Ko‘rgazmali materiallar:
rasm, mulyaj, ho‘l va quruq preparatlar.
Erkak hayvonlarning ko‘payish organlariga urug‘don xaltasi, urug‘don,
urug‘don ortig‘i, urug‘ tizimchasi, urug‘ yo‘li,
siydik-jinsiy kanali, qo‘shimcha
jinsiy bezlar, jinsiy a’zo va preputsiylar kiradi.
Urug‘don xaltasi
–
saccus testicularis
yorg‘oq, urug‘donni
tashqi
ko‘taruvchisi va qin pardasidan tashkil topgan. Yorg‘oq –
scrotum
– buqalarda qov
suyagini kranial chetining old tomonida joylashadi va pastga tushadi. Urug‘dondan
biroz yuqorida yorg‘oqning bo‘yni –
collum scroti
ajraladi. Yorg‘oq bir-biri bilan
yaqin qo‘shilib ketgan teri va muskul-elastik pardadan tuzilgan. Yorg‘oqning terisi
–
cutis scroti
pushti rangda, ayrim hollarda pigmentlashgan bo‘lib, buqalarda kalta,
kam jun va so‘rg‘ichlar qoldig‘i uchraydi. Yorg‘oq terisida yog‘ va ter bezlari
yaxshi rivojlangan. Muskul-elastik parda –
tunica dartus
to‘g‘ridan-to‘g‘ri
qorinning sariq fassiyasini davomi hisoblanadi. Mazkur parda hisobidan yorg‘oq
to‘sqichi –
septum scroti
hosil bo‘lib, u yorg‘oq bo‘shlig‘i –
cavum scroti
ni o‘ng
va chap bo‘shliqlarga ajratadi; har bir bo‘shliqda urug‘don va uning ortig‘i, urug‘
yo‘li bilan birgalikda joylashadi. Yorg‘oq o‘zining bo‘shliqlarida
joylashgan
urug‘don va uning ortig‘i bilan yaqindan bog‘langan bo‘ladi. Ushbu bog‘liqlik
yo‘naltiruvchi pay (Gunter) –
gubernaculum testis (Hunteri)
orqali ta’minlanadi.
Bu payning bir qismi urug‘donning maxsus payi –
ligamentum testis proprium
ni
shakllantiradi, boshqa qismi esa yoshi katta hayvonlarda chov payi –
ligamentum
inguinale
ga aylanadi.