Gulxaniy ijodi bolalar kiyobxonligida. O`zbek bolalar
adabiyotining vujudga kelishi
Reja:
1.
Gulxaniyning “Zarbulmasal” asari tarkibiga kirgan masallarda ilgari surilgan
g‘oyalar.
2.
Uvaysiy chistonlarida ma’rifatparvarlik g`oyalari.
3.
Sh.Munis va A.Otin ijodida abidsedariylar o`rni.
MAVZUGA
DOIR
TAYANCHTUSHUNCHALAR:
mumtoz,
kitobxonlik,
navoiyxonlik, didaktik, axloqiy, maqolat, tanbih, o‘git, imon, islom, salotin, axloqiy-ta’limiy,
xulq-odob, mehnatsevarlik, saxovatpeshalik, mehribonlik, adolatpeshaliki, karam, saxiylik,
baxillik, navogo‘, doya, dostonsaro,odil podsholar, beklar, nomunosib noyiblar
(o‘rinbosarlar), diyonatsiz sadrlar (mansabdorlar), maqtanchoqlar, yasovullar, lashkarlar,
shayxul-islom, qozilar, qonunshunos muftilar, mudarrislar, tabiblar, mutasavvuflar (bularni
nazm gulistonining xushovoz qushlari deb ataydi muallif), kotiblar, maktab ahli, mutrib va
mug‘anniylar, ashulachilar, qissago‘ylar, va’zxonlar, munajjimlar, savdogarlar, kosiblar,
xalq amaliy san’ati ustalari, mirshablar, zindoniylar, qorovullar, dehqonlar, bezorilar,
g‘arib va bechoralar, gadoylar, qushchilar va ovchilar, uylanish va xotinlar, riyokor
shayxlar, xarobot ahli-rindlar haqida batafsil ma’lumotlar berarkan, feodal jamiyat,
abitsedariy, mufradot, murakkabot, muqattaot, chiston, lug‘z, hijo, abjad, bayt, alifbe-
manzuma…
Muhammad Sharif Gulxaniy XIX asrning birinchi yarmi Qo‘qon adabiy muhitida
masal–tamsil janrida xalqchil asar yaratishga muvaffaq bo‘lgan shoirdir. Uning hayoti va
ijodiga oid tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, Gulxaniy tabiatan yumor va hajvga usta, xalq
urf-odatlari va til boyliklarini, maqol, matal, naql va rivoyatlarni chuqur biladigan
ijodkordir. U fors-tojikcha g‘azallarida Jur’at taxallusini qo‘llagan bo‘lsa, o‘zbek
kitobxonlariga Gulxaniy taxallusi bilan mashhur. Gulxaniy – olovqalb, majnunsifat
ma’nolarini bildiradi. Gulxaniyning eng muhim ijodiy fazilati shundaki, u XIX asr folkloristi
sifatida o‘zbek xalqining donishmandligini ifoda etgan masallar, maqollarni to‘plab,
o‘zining mashhur “Zarbulmasal” asarini yaratgan. Shoir uni yaratishda xalq og‘zaki ijodi
bilan birga, buyuk hind masali “Kalila va Dimna”dan, Firdavsiy, Jomiy, Hofiz Sheroziy,
Shayx Sa’diy, Alisher Navoiy kabi mutafakkirlar asarlari an’analaridan keng foydalangan.
Chindan ham jahon adabiyoti xazinasining noyob durdonasi sanalmish “Kalila va Dimna”
qadimgi hind folklori zaminida vujudga kelgan. Uni hind podshohi Dobshalim uchun
faylasuf
Beydabo
yozganligi naql qilinadi. Jumladan, kitob muqaddimasigi ayrim fikrlar
e’tirofga loyiq: “Har bir xalqning olim va faylasuflari qanday vositalar bilan bo‘lmasin, o‘z
orzu va istaklarini amalga oshirmoq, mavjud tartibni intizomga solmoq uchun hamisha fikr
yuritganlar, har xil tadbirlar ila ish ko‘rmoqchi bo‘lganlar, bu haqda har xil asarlar
yozmoqqa intilganlar. Shulardan biri qushlarning va yovvoyi, yirtqich hayvonlarning tilidan
yozilgan, g‘oyat chuqur ma’noli, nafis ramz va muammolarga to‘la ushbu kitobdir...Olimlar
bu yo‘lni tanlab zo‘r imtiyozga ega bo‘lganlar: avvalo, bu bilan ular xohlagan so‘zlarini
aytib, har bir bobni orzu qilganlari darajada bezash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Buning
170
ustiga, ular shu yo‘l bilan nasihat, hikmat, latifa va hazil-mutoyiba javohirlarini bir-biriga
qo‘shganlar, toki dono odamlar bu kitobni mutolaa qilib, foydalansinlar, nodon odamlar esa,
uni afsona deb o‘qisinlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |