O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti



Download 4,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet218/358
Sana22.07.2022
Hajmi4,91 Mb.
#835505
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   358
Bog'liq
ona tili va adabiyoti

Yosh shogirdlar esa, savodli bo‘lmoq, ilm orttirmoq, naql aytmoq maqsadida bu 
kitobda yozilganlarni osonlik bilan yodlarida saqlab qolgusidirlar. Katta bo‘lib, aql va 
tajriba egasi bo‘lganlarida, yodlab olgan va esda saqlab qolgan naqllar ustida fikr yuritib, 
ularni tushunganlarida dillari naqadar foydali hikmatlar bilan to‘lganligini ko‘radilar va 
o‘zlari kutmagan ulkan boylikka, bitmas-tuganmas xazinaga ega bo‘lganlarini biladilar. 
Yoshlarning xursandligi katta bo‘lganda otasidan meros bo‘lib qolgan xazinani topgan va 
shu tufayli umrining oxiriga qadar qiyinchilik ko‘rmasdan yashay olishini bilgan odamning 
sevinchiga o‘xshaydi.”
3
Ta’kidlangan jumlalarni Gulxaniyning “Zarbulmasal” asari haqida ham aytish 
mumkin. Bu esa asarning yosh kitobxonlar uchun g‘oyat muhimligini asoslaydi. Gulxaniy 
ham Yapaloqqush va Ko‘rqush suhbatida ayrim hikoyatlar bayonini “Kalila va 
Dimna”nadan topmoq joizligini ta’kidlaydi.
4
“Zarbulmasal” Umarxonning amri, istagi bilan 
yozilganligi, u xalq orasida keng tarqalgan zarbulmasallarni – xalq maqollarini yig‘ib, kitob 
holiga keltirish lozimligini aytgani hamda Gulxaniy shu nozik xizmatga loyiq, deb topilgani 
nazarda tutilsa, mazkur asarlarning maqsad-mohiyati juda yaqinligi oydinlashadi. 
“Zarbulmasal” so‘zi “zarb” va “masal” so‘zlarining qo‘shilmasidan iborat bo‘lib, 
adabiy atama sifatida masal, maqol, matal keltirib so‘zlamoqlikni anglatadi. Zero, undagi 
pandnamo hikoyatlar, xususan, majoziylik, qushlar, hayvonlar tilidan so‘zlash, “Tuya bilan 
bo‘taloq”, “Maymun bilan najjor”, “Toshbaqa va chayon”, “Bozanda va Navozanda” kabi 
bir qancha masallar hamda xalq maqollarining keltirilishi bilan ham yuqorida zikr qilingan 
asardan ijodiy ilhomlanib yozilganligini tasdiqlaydi. Ammo, aytish joizki, “Kalila va 
Dimna” turli mavzudagi hikoyatlar zamirida qurilgan pand-u hikmatlardan iborat, voqealar 
bayoni, hikmat va maqollar ifodasi ham mumtoz adabiyotga xos yashirin, majozlar tilida 
so‘zlashdan iborat. Undagi masallar garchi turli parranrdalar, qushlar va yirtqich hayvonlar 
o‘rtasidagi munozaralar, munosabatlar orqali hikoya qilinsa-da, yuksak andisha, falsafiy va 
purhikmat o‘gitlar ustuvorlik qiladi. Gulxaniy esa feodal jamiyatining kishisi sifatida o‘tkir 
satiraga keng o‘rin bergan. Binobarin, “Zarbulmasal” majoz asosiga qurilgan qissa bo‘lib, 
unda turmush voqea-hodisalari, turli ijtimoiy toifaga mansub kishilarning fe’l-atvorlari, bir-
biriga munosabatlari qushlar, hayvonlar tilida bayon qilinadi. Muhimi, asarda xalq maqollari 
va naqllari (400 dan ortiq) keng o‘ringa ega. Undagi asosiy voqea-hodisalar qushlar–
hayvonlar timsollari orqali ifodalanganligi, bosh qoliplovchi hikoya boyo‘g‘li va 
Yapaloqqush hikoyasi bilan bog‘lanib ketuvchi katta-kichik masal-hikoyalar ham 
keltirilganligi uchun adib uni “Zarbulmasal” deb nomlagan. Qushlar obrazlari asarning 
asosiy mazmunini belgilaydi, hayvon-hasharot va kishi obrazlari qushlarning o‘zaro 
suhbatlarida, ular tomonidan keltirilgan naql-u rivoyatlarda namoyon bo‘ladi. 
Asar sujetidagi voqealar xalq ertaklariga monand yozilgan: Yapaloqqush o‘g‘li 
Kulonkir sultonni uylantirish maqsadida o‘z yaqini Ko‘rqushni Boyqush huzuriga 
sovchilikka yuboradi. Boyo‘g‘lining nihoyatda go‘zal, quyosh yanglig‘ Gunashbonu ismli 
qizi bor edi. Yapaloqqushning har qancha qalin bo‘lsa topilur deya o‘z tarafidan sovchilikka 
borishga unaganida, Ko‘rqush quyidagi maqollar orqali unga gap uqtirmoqchi bo‘ladi: “Bor 
maqtansa topilur, yo‘q maqtansa chopilur”, “Yolg‘on masal turmas”, “Uyat o‘limdan 
qattiq”,”Ermon yog‘ochining egilgani–singani, er yigitning uyalgani – o‘lgani”, “Oyoq 
yugurigi oshqa, og‘iz yugurigi boshqa...” Sen kim, Boyo‘g‘lining eshigiga kishi yubormoq 
kim? Hech bilmasmusenki, “Teng tengi birla, tezak qopi birla”. Yapaloqqush: “Andin 
bizning nima kamligimiz bor?",–deganda esa Ko‘rqush: “Maqtangan qiz to‘yda uyalur”, 
“O‘zini maqtag‘on o‘lumning qarovuli”. Sening ahvoling olamg‘a ma’lumdir. “Oyni etak 
3
Kalila va Dimna. S.G`aniyeva tarj. Toshkent, “O`zbekiston”, 1992. –B.38.
4
Bu haqda qarang: Gulxaniy. Zarbulmasal. Toshkent, “Ma’naviyat”, 2009. –B.8 


171 
birla yashirsa bo‘lurmi?”, “Chumchuq semursa, botmon bo‘lurmi?”, “Olako‘zanak ola 
bo‘lsa ham, arslon bo‘lmas, olato‘g‘anoq olg‘ur bo‘lsa ham, ahvoli ma’lum” kabi. 
Ana shunday maqolli aytishuvlar, “sovchi”ning yo‘ldagi hamsuhbatlari orasidagi 
masallar hikoyasi, bir-ikki bordi-keldidan so‘ng ming xaroba– chaldevor(chordevor) qalin 
badaliga Boyo‘g‘li rozilik beradi. Yapaloqqush shonu shavkat bilan to‘y anjomlarini 
keltiradi, o‘sha davrdagi quda-andachilikka xos hamma rasm-rusumlar, milliy odatlar bajo 
keltirilib, to‘y marosimlari o‘tkaziladi. Bu marosimlarda ikki tomondan juda ko‘p qushlar–
Ko‘rqush, Hudhud, Turumtoy, Kordon, Bozanda, Navozanda, Anqo, Humo, Ukob, Lochin, 
Oqqush, Turna, G‘oz, O‘rdak, Suqsur, Kaklik, Bedana, Olato‘g‘anoq, Zarqaldoq kabilar 
qatnashadi va har biri o‘ziga yarasha xizmatni ado etadilar. Farg‘ona iqlimida xarobalar kam 
bo‘lganligi uchun Mavorounnahr iqlimidan (Buxoro amirligi) 1000 chordevor topishib, 
kelin Gunashbonu mahriga to‘laydilar. 
Ko‘rinadiki, Gulxaniy asarda aniq makon (Ho‘qand, Buxoro) va zamon (XIX asr), 
hayotiy voqelik (feodal jamiyatidagi notenglik)ni hamda xalq an’analarining yaxshi-yomon 
qirralarini majoz va kinoya, so‘z o‘yinlari, kesatiqlar orqali bayon etadi. Garchi unda o‘z 
yurti (Qo‘qon) va uning xoni (Umarxon)ga sodiqlik, u boshqarayotgan yurtning boshqa 
hududlardan ko‘ra obodroq ekanligiga ishora etilsa-da, Xolboqi misgar, Yodgor po‘stindo‘z, 
Muhammad Amin mufti, Otaboy amin, Sayid Azimxon, eshon kalla haqidagi hajviy-
rivoyaviy epizodlarni ochiq-oydin keltiradi. 
Muallif o‘z masallaridan majoziy obrazlar orqali hukmron sinf vakillarini fosh qiladi, 
mamlakatga xarobalik, xalqqa qashshoqlik keltirgan o‘zaro feodal urushlarga qarshi 
ommaning noroziligini ifodalaydi. Shuning uchun Yapaloqqush va Boyo‘g‘lining bir-biriga 
quda bo‘lishi voqeasini keltiradi. Bu ikki quda to‘y bahonasi bilan mamlakatni xonavayron 
qiladi. Yozuvchi Ko‘rqush, Hudhud, Kulonkirsulton, Sho‘ranul, Malik Shohim va 
Kordonlarning bir-birlariga aytgan masallari, hikoyalari orqali asarning g‘oyaviy mazmunini 
ravshanlashtiradi. 
Gulxaniy “Maymun bilan najjor” masalida hunar va hunar ahlini ulug‘laydi, 
qo‘lingdan kelmaydigan ishga aslo urinib kulgi bo‘lma, ko‘r-ko‘rona birovga taqlid qilib 
falokatga yo‘liqma, degan fikrni maymun qismati orqali ko‘rsatadi. Bu masal axloqiy 
tarbiyaviy mavzuda bo‘lib, ishning mohiyatini bilmay, pala-partish kirishuvchi va oxirida 
o‘zi sharmanda bo‘lib qoluvchi kishilarga o‘git-nasihat tarzida keltirilgan. 
Mehnatkash xalqning og‘ir hayoti va mehnati, huquqsizligi va nochorligi, ayanchli 
qismati esa “Tuya bilan bo‘taloq”da badiiy tasvirlangan. Gulxaniy bu masalda Sarbon, Tuya 
va Bo‘taloq orqali xususan, o‘zi yashayotgan jamiyatdagi tengsizlikni, uning og‘ir 
mashaqqatlarini bayon qiladi. Chunki, xalq uchun “tirikchilik toshdan qattiq”, Sarbon o‘z 
g‘amida, tuya og‘ir yuk ostida, Bo‘taloq esa ona sutidan mahrum. 
Gulxaniyning “Toshbaqa bilan chayon” masalida esa bir-biriga zid va qarama- qarshi 
ikki obraz berilgan: toshbaqa–aqlli, farosatli, safarlarda ko‘p yurib, ancha tajriba orttirgan, 
insofli, sodiq va qadrdon do‘st timsoli, chayon esa uning ziddi. U boshqalarga yomonlik 
qilishdan huzur qiladi, yaxshilikni bilmaydigan kimsalarning ramziy obrazidir. 
Gulxaniy qissadan hissa chiqarib, kishilarni hushyorlikka odamoxunlikka undab: 
“Aslning xatosi bo‘lmas, nojinsning oshnosi bo‘lmas”, “Bo‘ynida illati borning oyog‘i 
qaltiraydi”,–degan maqollarni keltiradi. 
“Zarbulmasal” majoz va masallar, xalqning jonli iboralari asosiga qurilgan asar. 
Undagi she’riy va nasriy matnlar turli badiiy san’atlar vositasida ta’sirchan ifoda etilgan. 
“Zarbulmasal” ham “so‘z matosi qadim o‘tmishda to‘qilgani, ranginkamon rishtalari 
butun yer yuzini, go‘zal so‘z gilamlari bilan burkab chiqqan” yodgorliklarga monandligi 
jihatidan, nafaqat kattalar, balki bolalar ham zo‘r qiziqish bilan o‘qib kelayotganligi uning 
bolalar kitobxonligidagi muhim o‘rnini belgilaydi. Umuman, asarda zarb, zarblash usulidan 
foydalanilgani uchun nomi “Zarbulmasal” hisoblangan. Unda 400 dan ortiq maqol va 
iboralar singdirilgan. Asar tarkibida quyidagi masallar bor: “Toshbaqa bilan chayon”, “Tuya 


172 
bilan bo‘taloq”, “Maymun bilan Najjor”, “Kabutar bilan zog‘”, “Yodgor po‘stindo‘z”, 
“Dumsiz eshak”, “Yolg‘onchi tuya”. Asardagi masallarning jami 15 dan ortiq. 
“Zarbulmasal” xalq orasida “Yapaloqqush hikoyasi” ham deyiladi.

Download 4,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish