Kirish, boshlama, tugun, epik
sarguzasht va tugallama
ertak kompozitsion qurilmasining asosini tashkil etadi.
157
Ertaklarning an`anaviy kirish bilan boshlanishi jahondagi barcha xalqlar
ertakchiligi uchun mushtarak xususiyat hisoblanadi. Goho shunchaki kirish, goho
an`anaviy zachin
deb yuritiluvchi bu hodisani rus folklorshunosi V.Dal "dokuchno`e
skazki" istilohi bilan atab, bolalar folklorining mustaqil janri tarzida tavsiflaydi. Chindan
ham so`zma-so`z tarjimada "ezma ertak" tarzida ifodalash mumkin bo`lgan bu hodisa
o`zbek bolalar folklorida ham ermaklar silsilasini tashkil etadi. Qolaversa, ular qat`iy bir
ertak bilan uzviy mantiqiy bog`liq holda yashamaydi, balki istalgan ertakni boshlashdan
avval aytilishiga ko`ra nisbatan mustaqil bo`lib, sayyor holda ijro etilaveriladi. Ularga xos
bu xususiyatni o`zbek ertakshunosi K.Imomov ham "kirish qismi ba`zan sodda, primitiv
syujet shaklini oladi",- deya qisman tan olsa-da, har qalay uni ertak kompozitsiyasining
ajralmas tarkibiy qismi sifatida qarashni afzal biladi.
Hayvonlar hakidagi ertaklar.
Ertaklar xalq og'zaki ijodining qadimiy va keng tarqalgan janridan biridir.
Qadimgi kishilarning tasavvurlari natijasida paydo bo'lgan afsonalarning zaminida
dastlabki ertaklar paydo bo'lgan. Dastlabki ertaklarda mifologik obrazlar ko'p uchragan
bo'lishlari kerak.
Bu tipga mansub ertaklarning yaratilishida ibtidoiy insonlarning qadimgi
totemistik qarashlari asos bo`lgan. Ularda hayvonlar yetakchi personajlar bo`lib, insonlar
qiyofasida tasavvur etilgan va badiiy jonlantirilgan. Shunga ko`ra ularning syujetida inson
obrazi keyingi o`rinda turadi, ko`p hollarda voqelikka inson aralashmaydi. Binobarin, ular
yaratilish maqsadi, mazmun-mohiyati jihatidan bir necha ichki turga ega:
1.Etiologik ertaklar. Bularda u yoki bu hayvon shakli, belgi xususiyatlari haqida
ma`lumot berish etakchi motivdir.
2.Sof hayvonlar haqidagi ertaklar. Bularda insonlarga naf keltiruvchi hayvonlar
madhi etakchi motivga aylangan.
3.Majoziy (allegorik) ertaklar. Bularda insonlarga xos qusur va kamchiliklarni
hayvonlar fe`li va xatti - harakati timsolida tanqid qilish, fosh etish yoki kulish etakchi
motiv darajasidadir.
Hayvonlar haqidagi ertaklar dramatik ijroga asoslangan; professional ijrochilar
tomonidan hayajonli qilib aytib beriladi. Aytish jarayonida ijrochi ertakdagi hayvon -
personajlarning turfa harakatlari va ovozlariga taqlid qiladi, ertak tarkibida she`riy-
parchalar bo`lsa, ularni kuyga solib ijro qiladi.
Maishiy - hayotiy ertaklarning mazmuni bevosita real hayotga bog`liqdir. Ularda real
ijtimoiy voqelik hayotiy uydirma asosida tasvirlanadi, hayotiy real kishilar bosh qahramon
bo`lib keladi. Maishiy-hayotiy ertaklar taxayyulotdan deyarli xoli bo`lib, ayrim
hollardagina fantastik detallar uchrashi mumkin.
Hajviy -maishiy ertaklar asosida o`tkir satira yoki zavqbaxsh kulgi (yumor) yotadi.
Bunday ertaklar hajman ixcham, mazmunan lo`nda bo`ladi.
"Ertaklar hech vaqt bekorchi, ermak narsalar emas,– deb yozgandi ulug` adib Muxtor
Avezov,– ular hamma vaqt zo`r ijtimoiy va tarixiy ahamiyatga egadirlar. Bahaybat
maxluqlar haqida hikoya qiluvchi ertak va afsonalar hamda bu boy janrning boshqa turli
ko`rinishlarida u yoki bu davrning ijtimoiy, hayotiy kurashlari, xalq manfaatlari badiiy
ifodasini topgandir". Ularda ajdodlarimizning yashash va kurash sabog`i ifodalanga.
Ertaklar xalqning necha-necha ming yilliklar davomidagi hayotiy tajribalarini
umumlashtirgan holda uning ijtimoiy ongida, estetik didida, axloqiy qarashlarida,
e`tiqodida kechgan o`sish-o`zgarishlarning badiiy tarixi sifatida ayricha ahamiyat kasb
etgan. Shu bois hozir ham miriqib tinglanadi, sevilib o`qiladi, eng muhimi, navqiron
avlodning ma`naviy-axloqiy kamol topishida beqiyos ta`sir ko`rsatib kelmoqda.
Sehrli-fantastik ertaklar ming yillar davomida insoniyatning turli yozuv kuchlariga qarshi
olib borgan kurashlari davomidagi xulosalari, ulardan kelib chiqadigan ehtiyojlarning o’ziga
158
xos yechishi sifatida maydonga kelgan. Inson doimo hayoliy orzu-istaklar bilan yashaydi.
Bunday hayoli orzu-istaklarni ro’yobini she’rli-fantastik ertaklarda ko’rish mumkin.
Bu ertaklarda uchadigan otlar, va gilamlar, so’ylaydigan jonzodlar, sehrgar kampirlar,
uchadigan devlar, suv ostida, osmonda, yer ostda yashaydigan odamlar va boshqalar ishtirok
etadilar.
“Ur to’qmoq”, “Zumrad va Qimmat”, “Yoriltosh” kabi ertaklar shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |