O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti


-mavzu: Ertaklar va ularning janriy tasnifi



Download 4,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet212/358
Sana22.07.2022
Hajmi4,91 Mb.
#835505
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   358
Bog'liq
ona tili va adabiyoti

 
3-mavzu: Ertaklar va ularning janriy tasnifi. 
Reja: 
1.
Ertak istilohi haqida tushuncha 
2.
Ertaklarni ijro etish tartibi 
3.
Ertaklarning janriy tabiati 
4.
Ertaklar tasnifi va turlari 
MAVZUGA OID TAYANCH TUSHUNChALAR: 
Folklor, og`zaki ijod qo`shiq,aytim-olqish, erkalama, alla, taqvim, maishiy, o`yin,
topishmoq,maqol, etnopedagogik, ertak,sehrli-fantastik, adabiy, milliy ruh, sayqal, xalq 
zakovati, genezis, poetika, tizim, folklorshunos, ovutish, erkalatish, rasm-rusum, olqish, 
ovutmachoq, qiziqmachoq, qaytarmachoq, etnografik, beshik, suyish, deklomatsiya, 
monoton
Ertak
umumfolklor hodisasi sifatida eng qadimiy epik janrlardan bo`lib, 
M.Qoshg`ariy o`z "Devonu lug`otit turk" asarida turkiy xalqlarda uning "etuk" atamasi 
bilan yuritilganini qayd etadi. Unga ko`ra, etuk "biror voqeani og`zaki hikoya qilish"ni 
anglatadi. Biroq jonli so`zlashuvda O`zbekistonning turli joylarida, chunonchi, 
Namangan viloyatining Janubiy qismida "ertangi" deb yuritiladigan bu hodisa - ertangi 
bo`lib o`tgan, qadimgi zamonlardan qilinajak hikoya ma`nosini anglatsa, Samarqand, 
Farg`ona va Surxondaryoda bu hodisa – matal, Xorazmda –varsoqi, Buxoroda – ushuk, 
Toshkentda–cho`pchak, yana boshqa bir qator maskanlarda – hikoya, hikoyat, og`zaki 
hikoya, o`trik yoki o`tirik, afsona deb yuritilsa-da, folklorshunoslikda ertak ilmiy 
istilohi qabul qilingan va muhim muomalada bo`lib, ruslardagi "skazka" istilohiga teng 
ekvivalentga aylangan. Zero, "Alisher Navoiy asarlarining qadimgi lug`ati, sanaluvchi 
"Abushqa"da ham "ertak" istilohi uchraydi.
"Ertak" so`zi "er", aslida "ir" yo "yir, jir" hamda "tak" so`zlaridan tarkib topgan. 
"Ir" yo "yir" Alisher Navoiy zamonida og`zaki hikoya yo doston ma`nolarini 
anglatganki, bu xususda u shunday ma`lumotni yozib qoldirgan: 
Ey yirov, sen ham ishingni ko`rguz, 
Yotug`on birla ulug` irni tuz 
Navoiy tilga olayotgan "ulug` ir" aslida doston bo`lib, uni yotug`on (hozir 
do`mbira) jo`rligida yirov ijro etgan. Yirov yoki jirov hozir ham xalq an`anaviy 
dostonlari ijrochisini anglatadi. Navoiy zamonasida "ir" dostonni anglatgani bois u ertak 
ma`nosida "cho`rchak" istilohini qo`llaydi va og`zaki eposga xos bu ikki hodisani bir-
biridan farqlaydi: 
Habibim husni vasfin uyla muhlik anglakim, bo`lg`ay,
Qoshingda qissai Yusuf bir uyqu keltirur cho`rchak. 
Shuni ta`kidlash joizki, Navoiy qo`llagan "cho`rchak" istilohi hozir Toshkent muzofotida 
"cho`pchak" va uyg`urlarda "cho`chek" shakllarida fonetik o`zgarishga uchragan holda 
iste`moldadir. Ertak xalq og`zaki badiiy ijodining eng qadimiy, ommaviy, hajman yirik, kattayu 
kichiklar uchun baravar qiziqarli bo`lgan janridir. Ular juda uzoq o`tmishda ibtidoiy 
ajdodlarimizning mifologik dunyoqarashi, qadimiy urf-odatlari, marosimlari asosida paydo 


156 
bo`lgan. Ertaklarda, odatda, xalqning maishiy turmushi va eng olijanob insoniy fazilatlari 
haqidagi orzu-o`ylari xayoliy va hayotiy uydirmalar vositasida bayon etiladi.
Ertaklar janr sifatida uzoq muddatli shakllanish jarayonini kechgan. Ular ibtidoiy 
odamlarning turmushdagi biror voqeani oddiygina hikoya qilishlari asosida yuzaga kelgan. 
Davrlar o`tishi bilan hikoya qilish ham takomillashib borgan, so`zga sig`inish, ilohiy kuchlarga 
sig`inish, animistik, totemistik, fetishistik e`tiqodlar, gallyutsinatsiya va tush ta`sirida fantastik 
(taxayyuliy) vositalarga to`lisha borsa, hayvonlarni ovlash, xonikalashtirish, ular inonchlariga 
ishonish, hayvon mahsulotlaridangina emas, balki kuchidan ham foydalanish jarayonlarida 
hayvonlar haqidagi ertaklar paydo bo`la boshladi, Asta-sekin shu xildagi ertaklarda turmush 
tajribasini omuxtalashtira borish u yoxud bu xildagi qusur va kamchiliklardan kulish ertakdagi 
obrazlarga majoziylik (allegorik) xususiyatni baxsh etdi. Natijada hayvonlarga oid ertaklar 
tarkibida majoziy namunalar yuzaga kela boshladi.
Feodal munosabatlar tarkib topib, unda ijtimoiy jarayon takomillasha borgach, ertaklarda ham shu 
ijtimoiy munosabatlarni ifodalash tamoyili chuqurlasha bordi, natijada hayotiy uydirmalar 
asosidagi maishiy ertaklar paydo bo`la boshladi. Shu zaylda ertaklar ijtimoiy - estetik hodisa 
sifatida xalq epik ijodiyotida mustahkam qaror topdi.

Download 4,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish