Hozirgi o‘zbek adabiy tilining unli va undosh
fonemalari. Bo’gin, urg’u. Fonetik jarayon.
Reja:
1. Unli fonemalar haqida.
2. Unli fonemalar tasnifi.
3. Undosh fonemalar tasnifi.
4. Undosh fonemalar tavsifi.
Vokalizm o`zbek adabiy tilining unlilari tizimidir. U 6 ta fonemani – i, e, a, u, o`, o
tovushlarini o`z ichiga oladi. Fonemalar miqdori bilan harflar (grafemalar) miqdori
o`rtasidagi bunday har xillik ularning boshqa-boshqa hodisalar ekanligidan dalolat beradi.
Unli fonemalar undoshlardan quyidagi belgilariga ko`ra farqlanadi: a) fizik-akustik
jihatdan: unlilar ovozdan tarkib topadi, unda shovqin qatnashmaydi. Undosh tovush
tarkibida esa shovqinning bo`lishi shart; b)anatomik-fiziologik jihatdan: unli tovushlar
talaffuzida nutq a’zolari to`siq (fokus) hosil qilmaydi, bu hol o`pkadan kelayotgan havo
oqimining og`iz bo`shlig`ida to`siqqa uchramay o`tishini ta’minlaydi. Undoshlar
artikulyatsiyasida esa, albatta, to`siq (fokus) hosil qilinadi, havo oqimi shu to`siqdan portlab,
sirg`alib yoki titrab o`tadi, bu jarayon undosh tovush uchun kerak bo`lgan shovqinni yuzaga
keltiradi; c) lingvistik-funksional jihatdan: unlilar ham, undoshlar ham so`z va morfema
tarkibida
"qurilish
materiali"
sifatida
(shakllantiruvchi
funksiyada)
qatnashadi;
shakllantirilgan fonetik so`z yoki morfemalarning tovush qobig`ini bir-biridan farqlaydi, shu
orqali ularning ma’nolarini tafovutlash imkonini yaratadi. Yana: unlilar bo`g`in hosil
qiluvchi asosiy tovushdir, undosh fonemalar esa unli bilan birga qatnashadi, o`zicha bo`g`in
hosil qilmaydi (sonantlar bundan mustasno, chunki ularda bo`g`in hosil qilish xususiyati
bor)
1
. Shuning uchun bo`g`in tarkibidagi unli shu bo`ginning cho`qqisi ("vershina sloga")
sanaladi. Bundan tashqari, unlining yolg`iz o`zi leksik yoki morfologik birlik statusiga
ko`tarilishi mumkin: uchinchi shaxs, birlik ma’nosidagi "u" olmoshining, shuningdek, "a?"
so`roq yuklamasining ifoda plani ---moddiy-material asosi bir unlidan iboratligi buning
dalilidir. Undoshlarda esa bu xususiyat yo`q.
O`zbek tilshunosligida unli fonemalar quyidagi uch belgi asosida tasnif qilinadi:
1.Lablarning ishtirokiga ko`ra: a) lablashgan unlilar (u,o`,o). Bu unlilarni talaffuz
qilishda lablar doira shaklida bir oz cho`ziladi; b) lablashmagan unlilar (i,e,a). Bu unlilarni
talaffuz qilishda lablar doira shakliga kirmaydi va cho`zilmaydi. Tasnifning bu turi
fonologik sistemadagi "lablanish-lablanmaslik oppozitsiyasi" talablaridan kelib chiqadi.
2.Tilning vertikal harakatiga ko`ra: a) yuqori tor unlilar (i,u). Bu unlilarni talaffuz
qilishda og`iz tor ochiladi, til bilan qattiq tanglay orasi ham tor bo`ladi; b) o`rta keng unlilar
(e,o`). Bu unlilarni talaffuz qilishda og`iz o`rta darajada ochiladi, til bilan qattiq tanglay
orasi ham o`rtacha kenglikda (yuqori ko`tarilish bilan quyi ko`tarilish orasida) bo`ladi; v)
quyi keng unlilar (a,o). Bu unlilarni talaffuz qilishda og`iz keng ochiladi, til bilan qattiq
tanglay orasi ham yuqoridagi ikki holatdan ancha keng bo`ladi. Tasnifning bu turi fonologik
sistemadagi "tilning uch darajali ko`tarilishi" oppozitsiyasiga asoslanadi.
3.Tilning gorizontal (yotiq) harakatiga ko`ra: a) old qator unlilar (i,e,a). Bu unlilarni
talaffuz qilishda tilning uchki qismi pastki tishlarga tiraladi (demak, oldinga cho`ziladi);
b)orqa qator unlilar (u,o`,o). Bu unlilarni talaffuz qilishda tilning uchki qismi pastki tishlarga
tiralmaydi (demak, bir oz orqaga tortilgan bo`ladi).
Tasnifning birinchi va ikkinchi moddalaridagi belgilar (lablanish-lablanmaslik tilning
yuqori, o`rta va quyi ko`tarilishiga asoslangan alomatlar) fonemalarning fonologik
xususiyatlarini ifodalaydi. Uchinchi moddadagi belgi (yotiq harakatdagi alomatlar) esa
o`zicha fonologik rol o`ynamaydi, chunki tovushlarning old qator yoki orqa qator bo`lishi
Do'stlaringiz bilan baham: |