O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti


Mavzu: Nutq tovushlarining o’zgarishi. Nutqning asosiy fonetik birliklari



Download 4,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/358
Sana22.07.2022
Hajmi4,91 Mb.
#835505
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   358
Bog'liq
ona tili va adabiyoti

Mavzu: Nutq tovushlarining o’zgarishi. Nutqning asosiy fonetik birliklari. 
 
Reja: 
1. Fonetik hodisalar haqida umumiy ma’lumot. 
2. Assimilyatsiya. 
3. Dissimilyatsiya 
Umumiy ma’lumot. 
Fonemaning nutq oqimida turli ottenkalarda namoyon bo`lishi, 
bunday ottenkalarning yuzaga kelishida kombinator, pozitsion yoki aralash (kombinator- 
pozi-sion) va b. omillarning ishtiroki borligi yuqorida aytib o`tilgan edi. Fonetik hodisalar 
ham aslida ana shu omillar mahsuli sifatida sodir bo`ladi. Ularning asosiy turlari 
quyidagilardan iborat: 
I. Kombinator omillar ta’sirida sodir bo`ladigan hodisalar: 
1.Assimilyatsiya bir xil kategoriyadagi tovushlarning (mas, undosh bilan undoshning) 
o`zaro moslashuvidir. Bunday moslashuvning quyidagi turlari bor: 
a)
 progressiv assimilyatsiya
- oldingi tovushning keyingi tovushni o`ziga moslashtirishi: 
ketdi>ketti
(td>tt), 
ekgan>ekkan
(kg>kk),
 qishloqga>qishloqqa
(qg>qq) kabi; 
b)
 regressiv assimilyatsiya.
Keyingi tovushning oldingi tovushni o`ziga moslashtirishi: 
tuzsiz>tussiz
(zs>ss), 
birta>bitta
(rt>tt) kabi;
v) 
to`liq assimilyatsiya.
Bunda kuchli va kuchsiz pozitsiyadagi tovushlar bir-biriga 
aynan moslashadi (ular o`rtasida neytrallashuv sodir bo`ladi): 
nonvoy>novvoy
(nv>vv), 
terak-ga>terakka
(kg>kk) kabi; 
g) 
to`liqsiz assimilyatsiya.
Bunda kuchli va kuchsiz pozitsiyadagi tovushlar bir-biriga 
qisman moslashadi: 
tan-bur>tambur
(nb>mb), 
shanba>shamba
(nb>mb) kabi. Bu so`zlarda 
"n" (til-tish undoshi) lab-lab "b"ga faqat artikulyatsiya o`rni jihatdan moslashgan (lab-lab 
"m"ga o`tgan), ammo boshqa belgilari moslashmagan. Qiyos qiling: "m"-sonor, "b"- 
shovqinli; "m"- yumuq fokusli burun tovushi, "b"- sof portlovchi kabi; 
d) kontakt assimilyatsiya 
- ketma-ket joylashgan tovushlarning o`zaro moslashuvi (q. 
yuqoridagi misollar); 
e) distant assimilyatsiya
- so`z tarkibida bir-biridan uzoqroqda joylashgan tovushlarning 
o`zaro moslashuvi: 
sichqon>chichqon, soch>choch
kabi. 
O`zbek tilida o`zak bilan affiksdagi unlilar assimilyatsiyasi ham uchraydi. 
Assimilyatsiyaning bu turi singarmonizm (unlilar uyg`unlashuvi) deb ham nomlanadi. 
Bunda unlilarning uyg`unlashuvi lab garmoniyasi va til garmoniyasi (lingval garmoniya) 
shaklida namoyon bo`ladi. Masalan: 
keldi
-"e" (old qator), "i" (old qator). Bunda o`zak va 
affikslar tarkibidagi har ikkala unli old qatordir (til garmoniyasi); 
qoldi
- "o" (orqa qator), "i" 
(orqa qator). Bunda affiksdagi old qator "i" o`zakdagi orqa qator "o"ga moslashgan- "i"ning 
orqa qator ottenkasi yuzaga kelgan (bu ham til garmoniyasi hisoblanadi); lab garmoniyasi 
ko`proq shevalarda uchraydi: 
o`g`lim 
(adabiy tilda)- 
ulum
(qipchoq lahjasi shevalarida). 
Bunda o`zak va qo`shimchalardagi unlilarning lablanish jihatdan moslashuvi sodir bo`ladi. 
Hozirgi o`zbek adabiy tilida assimilyatsiyaning bu turi deyarli uchramaydi. 
Assimilyatsiyada fonemaning kombinator ottenkasi yuzaga keladi (o`zgarish 
tovushlarning bir-biriga ta’siri natijasida bo`lganligi uchun).
2.Akkomodatsiya – turli kategoriyalardagi tovushlarning, masalan, unli bilan 
undoshning o`zaro ta’siri tufayli yuzaga keladigan moslashuv. Masalan: 
kisht
(k’sht: "i"ning 
old qator ottenkasi, u sayoz til orqa "k" undoshiga moslashgan)- 
qish
(qsh: "i"ning orqa 
qator ottenkasi, u chuqur til orqa "q" undoshiga moslashgan). Ba’zan unli undoshga emas, 
aksincha, undosh unliga moslashadi. Masalan, lab-tish (labio-dental) "f" undoshi lablashgan 


28 
"u" unlisi ta’sirida lab-lab "f"ga aylanishi mumkin. Qiyos qiling: 

Download 4,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish