O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti



Download 4,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/358
Sana22.07.2022
Hajmi4,91 Mb.
#835505
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   358
Bog'liq
ona tili va adabiyoti

faqat
("f"- lab-tish),
 
nufuz
("f" –lab-lab), 
aft
("f"- lab-tish)- 
ufq
("f"- lab-lab), 
saf
("f" –lab-tish)- tuf ("f"- lab-lab) 
kabi. 
O`zaro ta’sirda bo`lgan tovushlarning bir-biriga nisbatan oldin yoki keyin kelishiga 
ko`ra akkomodatsiya quyidagi ikki turga bo`linadi: 
a) 
progressiv akkomodatsiya.
Bunda oldingi tovush keyingi tovushga ta’sir qiladi: 
kulmoq
so`zida sayoz til orqa "k" undoshi orqa qator "u"ni old qator "u" ga aylantirgani 
kabi. Qiyos qiling: 
qul 
("u"- orqa qator unli)- 
kul
("u"- old qator unli), 
qo`l
("o`"- orqa qator 
"o" unlisi)- 
ko`l
("o`"- old qator "

" unlisi); 
b)
regressiv akkomodatsiya.
Bunda keyingi tovush oldingi tovushga ta’sir qiladi. 
Masalan: 
to`k
so`zida sayoz til orqa "k" undoshi orqa qator "o`" unlisini old qator "o`"ga 
aylantiradi. Assimilyatsiyada bo`lganidek akkomodatsiyada ham fonemaning kombinator 
ottenkasi yuzaga keladi. 
3. Dissimilyatsiya -
so`z tarkibidagi bir xil (yoki o`xshash) tovushlardan birining boshqa 
tovushga ko`chishi: 
birorta>bironta
(ror>ron), 
kissa-kista
(ss>st) kabi. Bu hodisani 
assimilyatsiyaning aksi deyish mumkin. 
Dissimilyatsiya hodisasi yo`nalishiga qarab ikki xil bo`ladi: 
a) 
progressiv dissimilyatsiya.
Bunda keyingi tovush o`zgaradi: 
zarur>zaril
kabi; 
b) 
regressiv dissimilyatsiya.
Bunda oldingi tovush o`zgaradi: 
maqtanmoq>maxtanmoq
kabi. 
Tovushning o`zgarsh darajasiga ko`ra dissimilyatsiya yana ikki turga bo`linadi: 
a) 
to`liq dissimilyatsiya.
Bunda ikkita bir xil tovushdan biri noo`xshash tovushga 
aylanadi:
 kissa>kista (ss>st) kabi; 
b) to`liqsiz dissimilyatsiya (qisman dissimilyatsiya).
Bunda tovushning artikulyatsion 
xususiyatlaridan ayrimlarigina o`zgaradi. Masalan, 
uchta>ushta
(ch>sh) kabi: "ch" va "t" 
undoshlarining ikkalasi ham portlovchi, ammo "t"ning ta’sirida "ch" sirg`aluvchi "sh" ga 
o`tgan.
Tovushlar o`rtasidagi masofaga nisbatan ham dissimilyatsiya ikki xil bo`ladi: 
a) 
kontakt dissimilyatsiya.
Bunda yonma-yon turgan tovushlardan biri o`zgaradi: 
kissa>kista kabi; 
b) 
distant dissimilyatsiya.
Bunda dissimilyatsiyaga uchrayotgan tovushlar bir-biridan 
uzoqroqda joylashgan bo`ladi. Masalan: 
birorta>bironta
kabi. 
4.Nazalizatsiya -
so`z tarkibidagi burun sonantlari ta’sirida shu sonantlar yonida 
qo`llangan unlining rezonator ton bilan aytilishi:
 non, nok men, meng
kabi. Bunday hollarda 
ham fonemaning kombinator ottenkasi (unlining ko`rinishi) paydo bo`ladi.
II.Pozitsion omillar ta’sirida sodir bo`ladigan hodisalar: 
1.Reduksiya - unli fonemaning urg`usiz bo`g`inda kuchsizlanishi: 
bilan- b:len, biroq- 
b:roq
kabi. Bunda "i" unlisining kuchsizlangan, qisqa (bilinar-bilinmas) talaffuz etiladigan 
pozitsion ottenkasi yuzaga keladi; 
2.So`z oxiridagi ochiq bo`g`inda tor unlilarning bir oz kengayishi: 
bordi>borde 
kabi. 
Bunda ham tor "i" unlisining bir oz kengaygan pozitsion ottenkasi yuzaga keladi; 
3.Jarangli "b" va "d" undoshlarining so`z oxirida jarangsizlanishi: 
maktab>maktap
(b>p), 
savod>savot
(d>t) kabi. Bunday holat jarangli j,j,z undoshlarida ham uchraydi: 
massaj>massash
(j>sh), 
dilxiroj>dilxiroch
(j>ch), 
sakkiz>sakkis
(z>s) kabi. Yuqoridagi 
barcha holatlarda b,d,j,j,z fonemalarining jarangsizlashgan pozitsion ottenkalari qo`llangan. 
O`zbek tilida ko`p bo`g`inli so`zlarda portlovchi, jarangsiz "q" ning so`z oxirida 
sirg`aluvchi, jarangli "g`" tarzida talaffuz qilinish hollari ham uchraydi: 

Download 4,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish