Toshkent davlat iqtisodiyot universtiteti



Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/58
Sana21.07.2022
Hajmi2,44 Mb.
#832014
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   58
Bog'liq
ARM BAnk ishi darslik печатга

Nazorat savollari: 
 
1. Nima uchun Markaziy bank banklarning banki deb yuritiladi? 
2. «Markaziy bank mustaqilligi» deganda nima tushuniladi? 
3. Markaziy bankning bosh maqsadi va asosiy vazifalari ni-malardan 
iborat? 
4. Nimalar Markaziy bank uchun taqiqlangan faoliyat turlari 
hisoblanadi? 
5. Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida Markaziy bank nimalarga haqli? 
6. Markaziy bank boshqaruvining o‘ziga xos xususiyatlari nimada? 
7. Bank boshqaruvi qanday vakolatlarga ega? 
8. Qaysi hollarda Markaziy bank raisi o‘z lavozimidan ozod etiladi? 
9. Markaziy bank boshqa banklar faoliyatini qanday iqtisodiy 
dastaklarga asoslanib tartibga soladi? 
10. Markaziy bank banklar faoliyatini nazorat qilishda qanday 
vakolatlarga ega?
 
 


74 
4-MAVZU. TIJORAT BANKLARINING PASSIV 
OPERATSIYALARI TARKIBI VA ULARNING JOYLASHISHI 
 
Tijorat banklarining resurslari, ularning tarkibi va tavsifi 
Resurs – fransuzcha «ressourse»
14 
so‘zidan olingan bo‘lib, pul 
mablag‘lari, yordamchi mablag‘, imkoniyat, zaxira, mablag‘ va 
imkoniyatlar manbayi, daromadlar manbayi, xom ashyo degan 
ma’nolarni o‘zida mujassamlashtiradi. 
Iqtisodiy manbalarda «resurs» so‘zi turli xil ma’nolarda, ya’ni, 
tabiat resurslari, moliyaviy resurslar, iqtisodiy resurslar, inson 
resurslari va boshqa ko‘rinishlarda tez-tez uchrab turadi. Shundan 
iqtisodiy resurslarni jamiyat rivojlanishining har bir bosqichida 
taqsimlanadigan iqtisodiy imkoniyatlarining asosiy elementlaridan 
biri deb hisoblash mumkin. Undan iqtisodiy va ijtimoiy 
rivojlanishning aniq maqsadlariga erishishda foydalaniladi. Iqtisodiy 
resurslar asosiy qismi, bu moliyaviy resurslar bo‘lib, bu resurslar 
iqtisodiyotning rivojlanishini ta’minlash uchun foydalaniladigan pul-
kredit va byudjet mablag‘larini tashkil qiladi. 
Moliyaviy resurslarning asosiy manbayi bo‘lib, vaqtinchalik 
bo‘sh turgan pul mablag‘lari, soliqlar, jismoniy shaxslarning pul 
mablag‘lari, chek-depozit emissiyasi bilan bog‘liq mablag‘lar va 
boshqalar hisoblandi. 
Iqtisodiy manbalarda va bank mablag‘larining shakllanishi 
bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarda «bank resurslari», «kredit 
resurslari», 
«depozit 
resurslari», 
«bank 
passivlari» 
kabi 
tushunchalarni uchratishimiz mumkin va bu tushunchalarga 
mualliflar o‘zlarining turlicha ta’riflari orqali izoh berganliklarining 
shohidi bo‘lamiz. 
Rossiyalik olim O.Lavrushinning fikriga ko‘ra, tijorat banklari-
ning resurslari yoki «banklarning resurslari» bankning ixtiyorida 
bo‘lgan o‘z va jalb qilingan resurslarining yig‘indisi bo‘lib, uning 
aktiv operatsiyalarini amalga oshirishda ishlatiladi
15
. Shunday fikrni 
boshqa bir guruh mualliflarning ilmiy izlanishlarida ham uchratish 
mumkin. Tijorat banklarining resurslari o‘z mablag‘lari va jalb 
qilingan mablag‘lar hisobidan tashkil qilinishini ta’kidlash, bizning 


75 
fikrimizcha, ularning manbalariga ko‘proq e’tiborni qaratadi. Bank 
resurslarining zarurligi bank faoliyatini tashkil qilish va olib borish 
natijasida shakllanadi. Banklar tashkil qilinishining ilk bosqichlarida 
banklardan avvalambor o‘z kapitalining mavjud bo‘lishi va banklar 
keyingi faoliyatlarini olib borishlari uchun esa mablag‘lar jalb 
qilinishi talab qilinadi. Shu boisdan, tijorat banklari resurslari 
mohiyatini ta’riflaganda nafaqat ularning qaysi manbalar hisobidan 
tashkil qilinganligini e’tiborga olish, balki u mablag‘lar bankning 
maqsadli faoliyati uchun zarur va muhimligini hamda ularning 
samaradorligiga erishishni ham ko‘zda tutish lozim. 
Bank resurslarini puxta o‘rganish uchun ularni guruhlarga ajratib 
tasniflash lozim. To‘gri, bank resurslarining turkumlanishi ularni 
boshqarishda 
jiddiy 
o‘zgarish yaratmaydi, ammo ularni 
o‘rganishning tizimli yondashuvini vujudga keltirish uchun asos 
yaratadi. 
Tijorat banklari resurslarining shakllanishi jihatidan tasniflanishi 
bankirlar va iqtisodchi-olimlar tomonidan turlicha o‘rganiladi. Bu 
boradagi o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlardan asosiy uch guruhga bo‘lib 
o‘rganish mumkin. 
Birinchi guruh olimlari – bu guruhga Rossiya olimlaridan – 
V.I.Bukato va Yu.I.Lvov larni va boshqa olimlarni kiritish mumkin. 
Ular o‘zlarining «Банки и банковские операции вРосии»
16
kitobida «bank resurslarini shakllanishi jihatidan ikkiga bo‘lib 
o‘rgangan, ya’ni bank resurslari bankning o‘z kapitali va jalb 
qilingan mablag‘lardan iborat» deb ta’kidlovchi olimlardir. 
O.I.Lavrushin «Банковское дело» kitobida «tijorat bank resurslari 
shakllanishi jihatidan, o‘z resurslari va jalb qilingan mablag‘larga 
bo‘linadi»
17

– deb aytib o‘tgan. Maslenchenkov Yu.S. 
«Финансовий менежмент в коммерческом банке» kitobida: 
«bank resurslarini o‘z va jalb qilingan mablag‘lardan tashkil 
topadi»
18
, - deb o‘rganadi. Bularning ishlaridan ko‘rishimiz 
mumkinki, 
bu 
iqtisodchi-olimlar 
resurslarning 
tarkibiy 
shakllanishiga ko‘p e’tibor berib, bank resurslarini faqat ikki 
guruhga bo‘lib o‘rganganlar. 
Ikkinchi yo‘nalish olimlari, bu guruhga Rossiya olimlaridan – 
K.K.Sadvakasov, V.V.Kiselev lar kiradi. Bu guruh olimlari bank 


76 
resurslarini o‘rganishda tarkibiy jihatdan uch yirik guruhga bo‘lib 
tasniflaydilar. 

Download 2,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish