Toshkent davlat iqtisodiyot universtiteti


O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklarini tugatish tartibi



Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/58
Sana21.07.2022
Hajmi2,44 Mb.
#832014
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   58
Bog'liq
ARM BAnk ishi darslik печатга

O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklarini tugatish tartibi 
va uning huquqiy asoslari. 
Tijorat banklari faoliyatini tugatish – boshqa yuridik va jismoniy 
shaxslarga huquqiy vorislik tartibida huquqlar va majburiyatlar 
o‘tmagan holda bank faoliyatini tugatishdir. O‘zbekiston Respublika-
sining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunning
19-moddasiga asosan tijorat banklari quyidagi hollarda faoliyatini 
to‘xtatish yoki faoliyatini tugatish mumkin: 

Aksiyadorlar yig‘ilishining qaroriga ko‘ra. 

Markaziy bank litsenziyani chaqirib olganida. 

Bankrot deb e’lon qilinganida. 
Shu bilan bir qatorda, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar 
huquqlarini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 101–104-mod-
dalariga muvofiq tijorat banklari aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi 
tomonidan bankni ixtiyoriy ravishda tugatish to‘g‘risida qaror qabul 
qilingan yoki O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki bankdan bank 


71 
operatsiyalarini amalga oshirish uchun berilgan litsenziya qaytarib 
olingan hollarda tugatilishi mumkin. 
Likvidator yoki tugatish komissiyasi Markaziy bank bilan 
kelishilgan holda aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan bankni 
tugatish to‘g‘risidagi qaror kuchga kirgan kundan boshlab uch kun 
mobaynida tayinlanadi. Tugatish komissiyasi tarkibiga Markaziy bank 
va uning bank joylashgan manzil bo‘yicha hududiy Bosh boshqarmasi 
mutaxassislari kiritilishi mumkin. Banklar O‘zbekiston Respublikasi 
Fuqarolik Kodeksida ko‘zda tutilgan tartibda bank qonunchiligida 
belgilangan xususiyatlarni hisobga olgan holda tugatiladi. Tugatish 
jarayonining maqsadi bank omonatchilari va kreditorlari talablarini 
tezlik bilan qondirishdan iborat. Bank ixtiyoriy yoki majburiy ravishda 
tugatilishi mumkin Bank Markaziy bank tomonidan tugatilganda bank 
faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya, shuningdek, 
ayrim operatsiyalarni bajarish uchun berilgan litsenziyalar chaqirib 
olinadi. O‘z faoliyatini to‘xtatgan bank Markaziy bank tomonidan 
banklarni davlat ro‘yxatiga olish daftaridan chiqariladi. Bankning 
faoliyati to‘xtatilganligi haqidagi xabar matbuotda e’lon qilinadi.Bank 
faoliyatini to‘xtatish va uni tugatish tartibi qonun hujjatlari bilan 
belgilanadi. 
Bankni tugatish jarayoni Markaziy bank Boshqaruvining 
litsenziyalarni qaytarib olish to‘g‘risidagi qarori chiqqan kundan 
boshlangan deb hisoblanadi. Markaziy bank Boshqaruvining litsen-
ziyalarni qaytarib olish to‘g‘risidagi qarori u qabul qilingan vaqtdan 
boshlab kuchga kiradi. Qaror u qabul qilingan kuni bank rahbariyatiga 
mazkur qarorni olganligi to‘g‘risida imzo qo‘ydirilgan holda 
topshiriladi. 
Bankni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin, 
Markaziy bank Banklarni ro‘yxatga olish Davlat kitobiga bankda 
tugatish jarayoni ketayotganligi to‘g‘risidagi yozuvni kiritadi. 
Tugatilayotgan bankning Markaziy bank majburiy zaxiralar hisob-
varag‘ida hisobda turgan mablag‘lari tugatuvchi tomonidan bankni 
tugatish jarayoni boshlanganligi to‘g‘risidagi tasdiqnoma taqdim 
etilganidan so‘ng uch kunlik muddatda tugatilayotgan bank joylashgan 
Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmasi huzuridagi Hisob-kitob-
kassa markazida ochiladigan bankning tugatish hisob varag‘iga 
qaytariladi. Markaziy bank Boshqaruvining litsenziyani qaytarib olish 


72 
to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan kundan boshlab bankni tugatish 
jarayoni yakunlanishiga qadar quyidagi cheklashlar belgilanadi: 

aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi, boshqa organlar va bank 
mansabdor shaxslarining vakolatlari to‘xtatiladi, jumladan, ularning 
mulkni tasarruf etish va majburiyatlarni to‘lash, shuningdek, bankni 
boshqarish huquqlari bekor qilinadi. Bunda aksiyadorlar umumiy 
yig‘ilishining likvidator hisobotlarini maslahatli tarzda muhokama qilish 
huquqi saqlanib qoladi; 

tugatilayotgan bank nomidan yoki uning hisobidan amalga 
oshirilgan harakatlar ular faqat likvidator tomonidan bajarilgan holdagina 
yuridik kuchga ega bo‘lishi mumkin; 

bankning barcha qarz majburiyatlari muddati o‘tgan hisoblanadi; 

tugatilayotgan bankning barcha turdagi qarzlari bo‘yicha penya 
va foizlarning hisoblab yozilishi to‘xtatiladi; 

tugatilayotgan bank ishtirokida sudda ko‘rilayotgan mulkiy 
xususiyatga ega bo‘lgan tortishuvlar agar ularga doir qabul qilingan 
qarorlar qonuniy kuchga kiritilmagan bo‘lsa to‘xtatiladi; 

bankka tegishli mulkiy xususiyatga ega bo‘lgan barcha talablar 
faqat likvidator nomiga bildirilishi hamda mazkur nizom va amaldagi 
qonunchilikda ko‘zda tutilgan tartibda ko‘rib chiqilishi mumkin; 

tugatish jarayoni boshlangunga qadar sud tomonidan qabul 
qilingan qarorlar va tugatilayotgan bankka nisbatan mulkiy talablarga oid 
sudning ijro hujjatlari qonunchilikda belgilangan navbat tartibida ijro 
etilishi uchun tugatish komissiyasiga topshiriladi. 
Bankni tugatish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat: 
-
moddiy nazorat va inventarlash; 
-
aktivlarni tekshirish; 
-
aktivlarni baholash va sotish; 
-
sotuvdan tushgan tushumlarni joylashtirish; 
-
tugatish jarayonini yakunlash. 
Markaziy bank bankni tugatish jarayonini nazorat qilib turishi shart. 
Ushbu maqsadlarda Markaziy bank muntazam ravishda bank aktivlarini 
baholash, bu aktivlarni tugatish va daromadlarni taqsimlash to‘g‘risida 
hisobotlar olib turadi. Tugatish komissiyasi raisi etib tayinlagan shaxs 
yoki likvidator sifatida yollanayotgan yuridik shaxs rahbari, shuningdek, 
likvidatorning bosh buxgalteri sifatida yollangan shaxs va tugatish 
komissiyasining boshqa a’zolari Markaziy bankning banklar rahbarlari 
va bosh buxgalterlariga nisbatan qo‘ygan malaka talablariga mos kelishi 


73 
lozim. Likvidator, ekspertlar va tugatish jarayonida band bo‘lgan boshqa 
shaxslar faoliyatiga haq to‘lash shartlari likvidator tomonidan 
qonunchilikda belgilangan tartibda ishlab chiqiladigan tugatish rejasida 
qayd etiladi. 
1990-yillarning oxiri 2000-yillarning boshida respublikamizda tijorat 
banklarining soni 40 tadan oshgan. Lekin Markaziy bank tomonidan 
belgilangan talablarga javob bermaslik holatlari natijasida bir necha 
banklarning litsenziyasi Markaziy bank tomonidan chaqirib olindi. Bu 
banklar butunlay yopildi. Meva Sabzavot bank, Avtodorbank, Avia 
banklar boshqa 
banklar tomonidan qo‘shib olindi, jumladan, Avia 
bank 
Kapital bankka, Avtodorbank Asaka bankka qo‘shib olindi. 
Yopilgan banklarga Nur-Anvar bank, Karvon bank, Parvina bank, Alp-
Jamol banklarni kiritish mumkin. Oxirgi 3 yil davomida yana 4 ta 
bank yopildi, bular: O‘ktam bank, Samarqand bank, Kredit-standart bank 
va Amir bank. Amir bankning litsenziyasi 2014-yilning iyun oyi boshida 
chaqirib olindi. Bu banklar litsenziyasining chaqirib olinishi O‘zbekiston 
Respublikasining “Banklar va bank faoliyati” to‘g‘risidagi qonunining 
14-moddasiga hamda “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki 
to‘g‘risida”gi qonunining 53-moddasiga binoan amalga oshirildi. 

Download 2,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish