Toshkent davlat iqtisodiyot universtiteti


Litsenziyaning bekor qilinishi



Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/58
Sana21.07.2022
Hajmi2,44 Mb.
#832014
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   58
Bog'liq
ARM BAnk ishi darslik печатга

Litsenziyaning bekor qilinishi: 
-
tijorat banki tomonidan yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishi holatiga 
nisbatan qo‘llaniladigan qattiq huquqiy sanksiya; 
-
qonun buzilish holatiga davlatning o‘z boshqaruv muassasasi 
Markaziy bank orqali bildirilgan munosabati; 
-
bankning bankrotligi uchun formal asos hisoblanadi. 
Litsenziya bekor qilingandan keyin bank mavjud bo‘lib turadi, 
ammo bank operatsiyalarini amalga oshira olmaydi. 
Litsenziyani bekor qilish Markaziy bank boshqaruvi tomonidan 
qo‘llanadigan og‘ir jazo chorasi hisoblanganligi sababli, boshqa jazo 
choralari natija bermagan quyidagi hollardagina qo‘llaniladi: 
-
bank to‘lov qobiliyatini yo‘qotib, passivlari aktivlaridan ortib 


62 
ketganida; 
-
litsenziya berilishga asos bo‘lgan ma’lumotlarning haqiqiy 
emasligi aniqlanganda; 
-
bank o‘z kreditorlari va omonatchilari oldidagi majburiyatlarini 
o‘tashga qobiliyatsiz bo‘lib qolganda; 
-
hisobot ma’lumotlari muntazam ravishda buzib ko‘rsatilganda; 
-
bank operatsiyalarini qonunchilikka va litsenziya shartlariga 
xilof tarzda amalga oshirilganida; 
-
litsenziya berilganidan keyin bir yildan ortiq vaqt davomida 
bank operatsiyalarini amalga oshirishga kirishmasligi oqibatida; 
-
O‘zbekiston Respublikasida sho‘‘ba bank ochgan xorijiy bank 
litsenziyasining chaqirib o‘z mamlakati tomonidan bekor qilinganida. 
Litsenziyani bekor qilinishi Markaziy bankka tijorat bankning 
sudga murojaat qilmasdan majburiy suratda tugatilishi uchun asos 
bo‘ladi. Buni Markaziy bank tomonidan tayinlangan tugatish 
komissiyasi amalga oshiradi. 
Likvidator (tugatuvchi) Markaziy bank bilan kelishilgan holda 
aksionerlar umumiy yig‘ilishi tomonidan bankni tugatish to‘g‘risidagi 
qaror kuchga kirgan kundan boshlab 3 kun mobaynida tayinlanadi. 
Tugatish jarayonining maqsadi bank omonatchilari va kreditorlari 
talablarini tezlik bilan qondirishdan iborat. Bankni tugatish jarayoni 
Markaziy bank boshqaruvining litsenziyalarni qaytarib olish 
to‘g‘risidagi qarori chiqqan kundan boshlangan deb hisoblanadi. 
Tugatilayotgan bankning Markaziy bank majburiy zaxiralar hisob 
varag‘ida hisobda turgan mablag‘lari tugatuvchi tomondan bankni 
tugatish jarayoni boshlanganligi to‘g‘risidagi tasdiqnoma taqdim 
etilgandan so‘ng bankning tugatish hisob varag‘ida aks ettiriladi. 
Markaziy bank tomonidan tugatish jarayoni boshlangandan so‘ng 
cheklashlar kiritadi, ya’ni aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi, boshqa 
organlar vakolatlari to‘xtatiladi. Bank hisobidan va nomidan hech 
qanday ish bajarilmaydi, qarz majburiyatlari muddati o‘tgan 
hisoblanadi. Bankning tugatilish jarayoni quyidagi bosqichlardan 
iborat: 
-
moddiy nazorat va inventarizatsiya; 
-
aktivlarni tekshirish; 
-
aktivlarni baholash va sotish; 
-
sotuvdan tushgan tushumlarni joylashtirish; 


63 
-
tugatish jarayonini aniqlash. 
Markaziy bank tugatish jarayonini nazorat qilib turadi. Bankni 
tugatish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar mazkur bank hisobidan 
amalga oshiriladi. Markaziy bankning bankni ixtiyoriy tugatishdan 
bosh tortishi, shuningdek, bankni majburiy tugatish to‘g‘risidagi qarori 
yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat berish mumkin 
Bankni tugatish jarayoni ikki xil bo‘lishi mumkin: ixtiyoriy tugatish 
yoki majburiy tugatishdir. 
Bankni ixtiyoriy tugatish kreditorlar va omonatchilar oldida 
majburiyatlar bajarilishini ta’minlash imkoniga ega bo‘lgan bank 
aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi tomonidan bankni ixtiyoriy ravishda 
tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan hollarda amalga oshirilishi 
mumkin. 
Tijorat banklari O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksida 
ko‘zda tutilgan tartibda bank qonunchiligida belgilangan xususiyat-
larni hisobga olgan holda tugatiladi. Bundan tashqari, O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy bankining 9-noyabr 1998-yildagi “Banklarni 
tugatish tartibi to‘g‘risida” nizomi banklarni tugatish tartibini nazariy 
asoslari keltirilgan. 
Bankni tugatish – boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga huquqiy 
vorislik tartibida huquqlar va majburiyatlar o‘tmagan holda bank 
faoliyatini tugatishdir. O‘zbekiston Respublikasidning “Banklar va 
bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunning 19-moddasiga asosan tijorat 
banklari quyidagi hollarda faoliyatini to‘xtatish yoki faoliyatini 
tugatish mumkin: 

aksiyadorlar yig‘ilishining qaroriga ko‘ra; 

Markaziy bank litsenziyani chaqirib olganida; 

bankrot deb e’lon qilinganda. 
Markaziy bank quyidagi hollarda bank operatsiyalarini amalga 
oshirish uchun berilgan litsenziyani chaqirib olishi mumkin: 

bank 
to‘lovga qobiliyatsiz bo‘lib qolganida, passivlar 
aktivlardan ko‘payib ketganida; 

litsenziya berishga asos bo‘lgan ma’lumotlarning noto‘g‘riligi 
aniqlanganda; 

bank o‘z omonatchilari va boshqa kreditorlari oldidagi 
majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lmaganida; 

hisobot ma’lumotlari muntazam ravishda buzib ko‘rsatilganda; 


64 

qonun hujjatlariga va litsenziya shartlariga zid keladigan bank 
operatsiyalari amalga oshirilganda; 

litsenziya berilgan paytdan e’tiboran bank operatsiyalarini 
amalga oshirish bir yildan ortiq muddatga kechikkanda; 

monopoliyaga qarshi qoidalar buzilganda; 

ichki nazorat qoidalari hamda jinoiy faoliyatdan olingan 
daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi 
kurashish bilan bog‘liq axborotni maxsus vakolatli davlat organiga 
taqdim etish tartibi buzilganda; 

O‘zbekiston Respublikasida o‘z sho‘ba bankini tashkil etgan 
chet el bankidan litsenziya chaqirib olinganda. 
Banklarning qo‘shilishi va yutilishiga ta’rif va umumiy tavsif 
Iqtisodiyotning bank sektori oxirgi o‘n yilliklar davomida butun 
jahonda 
keskin 
o‘zgarishlarni boshdan kechirmoqda, ushbu 
o‘zgarishlar moliya bozorlarining globallashuvi, moliya sektorining 
konsolidatsiyalashuvi bilan tavsiflanadi va bu jarayonlar moliyaviy 
muassasalar sonining qisqarishi, bank biznesi sohasining kengayishida 
namoyon bo‘lmoqda. Bank biznesi o‘z navbatida biznesning 
baynalminallashuvi va mahsulotlar qatorining diversifikatsiyalashuvi, 
shu jumladan banklar tomonidan nobank mahsulot va xizmatlar 
taklifining kengayishida o‘z aksini topmoqda. Moliya sektoriga 
ko‘pchilik davlatlarda soliq qonunchiligining o‘zgartirilishi va qayta 
tartibga solinishi katta ta’sir o‘tkazmoqda. 
Banklarning qo‘shilishi va yutilishi: umumiy yondashuvlar va 
texnologik jihatlar. 
1.
 
Qo‘shilish va yutilishning sabablari. 
Zamonaviy korporativ boshqaruv nazariyasi va amaliyoti 
kompaniya va banklarning qo‘shilishi va yutilishining bir qator 
sabablarini ko‘rsatib bermoqda. Ushbu sabablarni birma-bir ko‘rib 
chiqamiz. 
Qo‘shilishi va yutilish natijasida 

Download 2,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish