Toshkent davlat iqtisodiyot universtiteti


sinergetik samaraga erishishga



Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/58
Sana21.07.2022
Hajmi2,44 Mb.
#832014
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   58
Bog'liq
ARM BAnk ishi darslik печатга

sinergetik samaraga erishishga 
intilish
, ya’ni ikki yoki undan ortiq tashkilotlar aktivlarining o‘zaro 
bir-birini to‘ldirib boruvchi ta’siri va uning birgalikdagi natijasi 
bozorda alohida faoliyat yuritayotgan strukturalarning jami natijasidan 
yuqori bo‘lishiga erishish. Sinergatik samaraning kelib chiqishi 
quyidagilar bilan asoslanadi: 
-
masshtabni iqtisod qilish; 


65 
-
o‘zaro bir-birini to‘ldirib boruvchi resurslarning birlashtirilishi; 
-
transaksion harajatlarning qisqarishi hisobiga pul mablag‘larini 
tejash; 
-
bozordagi pozitsiyani mustahkamlash (monopoliyaga aylanish); 
-
xarajatlarni tejash. 
Qo‘shilish va yutilishning sabablaridan yana biri boshqaruv sifati 
va samarasini oshirishga intilish hisoblanadi. Qoidaga ko‘ra, kam 
samarali va boshqaruv tizimi sust bo‘lgan banklar va kompaniyalar 
yutilishga yuz tutadi. 
Soliq tizimi bilan bog‘liq sabablar ham ushbu jarayonlarga sezilarli 
ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Yutilayotgan kompaniya ma’lum bir soliq 
imtiyozlariga ega bo‘la turib, ba’zi sabablarga ko‘ra bu imtiyozlardan 
to‘la-to‘kis foydalanmayotgan bo‘lishi mumkin. 
Pul mablag‘lari oqimlarini stabillashuv va risklarni kamaytirish 
bilan bog‘liq holda biznesni diversifikatsiyalash ham qo‘shilish va 
yutilishning 
sabablaridan 
biri 
hisoblanadi. 
Bank 
biznesida 
to‘xtaladigan bo‘lsak, foizli daromadlarga ma’lum bir davriylik 
xususiyati xos, shuning uchun “kredit” bank tomonidan daromad-
larning asosiy manbayini komission to‘lovlar tashkil qilgan maxsus 
moliya muassasasiga ega bo‘lish daromadlilikka katta ijobiy ta’sir 
ko‘rsatishi mumkin. 
Ortiqcha resurslardan foydalanish imkoniyati ham muhim 
sabablardan biridir. Masalan, yirik moliyaviy resurslarga ega bo‘lgan, 
biroq ba’zi bir sabablarga ko‘ra ularni joylashtirish imkoniyatlari 
chegaralangan hududda joylashgan hududiy bank milliy masshtabda 
faoliyat yuritayotgan yirik bank uchun yutilish obyekti sifatida qiziqish 
uyg‘otishi mumkin. 
Mutaxassislar tomonidan qo‘shilish va yutilishning sabablari 
sifatida kompaniyaning bozor narxi va uni o‘rnini bosish bahosi 
o‘rtasidagi farq mavjudligi ko‘rsatiladi. Bank amaliyoti haqida 
gapiradigan bo‘lsak, ko‘p hollarda hududiy bankni sotib olib, uni 
filialga aylantirish “noldan” filial ochishdan ko‘ra arzonroq bo‘lishi 
namoyon bo‘ladi. Yana bir misol sifatida bank tomonidan protsessing 
kompaniyasini sotib olinishini ham keltirish mumkin. 
Asset-stripping (foyda olish maqsadida qismlarga bo‘lib qayta 
sotish uchun kompaniyani sotib olish) kabi yutilish sababi ham 
kompaniyani likvidatsion narxi uning bozor narxiga ko‘ra yuqoriligi 


66 
hisobiga amaliyotda ko‘p uchrayotgan sabalardan biri ekanligi 
namoyon bo‘lmoqda. 
Menejmentning shaxsiy sabablari ham mavjud: qo‘shilish va 
yutilishning bunday sabablari yuqori menejmentning motivatsiyasi 
kompaniya yoki bankning faoliyati natijalaridan ko‘ra ko‘proq uning 
masshtablariga qaratilgan vaqtda vujudga keladi. Ma’lumki, yirik 
kompaniya yoki bankni boshqarish albatta qiyinroq, ammo doim 
“boshqarish qiyinligi uchun kompensatsiya” degan savol tug‘iladi. 
2.
 
Strategik jihatlar. 
Strategik jihatlar qo‘shilish va yutiish to‘g‘risida boshqaruv 
qarorlarini qabul qilish uchun asos hisoblanadi. Makroiqtisodiy sharoit 
va iste’molchilarning doimo o‘zgarib turuvchi va qiyinlashib boruvchi 
talablariga 
moslasha 
olish 
qobiliyati 
biznesni 
yashashi 
va 
rivojlanishining asosiy sharti hisoblanadi. Demak, agar kompaniya o‘z 
faoliyati chegaralarini kengaytirmasa, yoki doimo o‘zgarib turuvchi 
tashqi sharoitga moslasha olmasa, u o‘z kelajagini so‘rov beligisi 
ostiga qo‘yayotgan bo‘ladi. O‘sish va rivojlanishga intilish ko‘p 
hollarda u yoki bu biznesni yaratgan va rivojlantirgan tadbirkorlarning 
ta’siri ostida yanada kuchayadi. Ishbilarmon korxonaning ko‘lami 
ko‘pincha biznesning kuchli tomoni sifatida qaraladi, bozorda 
yetakchilik qilish, daromadlarning barqarorligi, malakali menejerlarni 
jalb qila olish imkoniyatlari bilan tenglashtiriladi. Tashqi aksionerlarga 
ega bo‘lgan kompaniyalar uchun dividendlar va bir aksiyaga to‘g‘ri 
keladigan foydaning o‘sishiga bo‘lgan talabning mavjudligi xosdir. Bu 
masalalar ham tashqi sharoit ham ichki omillar ta’sirida 
shakllanadigan strategiyada o‘z aksini topadi. Strategik opsiyalardan 
biri bo‘lib qo‘shilish va yutilish hisoblanadi. 
Yutilish yoki qo‘shilish jarayoni muvafaaqqiyatli amalga oshirilishi 
uchun quyidagilar ishlab chiqilishi va amaliyotga tatbiq etilishi zarur: 
-
to‘liq shakllangan strategik fikrlash asosidagi strategik 
yondashuvlar; 
-
yutilish jarayonini amalga oshirish tartibini tanlash va maqsadini 
tahlil qilish; 
-
bitimni moliyaviy va tashkiliy jihatdan to‘g‘ri strukturaga 
keltirish; 
-
bitim amalga oshirilgandan keyingi boshqaruv tartibi va chora-
tadbirlari, shuningdek, yutilayotgan kompaniyaning integratsiyasi 


67 
jarayoni. 
Qo‘shilish va yutilishga nisbatan asosiy strategik yondashuvlar 
sifatida integratsiya va diversifikatsiyani ko‘rsatish mumkin. 
Yutilish natijasida “yutayotgan” kompaniya yangi faoliyat turi 
bilan shug‘ullanishni boshlaydi (diversifikatsiya) yoki o‘zining 
an’anaviy biznesini yanada kuchaytiradi (integratsiya). Amaliyotda 
ushbu ikki jarayon o‘rtasidagi chegara deyarli sezilmaydi, chunki 
qo‘shilish yoki yutilish holatlari ham integratsiya ham diversifikatsiya 
elementlarini o‘z ichiga oladi. 
Ilmiy adabiyotlarda yutilish jarayoni vertikal va gorizontal turlarga 
ajratib ko‘rsatiladi. Vertikal integratsiyada yutayotgan kompaniya 
o‘zining ishlab chiqarish zanjirini kengaytiradi. Misol sifatida qog‘oz 
ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan o‘rmon sanoati bilan 
shug‘ullanadigan korxonani sotib olinishini keltirish mumkin. Bunday 
holatda “yuqoriga yo‘naltirilgan” integratsiya sodir bo‘ladi, chunki bu 
orqali kompaniya xomashyo manbalariga yanada yaqinlashadi. 
Agarda qog‘oz ishlab chiqaruvchi kompaniya kanselyariya tovarlari 
savdosi bilan shug‘ullanadigan do‘konlar tarmog‘ini sotib olsa, bunda 
“pastga yo‘naltirilgan” integratsiya kuzatiladi, chunki bunda yakuniy 
iste’molchiga 
yaqinlashish 
amalga 
oshiriladi. 
Vertikal 
integratsiyalashgan tashkilotlarga an’anaviy misol sifatida yirik neft 
ishlab chiqaruvchi kompaniyalarni keltirish mumkin, ular neft 
yetkazishdan boshlab to yoqilg‘ini o‘zlariga tegishli bo‘lgan yoqilg‘i 
quyish stansiyalari orqali realizatsiya qilishgacha bo‘lgan barcha 
operatsiyalarni amalga oshiradilar. Gorizontal integratsiyada yutuvchi 
kompaniya 
o‘zining ishlab chiqarish quvvatlarini oshiradi, 
texnologiyalarini takomillashtiradi va savdo tarmoqlarini kengaytiradi. 
Qo‘shilish va yutilish jarayoni olti bosqichdan iborat bo‘ladi. 
Birinchi uchta bosqich qo‘shilish va yutilishni rejalashtirish jarayonini, 
qo‘shilish va yutilishning potensial obyekti bo‘yicha tahliliy ishlarni 
olib borish, qo‘shilish va yutilish to‘g‘risida muzokaralar olib borish va 
zaruriy bitimni tayyorlash va imzolash jarayonlarini o‘z ichiga oladi. 
Ikkinchi uchta bosqich bu loyihani amaliy jihatdan amalga oshirishdir.
Banklarni qo‘shilish yoki yutilish ko‘rinishida qayta tashkil etish 
uchun bir qator omillar sabab bo‘ladi. Qo‘shilish va yutilish 
sabablarini aniqlash juda muhim, chunki aynan shu sabablar ikki yoki 
undan ortiq bankning birlashishi natijasida uning qimmatroq bo‘lishi 


68 
sabablarini aks ettiradi. Shuni ta’kidlash joizki, ko‘pchilik qo‘shilish 
va yutilish holatlarining asosiy maqsadlaridan biri bu birlashgan 
banklarning kapitallashgan bahosini oshirish hisoblanadi. 
Yutilish holatida yutayotgan bank moddiy va nomoddiy aktivlarga 
ega bo‘ladi, shuningdek bankning tashkiliy strukturasini ham egallab 
oladi. Moliya nazariyasi nuqtayi nazaridan qaraganda qo‘shilish va 
yutilish holatlari bu oddiy investitsion qaror hisoblanadi va unda biror 
bir bank boshqa bankning jami aktivlariga ega bo‘lish evaziga ma’lum 
bir summani to‘laydi (yoki bankrot bankni olayotgan holatda uning 
zarari va majburiyatlarini o‘z bo‘yniga oladi). Demak, qo‘shilish ham 
boshqa investitsion qarorlar kabi bankning sof joriy qiymatini 
oshirishga qaratilgan holatdagina amalga oshirilishi zarur. 
Endi banklarni tugatish tartibini o‘rganib chiqamiz. Bank ixtiyoriy 
yoki majburiy ravishda tugatilishi mumkin. Bunda Markaziy bank 
tomonidan bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun berilgan 
litsenziya chaqirib olinadi. 

Download 2,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish