Book · February 020 citations reads 3,943 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects


Mavzu: 6-ish. Tuproqlar rekultivatsiyasidan so‘ng tuproq unumdorligini



Download 324,39 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/23
Sana20.07.2022
Hajmi324,39 Kb.
#830874
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Uslubiyqollanm Tuproqrekultivatsiyasi

 
Mavzu: 6-ish. Tuproqlar rekultivatsiyasidan so‘ng tuproq unumdorligini 
tiklanish ko‘rsatkichlarini ayrim xossalari asosida aniqlash 
 
Ishning maqsadi:
Tuproqning singdirish sig‘imi karbonatli tuproqlarda 
almashinuvchi kalsiy kationlarini A.A.Shmuk uslubi bilan aniqlash. 
Ishda foydalaniladigan asboblar va jihozlar: 
1.1n NaCl 
2.1:1 nisbatli (HCI) xlorid kislota; 
3. (NaOH yoki KOH) ning 2n eritmasi; 
4.Trilon B eritmasi (kalsiy ko‘p bo‘lsa, 0,05 n, oz bo‘lsa 0,01n); 
5. Mureksid; kongo qog‘ozi; 
Ishning nazariy asoslari

Almashinuvchi Sa va Mg kationlarini karbonatli tuproqlarda aniqlash 
jarayonida biroz qiyinchiliklarga duch kelinadi, chunki kalsiy va magniy 
kationlarining tuzli eritmalari bilan reaksiyaga kirishish natijasida almashinuvchi 
asoslar bilan bir katorda kalsiy karbonat xam ajralib chikishi ma’lum. Bu o‘rinda 
mavjud bir qator uslublar bo‘lib, bulardan eng keng tarkalgani – Shmuk tomonidan 
ishlab chikilgan uslubdir. Lekin bu uslub bilan xam olingan ma’lumotlar deyarli – 
taxmimnan deb karaladi. Bu uslubning asl mohiyati shundan iborat:
Karbonatli tuproqlarda analiz uchun olingan tuproq namunasidan 
almashinuvchi Ca va Mg ning siqib chiqarish uchun shuncha og‘irlikdagi 
namunani 2 hissa ko‘paytirilgan tuz eritmasi bilan ishlasak, bu eritmada 2 barobar 
ko‘p Ca va Mg karbonatlarini va almashinuvchi asoslarni eritishi aniq.
Bu uslub kuyidagi formulaga asoslangan: 
X = 2A – V
bu erda:
A – Ca va Mg kationlarining birinchi eritmadagi miqdori;
V – shu asoslarning ikkinchi eritmadagi (hajmi oshirilgan) miqdori.
Laboratoriya ishini bajarish tartibi. 
Teshiklar diametri 1 mm bo‘lgan 
elakdan o‘tkazilgan tuproq namunasidan 2 ta 5 gr atrofida tortib olib, birining 
xajmi 100 va ikkinchisining xajmi 200 ml bo‘lgan belgili o‘lchov kolbasiga 
solamiz. Kolbalarini ¾ qism xajmiga 1n NaCl eritmasidan solamiz. Keyin 
yaxshilab chayqatilib, aralashtirilib, o‘sha eritmadan belgisigacha quyamiz. Xar 
ikkala kolba bir xil uy harorati sharoitida bir kechaga qoldiriladi. Ertasiga oddiy 
filtr orqali filtrlab, filtratdan 10 – 20 ml Ca, Mg ni taxminiy miqdoriga karab
xuddi suvli so‘rimdagidek, Trilon B usulida aniqlaymiz. Olingan natijalardan A va 
V ni miqdori almashinuvchi Ca va Mg ni 100 gr tuproqqa nisbatan ml gr/ekv 
ko‘rinishida quyidagi jadval yordamida ifodalaniladi. Hisoblash suvli so‘rim 
analizidagi Sa, Mg ni Trilon B bilan aniqlashda berilgan.
Kalsiyni aniqlash. Kalsiy ham o‘simlik uchun zarur elementlardan bo‘lib, 
sho‘rlanmagan tuproqlarda uning kalsiy nitrat (Ca(NO
3
)
2
) kalsiy karbonat (CaSO
3

va kalsiy bikarbonat (Ca(HCO
3
)
2
) kabi birikmalari uchraydi. Ma’lum darajada 
sho‘rlangan tuproqlarda esa kalsiy sulfat (gips), CaSO
4
• 2H
2
O va kalsiy xlorid 
(CaC1
2
) kabi o‘simliklar uchun zararli tuzdar ham mavjud. 
Tuproq tarkibidagi kalsiyning miqdori turli usullar bilan aniqlanadi. 


25 
 
Uslublardan Trilon – B uslubi aniq va yaxshi natijalar beradi. Ayniqsa kam 
vaqt talab kilganligi asosan shu uslubni laboratoriyalarimizda bajarish kulay deb 
topilgan. 
Kalsiyni Trilon – B usuli bilan aniqlash Trilon – B etilen diamin tetra sirka 
kislotasining natriyli tuzi bo‘lib, ikki va uch valentli kationlar bilan suvda 
eriydigan kompleks birikmalar hosil kiladi. Bu usul bilan ishlaganda kalsiy ioni 
bilan rang beruvchi mureksid indikatori ishlatiladi. 
1.
Tayyorlangan suvli so‘rimdan kalsiyning taxminiy miqdoriga karab
pipetka bilan 25 dan 50 ml gacha olib, hajmi 250 ml li konussimon kolbaga 
solinadi. 
2.
Ustiga distirlangan suv ko‘shib, hajmi 100 ml ga etkaziladi. 
3.
Suyuqlik ustiga bir bo‘lak kongo qog‘oz tashlab, ko‘k binafsha rang 
tusiga kirguncha 1:1 nisbatli (HCI) xlorid kislotadan tomiziladi. 
4.
Suyuqlik muxiti kislotali bo‘lgandan keyin, ustiga o‘yuvchi natriy (NaOH 
yoki KOH) ning 2 n eritmasidan 5 ml ko‘shiladi va yaxshilab chayqatiladi. Eritma 
muhiti ≥12,5 bo‘lishi shart. 
5.
Mureksid kukunidan indikator sifatida shpatel uchida ozgina solinadi. 
Bunda suyuqlik pushti rangga kiradi. 
6.
Trilon B eritmasi (kalsiy ko‘p bo‘lsa, 0,05 n, oz bo‘lsa 0,01n) bilan 
kolbadagi suyuqlik pushti rangdan binafsha rangga o‘tguncha astalik bilan 
titrlanadi. 

Download 324,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish