Laboratoriya ishlari natijalarini hisoblash bo’yicha ko’rsatmalar:
Har bir elakchada qolgan agregatlar toza qog‘ozga yoki og‘irligi ma’lum bo‘lgan
chinni piyolachalarga solinib, tortiladi va xar bir elakdagi bo‘lakchalarning %
miqdori hisoblanadi.
A . 100
X = ----------------
N
Bu erda: X- elakda qolgan agregatlarning % miqdori
A- elakda qolgan agregatlar og‘irligi gr
N- analiz uchun olingan tuproq og‘irligi gr.
Olingan natija quyidagi jadvalga yozib boriladi (6-7 jadvallar).
6-jadval
Kesma
№
Tuproq
nomi
Namuna
olingan
qatlam
chuqurligi
sm
Chuqur
elashdagi
agregatlar
(mm)
miqdori%
>10 10-7
7-5
5-3
3-2
2-1
1-
0,5
0,5-
0,25
7- Jadval
Kesma
№
tuproq
nomi
Namuna
olingan
qatlam
chuqurligi
sm.
Xo’l elashdagi agregatlar (mm) Miqdori %
>10
10-7
7-5
5-3
3-2
2-1
1.05
0,5-
0,25
28
Agregatlarni suvga chidamliligini aniqlash 1.Diametri 5, 3, 2, 1, 0,5 mm
bo‘lgan elakchalardagi agregatlardan ular % miqdorini yarmi miqdorida tortib
olinadi va xajmi 1:l bo‘lgan ssilindrga solinadi (> 0,25 mm zarralar olinmaydi).
2.Silindr devoridan undagi agregatlarni to‘yintirish uchun asta-sekinlik
bilan suv qo‘yiladi va suv bilan to‘yingan namunalar 10 minut qoldiriladi. 10
minut o‘tgachssilindr suv bilan to‘ldiriladi.
3.Silindrni og‘ziga po‘kak tiqib yoki kaft bilan berkitilib, gorizontal holatda
biroz ushlanib so‘ngra tikka qilinadi.
4. Diametri 5, 3, 2, 1, 0,5 mm qilib joylashtirilgan elaklar yig‘masi suvli
pakir (chelak) ga joylashtiriladi. Idishdagi suv elakning yuqori qismidan 7-10
sm baland bo‘lishi kerak. Agregatlar solingan og‘zi berk ssilindrni sekin
vertikal xolga keltiriladi va uni ichidagi agregatlar ssilindr og‘ziga kelguncha
ushlab turiladi so‘ngra uni suv ichida to‘rgan elaklarga o‘tkaziladi.
6.Elaklarga o‘tkazilgan agregatlar elakni suv ichida yuqoriga va pastki
tomon ko‘tarib tushirish orqali “elanadi” (chayiladi). Bunda suvga chidamsiz
agregatlar “erib” mustaxkamlari qoladi.
7.SHundan so‘ng elaklar suvli idishdan olinib, suvi silkitilib, har bir elakda
qolgan agregatlar alohida - alohida qilib oldindan tayyorlab qo‘yilgan va og‘irligi
ma’lum bo‘lgan chinni piyolachalarga yuvgich yordamida o‘tkaziladi.
Aralashma biroz tiningach piyolachadagi ortiqcha suv to‘kib tashlanib,
piyolachada qolgan agregatlar suvli hammomda ko‘riguncha parlatiladi so‘ngra
quritgich shkafida 105 gradusda 1-2 soat qizdirilib sovo‘tilib, og‘irligi
aniqlanadi. Har bir elakchada qolgan agregatlarning % miqdori uning
og‘irligini 2 ga ko‘paytmasiga teng bo‘ladi. Natija yuqorida jadvalni tegishli
xonasiga yoziladi. Agregatlarni suvga chidamliligini boshqacha usulda ham
aniqlash mumkin. Buning uchun 10,7,5,3,2 mm li elakchada qolgan agregatlardan
10 ta dan 150-200 ta gacha sanab olib Petri kosachasiga terib chiqiladi. So‘ngra
kosachaga zarralar ko‘miladigan qilib, suv ko‘yiladi va 20-30 minut
qoldiriladi. Kursatilgan vakt o‘tgach kosachadagi agregatlar shisha tayoqcha
bilan joyidan kuzgatiladi. Kuzgatilganda o‘z xajmini 2/3 qismini saqlab qolgan
agregatlar suvga chidamli deb hisoblanadi. Ular miqdorini proporsiya asosida
hisoblab topiladi.
29
Do'stlaringiz bilan baham: |