Масъул муҳаррир


MATEMATIKADAN KOMPYUTERLI IJODIY TOPSHIRIQLAR TIZIMINI



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet555/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   551   552   553   554   555   556   557   558   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

10
MATEMATIKADAN KOMPYUTERLI IJODIY TOPSHIRIQLAR TIZIMINI 
YARATISHNING NAZARIY MASALALARI.
Xudoyqulova Marg‘uba Raxmiddinovna 
Ochilova Surayyo Shukrulloyevna 
Navoiy viloyati Qiziltepa tumani 
7-umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvhilari 
Telefon : +998(94)224 66 88 
shokirova_188 @mail.ru
Annotasiya: Qo‘shish va ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish amali ma’nosini ochib berish hamda 
uni bosqichlab kontsentrlarda bajarilishini o‘rgatish. 
Kalit so‘zlari: viktorinalar, testlar, qo‘shish va ayrish, ko‘paytirish va bo‘lish usullari, 
masalalar yechish usullari.
Matematika metodikasi pedagogika, psixologiya va yosh psixologiyasi fanlari bilan bog‘lay 
olish; Boshlang‘ich matematika metodikasi boshqa fanlarni o‘qitish metodikalari (tayanch fani 
matematika, ona tili, tabiatshunoslik, rasm va boshqa fanlar metodikasi) bilan uzviy bog‘lash; 
o‘qituvchi o‘qitishda tahlil, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, tabaqalashtirish kabi aqliy 
operasiyalarni bajarish malakalarini shakllantirishga qaratish. Predmetlararo bog‘lanishni to‘g‘ri 
amalga oshirish uchun o‘qituvchi buni hisobga olish; Matematika darslarida kompyuterli ijodiy 
topshiriqlardan foydalanish bo‘yicha mavjud tajribani o‘rganish va umumlashtirish maqsadida 
o‘qituvchilarning darslari kuzatilib, yozib olindi. Darslarni kuzatish va qayd etish jarayonida 
quyidagi savollarga javob izlandi: dars maqsadiga mos kompyuterli 
Ijodiy topshiriqlarning tanlanganligi; ijodiy o‘quv topshiriqlarining mazmuni, ijodiy 
topshiriqlarning o‘quv materialining mazmuniga mosligi, o‘quvchilarning real o‘quv 
imkoniyatlariga muvofiqligi; u yoki bu ijodiy ishning o‘quv topshiriqlari tizimidagi o‘rni; 
kompyuterli ijodiy topshiriqlarning matematika dars turi, bosqichlari bilan aloqadorligi, 
topshiriqlarni bajarishda foydalaniladigan usullar, oldin o‘rganilgan bilim va faoliyat usullarini 
qo‘llash, yangi bilim va faoliyat usullarini qayd qilish vositalari; o‘quv topshiriqlarining 
o‘quv materiali mazmunini to‘liq o‘zlashtirish talablariga javob bera olishi; kompyuterli 
ijodiy mazmundagi o‘quv topshiriqlarining o‘quvchi mustaqil ishlashiga ta’siri Nuqta, kesma, 
ko‘pburchak tushunchasi haqida tasavvurni shakllantirish va ularni chizisii, ayrim xossaiari bilan 
tanishtirish metodikasi. Sodda geometrik yasash ishlari bilan tanishtirish, fazoviy tasavvurlarni 
rivojlantirish. Burchaklar va ulaming turlari. Figuralarni farqlay olish, qismlarga bo‘lish, 
qismlardan figuralar hosil qilish, ko‘pburchaklar perimetri hamda yuzasini hisoblash, perimetr 
va yuza o‘chov birliklari va ular orasidagi bog‘lanishga doir masalalar yechish. 
Qo‘shish va ayirish, ko‘paytrish va bo‘lish amali ma’nosini ochib berish hamda uni bosqichlab 
kontsentrlarda bajarilishini o‘rgatish. o‘quvchilarning og‘zaki va yozma hisoblash malakalarini 
shakllantirish. Qo‘shish, ko‘paytirish jadvallari hamda ularga mos ayirish va bo‘lish hollarini 
o‘rgatish. Og‘zaki hisoblash texnologiyalari. Yozma hisoblash algoritmini o‘rgatish.
Yoshlarda mustaqil fikrlash layoqatini o‘stirish ularni hur va ozod vatanning erkin fuqarolari 
qilib tarbiyalash ko‘p jihatdan o‘quvchilar nazariy va amaliy tayyorgarligining sifatini 
yaxshilashga, buning uchun esa ta’lim jarayoniga axborot texnologiyalarni tadbiq qilish hamda 
ta’limni kompyuterlashtirishga bog‘liq. Bu muammoning o‘ta muhimligini uqtirib I.A.Karimov 
bunday deb yozgan edi: “Taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk odamlar hal qiladi. 
Texnikaviy bilim, murakkab texnologiyani egallash qobiliyati ma’naviy barkamollik bilan, 
mustaqil tafakkur bilan birga borishi kerak. Aqliy zakovat va ruhiy-ma’naviy salohiyat-ma’rifatli 
insonning ikki qanotidir”.
Boshlang‘ich sinflarda matematikadan kompyuterli ijodiy topshiriqlardan foydalanib, 
mashg‘ulotlar o‘tilsa, o‘quvchilarning o‘zlashtirish samaradorligi oshadi, matematika faniga 
bo‘lgan qiziqishi ortadi. 
Topshiriqlar nazariyasida «topshiriq», «o‘quv topshirig‘i», «biluv topshirig‘i», «ijodiy 
topshiriq», «amaliy topshiriq», «intellektual topshiriq», «muammo» kabi qator atamalar bilan 
yonma-yon «mashq», «mustaqil ish» kabi atamalar ham qo‘llaniladi. «O‘quv topshirig‘i» 
mohiyatini aniqlash, unga didaktik, metodik ta’rif berish uchun oldin psixologiya, didaktika, 


810
10
metodikada o‘quv topshirig‘i tushunchasiga berilgan ta’riflar tavsifini beramiz, so‘ngra yuqorida 
keltirilgan tushunchalarning barchasini sharxlaymiz. 
O‘quvchilar xotirasiga mo‘ljallangan mustaqil ishlar ham ko‘nikma, malakalarni rivojlantirish 
omilidir. Ular ham o‘quv topshiriqlari vositasida tashkil etiladi. Mustaqil ish to‘g‘risida quyidagicha 
bilimlarni qayd etamiz: mustaqil ish ham o‘quv topshirig‘i asosida o‘tkaziladi; mustaqil ishni 
bajarish talabini o‘qituvchi qo‘yadi; o‘quvchilar o‘qituvchi talabiga javob qaytarish uchun o‘z 
faoliyatlarini tashkil etib, boshqarishadi; erishilgan natija o‘quvchining shaxsiy– induvidual 
xatti-harakati mahsuli sifatida hosil bo‘ladi va faoliyatda saqlanadi.
Insonning ongli faoliyati, fikrlashi, bilimlarni o‘zlashtirib, takomillashtirishi keng ma’noda 
topshiriqlar bilan, bizning mavzu doirasida o‘quv topshiriqlari bilan uzviy bog‘langan hodisa. 
Topshiriq inson faoliyatining barcha jabhalari – moddiy ishlab chiqarish, fan, fan asoslari – o‘quv 
predmetlarini o‘zlashtirish bilan aloqador bo‘lganidek, o‘quvchi faoliyatining har bir yo‘nalishi 
– qayta esga tushirish va ijod qilish ham, bilimlarni o‘rganish va turli o‘quv holatlariga tatbiq 
qilish ham, bilimlarni umumlashtirish va o‘ziga o‘zi baho berishi ham o‘quv topshiriqlari bilan 
chambarchas bog‘langan. Shu sababli topshiriqlar ta’lim maqsadi, vositasi sifatida qaraladi. 
«Topshiriqlarda insoniyat to‘plagan tajribalar qayd etiladi, shu bilan birga ular moddiy va 
ma’naviy boyliklarni yangilash va yanada boyitish vositasi sanaladi. Ulardan barcha kasb egalari 
foydalanishadi». Shu manbada topshiriqlarni uch guruhga ajratib o‘rganish g‘oyasi asoslangan: 
a) ijtimoiy-ishlab chiqarish topshiriqlari. Barcha kasb egalari bunday topshiriqlarni o‘z oldiga 
qo‘yib, hal qilishadi. Ijtimoiy-ishlab chiqarish topshiriqlarini qo‘yish yo‘li bilan atrofimizni o‘rab 
olgan muhit, jamiyat rivojlantiriladi; b) ilmiy bilishga oid topshiriqlar. Bularni odatda ilmiy 
muammolar deb aytishadi. Muammo savolning shunday ko‘rinishiki, uning javobi fan to‘plagan 
bilimlar orasida mavjud bo‘lmaydi. Fanda eng kichik muammolarni yechishdan tortib, dunyo 
ahamiyatiga ega topshiriqlarni hal qilish ilmiy muammolarni qo‘yish va bajarishdan iborat. Ilmiy 
muammolarning asosiy vazifasi tabiat, jamiyat va ong hodisalarini o‘rganib yangi bilim, faoliyat 
usullarini kashf etishdir;
Dastlabki darsning tarkibi quyidagilardan iborat: 1) uyga berilgan vazifani tekshirish (agar 
uy vazifasi o‘quvchilarni yangi materialni o‘rganishga tayyorlovchi topshiriqni o‘z ichiga 
olgan bo‘lsa, bu tekshirish, ayniqsa, zarur); 2) o‘quvchilarga darsning maqsadini yetkazish; 
3) yangi materialni o‘rganishga tayyorlash; 4) yangi materialni o‘rganish; 5) yangi materialni 
dastlabki mustahkamlash; 6) yakunlash va uyga vazifa berish. O‘quvchilarni yangi tushuncha 
bilan tanishtirish, yangi bilim va malakalarni egallashga oid dars turi bo‘yicha 12 ta mashg‘ulot 
kuzatilib, ularda hammasi bo‘lib 26 ta kompyuterli ijodiy mazmundagi o‘quv topshirig‘idan 
foydalanilganligi aniqlandi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 
1. Karimov I. A Barkamol avlod o‘zbekiston taraqqiyotining poydevori T.: “Sharq”, 1998. 
-9- bet.
2. R.J.Ishmuhamedov. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish 
yo‘llari. –T.: TDPU, 2004. 
3. Axmedov M, Abdurahmonova M, Jumayev M 1- sinf matematika T:. 2012. 
4. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, dcmokralik O‘zbcki.slon davlalini birgalikda barpo 
clamiz. - Toshkenl, 0 ’zbekislon, 2016. - 56 b.


811

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   551   552   553   554   555   556   557   558   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish