810
10
metodikada o‘quv topshirig‘i tushunchasiga berilgan ta’riflar tavsifini beramiz, so‘ngra yuqorida
keltirilgan tushunchalarning barchasini sharxlaymiz.
O‘quvchilar xotirasiga mo‘ljallangan mustaqil ishlar ham ko‘nikma, malakalarni rivojlantirish
omilidir. Ular ham o‘quv topshiriqlari vositasida tashkil etiladi. Mustaqil ish to‘g‘risida quyidagicha
bilimlarni qayd etamiz: mustaqil ish ham o‘quv topshirig‘i asosida o‘tkaziladi; mustaqil ishni
bajarish talabini o‘qituvchi qo‘yadi; o‘quvchilar o‘qituvchi talabiga javob qaytarish uchun o‘z
faoliyatlarini tashkil etib, boshqarishadi; erishilgan natija o‘quvchining shaxsiy– induvidual
xatti-harakati mahsuli sifatida hosil bo‘ladi va faoliyatda saqlanadi.
Insonning
ongli faoliyati, fikrlashi, bilimlarni o‘zlashtirib, takomillashtirishi keng ma’noda
topshiriqlar bilan, bizning mavzu doirasida o‘quv topshiriqlari bilan uzviy bog‘langan hodisa.
Topshiriq inson faoliyatining barcha jabhalari – moddiy ishlab chiqarish, fan, fan asoslari – o‘quv
predmetlarini o‘zlashtirish bilan aloqador bo‘lganidek, o‘quvchi faoliyatining har bir yo‘nalishi
– qayta esga tushirish va ijod qilish ham, bilimlarni o‘rganish va turli o‘quv holatlariga tatbiq
qilish ham, bilimlarni umumlashtirish va o‘ziga o‘zi baho berishi ham o‘quv topshiriqlari bilan
chambarchas bog‘langan. Shu sababli topshiriqlar ta’lim maqsadi, vositasi sifatida qaraladi.
«Topshiriqlarda insoniyat to‘plagan tajribalar qayd etiladi, shu bilan birga ular moddiy va
ma’naviy boyliklarni yangilash va yanada boyitish vositasi sanaladi. Ulardan barcha kasb egalari
foydalanishadi». Shu manbada topshiriqlarni uch guruhga ajratib o‘rganish g‘oyasi asoslangan:
a) ijtimoiy-ishlab chiqarish topshiriqlari. Barcha kasb egalari bunday topshiriqlarni o‘z oldiga
qo‘yib, hal qilishadi. Ijtimoiy-ishlab chiqarish topshiriqlarini qo‘yish yo‘li bilan atrofimizni o‘rab
olgan muhit, jamiyat rivojlantiriladi; b) ilmiy bilishga oid topshiriqlar. Bularni odatda ilmiy
muammolar deb aytishadi. Muammo savolning shunday ko‘rinishiki, uning javobi fan to‘plagan
bilimlar orasida mavjud bo‘lmaydi. Fanda eng kichik
muammolarni yechishdan tortib, dunyo
ahamiyatiga ega topshiriqlarni hal qilish ilmiy muammolarni qo‘yish va bajarishdan iborat. Ilmiy
muammolarning asosiy vazifasi tabiat, jamiyat va ong hodisalarini o‘rganib yangi bilim, faoliyat
usullarini kashf etishdir;
Dastlabki darsning tarkibi quyidagilardan iborat: 1) uyga berilgan vazifani tekshirish (agar
uy vazifasi o‘quvchilarni yangi materialni o‘rganishga tayyorlovchi topshiriqni o‘z ichiga
olgan bo‘lsa, bu tekshirish, ayniqsa, zarur); 2) o‘quvchilarga darsning maqsadini yetkazish;
3) yangi materialni o‘rganishga tayyorlash; 4) yangi materialni o‘rganish; 5) yangi materialni
dastlabki
mustahkamlash; 6) yakunlash va uyga vazifa berish. O‘quvchilarni yangi tushuncha
bilan tanishtirish, yangi bilim va malakalarni egallashga oid dars turi bo‘yicha 12 ta mashg‘ulot
kuzatilib, ularda hammasi bo‘lib 26 ta kompyuterli ijodiy mazmundagi o‘quv topshirig‘idan
foydalanilganligi aniqlandi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. Karimov I. A Barkamol avlod o‘zbekiston taraqqiyotining poydevori T.: “Sharq”, 1998.
-9- bet.
2. R.J.Ishmuhamedov. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish
yo‘llari. –T.: TDPU, 2004.
3. Axmedov M, Abdurahmonova M, Jumayev M 1- sinf matematika T:. 2012.
4. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, dcmokralik O‘zbcki.slon davlalini birgalikda barpo
clamiz. - Toshkenl, 0 ’zbekislon, 2016. - 56 b.