10
ONA TILI VA ADABIYOT FANI O‘QITUVCHISINING INNOVASION FAOLIYATI
Gofurova Zuxra Aminovna
Xorazm viloyati, Xozorasp tumani
27-sonli maktab til va adabiyot fani o‘qituvchisi.
gulim_1969@mail.ru 94 318 80 03
Annotatsiya: ushbu maqolada ona tili va adabiyot fani darslarini o‘qitishning interfaol usullari
asosida tashkil etish ularda tashkil etiladigan ta’lim-tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda pedagogik
texnologiyalardan samarali foydalanish, shuningdek, ona tili va adabiyot fanidan o‘quvchiilariga
bilim berish va ularni tarbiyalashda samaradorlikka erishishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat
jarayoni haqida yozilgandir.
Kalit so‘zlar: hamkorlik texnologiyasi, konseptual g‘oya, pedagogik faoliyat, kasbiy
muammolar, strategiya, yaxlit, o‘quv material, tizimlashtirish, didaktik parametrlari, tyutorlik.
Zamonaviy ta’limning eng muhim unsurlari qadimdan shakllanib kelgan. Ta’lim maqsadi,
mazmuni, shakl, uslub va vositalari ta’lim jarayonlari mazmunini tahlil qilish uchun
qo‘llaniladigan an’anaviy kategoriyalar bo‘lib hisoblanadi. Aynan shu kategoriyalar ma’lum
predmet, mutaxassislik yoki ixtisoslik bo‘yicha o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qiluvchi
pedagog faoliyatining predmeti sifatida yuzaga chiqadi.
Zamonaviy o‘qituvchi dars jarayonida «aktyor» emas, aksincha «rejissyor» bo‘lishi kerakligini
anglashi lozim. Buning uchun esa u bir necha yangicha ta’lim usullarini yaxshi bilishi kerak.
Ona tili va adabiyot fani darslarini o‘qitishning interfaol usullari asosida tashkil etish ularda
tashkil etiladigan ta’lim-tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda pedagogik texnologiyalardan samarali
foydalanish, shuningdek, ona tili va adabiyot fanidan o‘quvchiilariga bilim berish va ularni
tarbiyalashda samaradorlikka erishishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo‘lib, bunda
bir qator pedagogik vazifalar hal etilishi lozim.
Ular quyidagilardan iboratdir:
-
boshlang‘ich ta’lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etish borasida muayyan
shart-sharoitlarni yaratish;
-
Ona tili va adabiyot fani darslari pedagog xodimlari o‘rtasida interfaol metodlar mohi-
yatini ochib berishga qaratilgan maxsus o‘quv seminarlarini tashkil etish;
-
ular tomonidan pedagogik texnologiya asoslarini puxta o‘zlashtirilishiga erishish;
-
ona tili va adabiyot fani darslari pedagoglarida ta’lim-tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishga
nisbatan ijodiy yondoshuv hissini tarbiyalash;
-
ona tili va adabiyot fani darslarining o‘qituvchilarida texnologik yondashuv asosida tash-
kil etish ko‘nikma va malakalarini hosil qilish;
-
ona tili va adabiyot fani darslari o‘qituvchilari tomonidan ta’lim- tarbiyaviy ishlarni in-
terfaol metodlar asosda tashkil etilishiga erishish;
-
ona tili va adabiyot fani darslari o‘qituvchilarining texnologik asosda pedagogik faoli-
yatni tashkil etish borasidagi mahoratlarini oshirish;
ona tili va adabiyot fani darslarining samaradorligini ta’minlash.
Ona tili va adabiyot fani darslari o‘qituvchilari o‘rtasida interfaol metodlar va ularning mohiyati
xususidagi nazariy ma’lumotlarni targ‘ib etish muvaffaqiyatini pedagogik jamoa, shuningdek,
individual pedagog xodimlarda ularni o‘rganishga nisbatan ehtiyoj, qiziqishning yuzaga kelishini
belgilaydi. Yuzaga kelgan ehtiyoj hamda qiziqish ularni qondirish imkonini beruvchi amaliy
faoliyatni tashkil etishga nisbatan qaror toptiradi.
O‘qitishdan ko‘zlanadigan maqsad bu davlat ta’lim standartlarida belgilangan bilim va
ko‘nikmalarini o‘quvchiiga etkazishdan iborat. Qachonki o‘quvchni tomonidan bilim qabul
qilinsa va mohiyati tushunib etilsa, o‘quvchi uchun mo‘ljallangan topshiriqlarni amalda namoyish
etib bera olsagina shunda muvaffaqiyatli deb hisoblasa bo‘ladi.
Ona tili va adabiyot fani jarayonida o‘qituvchilar tomonidan pedagogik texnologiya nazariyasi, uning
mohiyati, ta’lim-tarbiya jarayonini loyihalash, boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarining bilim, ko‘nikma va
malakalari darajasini oldindan tashhislash, ular tomonidan tashkil etilayotgan o‘quv faoliyati mazmunini
nazorat qilish, ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash, pedagogik faoliyat samaradorligini
aniqlash borasidagi nazariy bilimlar amalga oshirilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
719
10
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli “O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida ” Farmoni. –T:
O‘zbekiston Respublikasi qonun xujjatlar to‘plami, 2017 y.,
2. Ishmuhamedov R.J. va b.q. Ta’limda innovason texnologiyalar.-T.:2008.
3. Muslimov N.A. va boshqalar. Innovatsiya ta’lim texnologiyalari.– T.: “Sano standart”,
2015
4. G.B Аbdiyeva. «Badiiy ijodkorlik va dizayn» Меtodik qo‘llanma-2020.,37 b.
5. Eduportal.uz – хаlq ta’limi vazirligi axborot ta’lim portali.
720
Do'stlaringiz bilan baham: |