Масъул муҳаррир


MUAMMOLI TA’LIM MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet474/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   470   471   472   473   474   475   476   477   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

10
MUAMMOLI TA’LIM MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH
Xonnazarova Nafisa Maxmudjanovna
Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani 11-sonli maktabning
Oliy toifali boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi 
Qo‘zibekova Sanobar Karimqulovna
Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani 11-sonli maktabning
boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi
Annotasiya. Muammoli ta’lim mashg‘ulotlarini tashkil etish va boshqarish. Muammoli ta’lim 
jarayonini uchta asosiy bosqichga ajratish mumkin. Muammolar nazariy yoki amaliy yo‘nalishda 
bo‘ladi. Intellektual taraqqiyot darajasi o‘qituvchilarda hamda o‘quvchilarda qancha yuqori 
bo‘lsa, shunchalik yaxshi natijalarga erishish imkoniyati hosil bo‘ladi.
Kalit so‘zlar. Muammoli ta’lim. Asosiy bosqich. Intellektual imkoniyat. Intellekt. 
Muammoli ta’lim mashg‘ulotlarini tashkil etish va boshqarish quyidagi bosqichlarni o‘z 
ichiga oladi:
1. -o‘quv fani va darslar mavzusini o‘rgatishda ular bilan bog‘liq muammoli masalalarni 
belgilash;
2. -ulardan muammoli vaziyatlar hosil qilish va amalda foydalanishni oldindan rejalashtirib 
borish;
1. -o‘ quvchilarning tayyorgarlik darajasini hisobga olish;
2. -zarur o‘quv vositalarini tayyorlash;
3. -muammoli vaziyatdagi mavjud ziddiyatni ko‘rsatish;
4. -topshiriqni va uni yechish uchun yetarli shartlarni aniq bayon qilish;
3. -o‘quvchilarning muammoni hal etishda yo‘l qo‘yayotgan xatolarini, ularning sababini 
va xususiyatini ko‘rsatish;
4. -o‘quvchilarning noto‘g‘ri taxminlari asosida chiqargan xulosalari oqibatini muhokama 
etib, to‘g‘ri yo‘lni topishlariga ko‘maklashish va boshqalar.
Muammoli ta’lim jarayonini quyidagi uchta asosiy bosqichga ajratish mumkin:
1.Muammoli vaziyat hosil qilish.
2.Muammoni yechish taxminlarini shakllantirish.
3. Yechimning to‘g‘riligini tekshirish (olingan yechim bilan bog‘liq axborotni tizimlashtirish 
orqali).
Muammoli vaziyat hosil qilishda quyidagilar hisobga olinishi lozim:
Muammolar nazariy yoki amaliy yo‘nalishda bo‘ladi.
Darsda hosil qilinadigan muammoli vaziyat hamda o‘quvchilarga hal etish taklif etiladigan 
muammoga qo‘yiladigan eng asosiy talab - o‘quvchilarning qiziqishini oshiradigan, eng kamida 
esa, o‘quvchilarda qiziqish hosil qiladigan bo‘lishi kerakligidan iborat. Aks holda ko‘zda tutilgan 
natijaga erishish imkoni bo‘lmaydi.
Muammo o‘quvchilarning bilim darajalariga hamda intellektual imkoniyatlariga mos bo‘lishi 
shart. Hosil bo‘lgan muammoli vaziyatni yechish uchun topshiriqlar yangi bilimlarni o‘zlashtirishga 
yoki muammoni aniqlab, yaqqol ifodalab berishga yoki amaliy topshiriqni bajarishga yo‘naltirilgan 
bo‘ladi.
O‘quvchilarning muammoli vaziyatni tushunishlari, uning kelib chiqishi sabablari hamda 
nimalarga, qanchalik darajada bog‘liqligini idrok qila olishlari natijasida hosil bo‘ladi. Bunday 
tushuna olish esa o‘quvchilarga mustaqil ravishda muammoni ifodalay olish imkoniyatini beradi.
Muammoni yechish taxminlarini shakllantirishda o‘quvchi o‘zlashtirgan bilimlari asosida 
kuzatish, solishtirish, tahlil, umumlashtirish, xulosa chiqarish kabi aqliy faoliyatlarni bajaradi.
Aqliy faoliyatdagi asosiy jarayon fikrlash jarayoni bo‘lib, fikrlashning sifati uning mantiqiyligi, 
mustaqilligi, ijodiyligi, ilmiyligi, asosliligi, uzviyligi, tejamliligi, maqsadliligi, tezligi, tahliliyligi, 
qiyosiyligi, umumlashtirilganligi, xususiylashtirilganligi, kengligi, chuqurligi, ishonarliligi, 
realligi, haqqoniyligi darajasi bilan belgilanadi.
Shu bilan birga intellektual sifatlar xotira, tasavvur, anglash va shu kabi psixologik jarayonlarning 
tezligi hamda boshqa parametrlari bilan bog‘liq.
Intellektual taraqqiyot darajasi o‘qituvchilarda hamda o‘quvchilarda qancha yuqori bo‘lsa, 
shunchalik yaxshi natijalarga erishish imkoniyati hosil bo‘ladi.
Shunga ko‘ra o‘quvchilarda muammoni sezish, uni aniqlash, yechimiga doir taxminni to‘g‘ri 


680
10
belgilash va yechimning to‘g‘riligini tekshirish qobiliyatlari rivojlanib boradi.
Muammoni hal etishni 3 ta bosqichga ajratish mumkin:
1. Isbotlash - bu muammoning ilgari to‘g‘ri deb tan olingan sabablar bilan 
bog‘liqliklarini topish asosida amalga oshiriladi.
2. Tekshirish - buni tanlangan sababning oqibatida hal etilayotgan muammo hosil bo‘lishi 
to‘g‘riligini asoslash bilan amalga oshiriladi.
3. Tushuntirish - bu muammoning yechimi nima uchun to‘g‘riligini tasdiqlovchi sabablarni 
aniqlash asosida amalga oshiriladi.
O‘quvchilarning ijodiy tafakkur va ijodiy gobiliyatlarini ostirishda muammoli ta’limdan 
unumli foydalanish uchun uninig ayrim nazariy asoslari sifatida B. Blumning bilish va emotsional 
sohalardagi pedagogik maqsadlar taksonomiyasi (tafakkurning bilish qobiliyatlari rivojlanishiga 
muvofiq ravishdagi oltita darajasi)ga hamda G.Gardnerninig intellekt ko‘pligi nazariyasiga 
asoslanish maqsadga muvofiq.
Intellekt ko‘pligi nazariyasining qisqacha bayoni quyidagicha: Bu nazariyani amerikalik 
psixolog Govard Gardner (1943 yil 11- iyulda tug‘ilgan) ishlab chiqqan.
Bu nazariya har bir odam turli darajada ifodalangan kamida sakkizta tipdagi intellektga ega 
ekanligini ochib berdi. Ular quyidagilar:
1. Verbal-lingvistik intellekt-so‘z xotirasi, so‘z boyligi yaxshi, o‘qishni yaxshi ko‘radi,so‘z 
bilan ijod qilishni yoqtiradi. Bular shoir, yozuvchi, notiqlar.
2. Mantiqiy-matematik intellekt-hisoblash va sonlar bilan ishlashni, mantiqiy masalalar, 
boshqotirmalarni yechishni, shaxmat o‘ynashni yaxshi ko‘radi, tengqurlariga nisbatan ко’proq 
abstrakt darajada fikrlaydi, sabab-oqibat bog‘liqliklarini tushunadi. Bular matematik, fizik va 
boshqalar.
3. Vizual-fazoviy intellekt-ko‘rish obrazlari bilan fikrlaydi, karta, sxema, diagrammalarni 
tekstga nisbatan oson o‘qiydi, xayolga berilish, rasm chizish, modellar konstrukstiyalashni yaxshi 
ko‘radi. Bular rassom, haykaltarosh, me’mor, ixtirochi, shaxmatchilar.
4. Motor-harakatli intellekt-yuqori sport natijasiga erishadi, boshqalarning harakatlari, 
mimikasi, odatlarini yaxshi takrorlaydi, hamma narsaga qo‘l tekkizish, buyumlarni qismlarga 
ajratish va yig‘ish, yugurish, sakrash, kurash tushishni yaxshi ko‘radi. Hunarlarga qobiliyatli. 
Bular raqqos, artist, sportchilar.
5. Musiqiy-ritmik intellekt-qo‘shiqlar, kuylarni eslab qoladi, ovozi yaxshi, musiqa asbobini 
chaladi, xorda ashula aytadi, harakatlari va so‘zlashi ritmli, o‘zicha sezmasdan kuylaydi, biror ish 
qilayotib, stolni ritmik chertadi. Bular bastakor, musiqachi, qo‘shiqchi, raqqoslar.
6. Shaxslararo intellekt-tengqurlari bilan muloqotni, boshqa bolalar bilan o‘ynash va ularga 
o‘rgatishni yaxshi ko‘radi, turli holatlarda yetakchi bo‘lib qoladi, hamdardlikni, boshqalarga 
g‘amxo‘rlik ko‘rsatishni biladi, boshqa bolalar unga sherik bo‘lishga intiladilar. Bular diniy xodim, 
siyosatchi, diplomatlar.
7. Ichki shaxsiy intellekt-mustaqillik hissi, iroda kuchini namoyish qiladi, o‘zinining yaxshi 
va yomon xislatlarini real anglaydi, vazifalarni hech kim xalaqit bermaganda yaxshi bajaradi,o‘zini 
boshqara oladi, yakka ishlashni ma’qul ko‘radi, o‘z hissiyotlarini aniq tasvirlaydi, o‘z xatolaridan 
ibrat oladi, о’z qadrini bilish hissi rivojlangan. Bular psixolog, o‘qituvchi, tarbiyachilar.
8. Tabiatshunos intellekti-tabiatga, tabiat hodisalariga, jonivorlar, o‘simliklarga qiziqadi, 
tabiat olamini tushunish, atrof-muhitning belgilari va xususiyatlarini farqlash, tasniflash va shu 
kabilarga qobiliyatini namoyon qiladi. Bular tabiatshunos, ekolog, qishloq xo‘jalik xodimlari.
Ayrim bolalar o‘zlaridagi eng ustun intellekt tipi orqali boshqalarga nisbatan osonroq o‘qishlari 
mumkin. Har bir boladagi o‘z vaqtida aniqlangan va rivojlantirilgan talant unga hayotda yuksak 
cho‘qqilarga erishish uchun yo‘l ochib beradi.
Xulosa qilib aytganda, ta’lim jarayoni bolalarga intellektning har xil tiplarini jalb qilishni talab 
etadigan tajribalar orttirish imkoniyatini beradigan holda tashkil etilishi lozim.
Foydalanilgan adabiyitlar.
1. Barkamol avlod-O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.-T.: “Sharq”,1997 y.
2. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturi (Fizika, matematika, 
informatika va hisoblash texnikasi asoslari, chizmachilik, mehnat) –T.: “Sharq”, 1999 y.
3. Saranstev G.I. Metodika obucheniya matematiki v sredney shkole. - M.: “Prosveshenie”, 
2002 g.


681

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   470   471   472   473   474   475   476   477   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish