10
PEDAGOGIK TA’LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN SAMARALI
FOYDALANISH USULLARI
Xo‘jamurodova Muborak
Xorazm viloyati Hazorasp tumani 8-son
maktabi o‘qituvchisi
Telefon:+998(93) 740 87 72
Muborak8@umail.uz
Annotatsiya: Ushbu maqolada „QUIVER“ dasturi yordamida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari
tasviriy san’at va tabiatshunoslik fanlaridagi tushunchalarining mazmun mohiyati, jamiyatda
kitobga bo‘lgan qiziqishni, butun olamni o‘rab turgan tog‘, quyosh, oy va sayyoralarni ham,
bugungi kundagi o‘quvchilarga dolzarb ahamiyati haqida tahliliy axborotlar berilgan.
Kalit so‘z va iboralar: „QUIVER“ dasturi, Rasm, Chizma, Hayvonlar, Yer, Quyosh,
Harakatlar, Tovush, Ranglar.
Hozirgi paytda axborot kommunikatsiyasi rivojlanishining asosiy omillari elektron hisoblash
mashinalarning turli sohalarda tobora keng qo‘llanib borayotganidir. Ta’lim sohasida ham axborot
texnalogiyalardan foydalanish hozirgi davrga kelib ta’lim sifatini oshirishda juda katta yordam
beryapti. O‘quvchilarning fanlarga qiziqishini oshirish, ularning aqliy va ijodiy tafakkurini,
intelektual qobilyatlarini rivojlantirish, fanlararo bog‘likini ta’minlash bugungi pedagogikaning
muhim vazifalaridan. Darslarni ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, o‘quvchilarni
mustaqil ravishda faoliyat ko‘rsata olishga, axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan oqilona
foydalanishga o‘rgatish, o‘qitilayotgan fanni o‘zlashtirish sifatini oshirish ustuvor vazifa
hisoblanadi. Bu borada boshlang‘ich ta’limni o‘qitishda ham turlicha uslublar qo‘llanilmoqda.
Shulardan biri axborot texnologiyalaridan foydalanishdir.
Dars jarayonining muhim yutuqlaridan biri kompyuter texnologiyalari komponentlaridan
foydalanishni ta’minlovchi dasturiy vositalarning yaratilishi bo‘ldi. Ayniqsa, o‘quv jarayonini tashkil
qilishda bu dasturiy vositalar alohida ahamiyatga ega. Elektron qo‘llanmalarning „Macromedia
Flash“, „Gif Animation“, „Microsoft Front Page“, „Adobe Fotoshop“, „3D Max“ va „Power
Point“ kabi dasturiy vositalardan foydalanib yaratilganligi qulaylik tug‘dirmoqda. Boshlang‘ich
sinf o‘quvchilari uchun yaratilgan elektron darslik, qo‘llanma va taqdimotlar o‘quv jarayonida
keng foydalanilmoqda. Lekin men e’tiboringizga „QUIVER“ dasturini tavsiya qilmoqchiman.
„QUIVER“ dastur chizgan hayvonlar, tog‘, vulqonlar, yer shari, quyosh, oy va xakozo jismlarni
harakati va ovozini ham eshttishish imkoniyatiga ega buning uchun faqat siz Boshlang‘ich sinf
o‘qituvchisi oddiy smartfon yoki planshetidan
https://play.google.com/store/apps/details?id=com.puteko.colarmix adresiga bossa kifoya.
„QUIVER“ dasturi boshlang‘ich sinflarda quyidagi fanlardan quyidagicha imkoniyatlarni yaratib
beradi:
1. Tasviriy san’at fanidan rasm chizishga va chizgan rasmlarining jonli tasviri qanday
harakatlanishi va ovoz chiqarishi aniq va tiniq o‘quvchining shu haqida ilk tasurootlarga ega
bo‘lishiga katta yordam beradi.
2. Tabiatshunoslik fanidan o‘quvchilarning ko‘rib eshtib va hatto his qilib tushunishiga katta
yordam beradi. Bir o‘ylab ko‘ring Flamingo qushu haqida umuman tasavvurga ega bo‘lmagan
o‘quvchi uni rasmini bo‘yab uni uzini plkanshet ekranidan ko‘radi va harakatini kuzatib
ma’lumotlarga ega bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. www.playmarket.com va www.ziyonet.uz internet saytlari.
676
Do'stlaringiz bilan baham: |