Масъул муҳаррир


BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA SONLARNI RAQAMLASHGA O‘RGATISH



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet472/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   468   469   470   471   472   473   474   475   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

10
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA SONLARNI RAQAMLASHGA O‘RGATISH 
Xojiyeva Laylo
Xorazm viloyati Hazorasp tumani 8-son 
umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi
Telefon:+998(94) 116 81 82
Muborak8@umail.uz
Annotatsiya: Bu maqolada boshlang‘ich sinf matematika darslarida to‘plamlar asosida 
o‘quvchilarda son tushunchasini shakllantirish, hamda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida 
o‘quvchilarga singdirilayotgan sonning butun tarkibini to‘plam asosida bajarishlari kerakligini 
taklif va mulohazalari berilgan.
Kalit so‘z va iboralar: Son, Arifmetik amallarni, raqamlar, Katta sonning yozilishi va 
o‘qilishi.
Talim mazmuni –yoshlarni malumotli qilish, taraqqiy ettirish, tarbiyalash maqsadida malumot 
mazmunidan tanlanib, talim jarayoniga olib kirilgan bilim, ko‘nikma, malaka, faoliyat usullari 
hamda tabiat, jamiyat va tafakkur hodisalarini baholashga doir munosabatlardir. Bolalarni 10 
ichida sanash ko ‘ nikmalarini o ‘ zlashtirishlari, tartib va sanoq sonlarning birliklaridan iborat 
tarkibi, sonning ikkita kichik sondan iborattarkibi, qo‘shni sonlar orasidagi munosabatlarni 
tushunish, to‘g‘ri va teskari sanok ushunchalari bolalar bog‘chalari va maktablarning boshlang‘ich 
sinflar dasturida ko‘rsatilgan. SHu sababli o‘qituvchining birinchi navbatdagi vazifasi birinchi 
sinfga kelgan bolalarning matematik tayyorgarlik darajalarini aniqlashdan iborat. Bunday 
tekshirishni mashg ‘ ulotlar boshlanguncha qadar bolalarni maktabga qabul qilish vaqtida yo 
o‘qishning birinchi haftasi davomida amalga oshirish mumkin. Bolalar bilimini, ko ‘nikma va 
ko ‘nikmalarini aniqlash va tekshirishda quyidagi savollardan foydalanish mumkin:
1.Siz sanay olasizmi? Sanangchi? 
Ma’lumki bolalar bog‘chalari dasturiga binoan bolalar 10 gacha sanay olishlari kerak. Birinchi 
sinfga kelgan ko ‘ pchilik bolalar 10 gacha, ayrimlari 10 dan yuqori ham sanay oladilar. Bular 
hali bolalar ongli ravishda sanaydilar deyishga asos bo ‘ la olmaydi. Sanoqning onglilik darajasini 
tekshirish uchun quyidagi savollardan foydalaniladi.
2. Bu olmalarni, noklarni, sabzilarni sanang. Bunda doirachalar kancha? (6-8 ta). O‘quvchining 
to‘g‘ri javobi taxminan bunday bo‘ladi. Bir, ikki, uch, to‘rt, besh, olti. Hammasi 6 ta olma. Bu 
o ‘ quvchi oxirgi aytilmagan sonni umumiy miqdor bilan to‘g‘ri mos keltiradi va o‘quvchi 
tushunib sanaydi. 26 Agar bola oxirgi aytilgan sonni umumiy miqdor bilan to ‘ g ‘ ri mos keltira 
olmasa, u holda bola sanay olmaydi. Bunday holda «Bundagi olmalar soni qancha?» degan 
savolga javob berishda bola hamma predmetlarni sanashda boshqa xatolarga yo ‘l qo ‘ yishlari 
ham mumkin. Masalan: sanalayotgan narsalardan bittasini sanamay o‘tkazib yuboradilar yo uni 
ikki marta sanaydilar. 
3. Stolda nechta qalam yotgan bo‘lsa, o‘ng qo‘lingga shuncha qalam ol (4-5 dona). 
4.Bilginchi qaysi o‘yinchoqlar ko‘p: koptoklarnimi, qo‘g‘irchoklarnimi?
Bu ikkala savol predmetlarning ikkita to‘plamini ularni tashkil etuvchi elementlar soni 
bo‘yicha taqqoslashga doir amaliy malakalarini tekshirishga yunaltirilgan. 
Ikki to‘plamni taqqoslashni bolalar har bir to‘plam elementini ikkinchi to‘plam elementiga 
mos keltirish (ustiga qo‘yish, yoniga qo‘yish) yo‘li bilan amalga oshirish mumkin. Masalan: har 
bir katta kubik ustiga bittadan kichik kubikni qo‘yish bilan.
6. Rasmga qara: masalan, «SHolg‘om ertagiga ishlangan rasmga qara va kuchukcha oldida, 
mushukchadan keyin nevara bilan mushuk orasida nimalar turganini ayt. Bu mashqning asosiy 
vazifasi – bolalarning «…dan keyin», «oldida turish», orasida orqasida, birinchi, ikkinchi tartib 
munosabatlari haqidagi tasavvurni aniqlashdan iborat. Shu bilan birga predmetlarning har biri, 
hammasi, birori, bir qanchasi, bir xil va har xil miqdorlar, miqdorlarning qolganlari chapda, 
o‘ngda, o‘rtasida, yuqoridan pastga, pastdan yuqoriga, yuqoriga, pastga, baland, past, narsalarning 
katta kichikligiga ko ‘ra taqqoslash, narsalarning kengligi, qalinligi bo ‘yicha taqqoslash, kam, 
oldin, keyin, uzoqroq, yaqinroq, tezroq, sekinroq, ertalab, kunduzi, kechasi, kechqurun va boshqa 
ifodalarni to‘g‘ri tushunishga bog‘likbo‘lgan fazoviy munosabatlar tarkib toptiriladi. 

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   468   469   470   471   472   473   474   475   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish