Масъул муҳаррир


BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI MASALALAR YECHISHGA



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet475/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   471   472   473   474   475   476   477   478   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

10
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI MASALALAR YECHISHGA 
PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK TAYYORLASH
Xudayberdiyeva Fotima Turg‘unovna 
Mo‘minova Muqaddas Turg‘unovna
Aliboyeva Feruza Darxonaliyevna
Namangan viloyati Mingbuloq tumani 
6-son umumta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari
 Tel: +998998685207
Annotatsiya: Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini matematikadan masala yechishga 
pedagogik va psixologik tayyorlash jarayonlari haqida mulohaza yuritilgan.
Kalit so‘zlar:masala yechish, ilk tushunchalar, aqliy rivojlanish, arifmetik amallar.
Bolalar maktabga ilk qadam qo‘ygan vaqtlaridanoq, turli masalalar bilan tanishishga 
muvaffaq bo‘ladilar. Maktab ta’limida masala bilan tanishtirish zamirida o‘quvchini matematik 
bilimlar dunyosiga eng oson yo‘l orqali olib kirish muammosi hal etiladi. Masalalarning berili-
shi boshlang‘ich sinfning 1- sinfidanoq boshlanadi. Bunda avvalo, turli o‘lcham va kattaliklarni 
o‘zaro farqlashga doir masalalarga murojaat etilsa, so‘ngra, bolalar raqamlarni o‘rganishi bilan 
parallel ravishda uni yanada mustahkamlovchi masalalar bilan ham tanishadilar.
O‘quvchilarga beriladigan ta’limda masalalar va ularning yechimlari vaqt bo‘yicha ham, 
bolaning aqliy rivojlanishiga ta’siri bo‘yicha ham muhim o‘rin egallaydi. Yechilayotgan masalaning 
roli o‘qituvchining u yoki bu masalani yechish uchun qanday pedagogik maqsadni ko‘zlaganiga 
bog‘liq. Ko‘pincha masalalar o‘quvchilarga ularning bilimlarini to‘ldirish, malakalarni egallash, 
ko‘nikmalarni takomillashtirish va puxtalash uchun beriladi. O‘quvchining masalani mustaqil 
yechishidan unda ko‘nikma va malakalarning tarkib topishi uchungina emas, balki teskari aloqa 
o‘rnatish ( o‘quvchi – o‘qituvchi ) uchun ham foydalaniladi. Bu esa o‘qituvchiga o‘rganilayotgan 
materialni o‘quvchi qanday o‘zlashtirishini kuzatish va uning muvaffaqiyatlarini tekshirish 
imkonini beradi.
Bilimlarni tekshirishda masala o‘quvchi tafakkurining rivojlanishi haqida fikr yuritish, kerakli 
amallarni to‘g‘ri tanlash, hisoblash ko‘nikmalari haqida fikr yuritish imkonini beradi.
Matematikani o‘qitish umumiy sistemasida masalalar yechish samarali mashq turlaridan biridir. 
Masalalar yechish bolalarda avvalo mukammal matematik tushunchalarni shakllantirish ularning 
dasturda berilgan nazariy bilimlarni o‘zlashtirishlarida favqulotda muhim ahamiyatga ega.
Masalalar yechish jarayonining o‘zi ma’lum metodika bo‘lib, o‘quvchilarning aqliy 
rivojlanishiga ancha ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, chunki u aqliy operatsiyalarni analiz va sintez, 
konkretlashtirish va abstraklashtirish, taqqoslashi, umumlashtirilishi talab etiladi. Masalan, 
o‘quvchi istalgan masalani yechayotganida analiz qiladi, savolni masala shartida ajratadi, yechish 
rejasini tuzayotganida sintez qiladi, bunda konkretlashtirishdan (masala shartini hayolan chizadi) 
so‘ngra abstraklashdan foydalanadi (konkret situatsiyadan kelib chiqib arifmetik amalni tanlaydi) 
biror bir turdagi masalalarni ko‘p marta yechish natijasida o‘quvchi bu turdagi masalalarda berilgan 
va izlanayotgan sonlar orasidagi bog‘lanishlar haqidagi bilimni umumlashtiradi, buning natijasida 
bu turdagi masalalarni yechish usuli umumlashtiriladi.
Bolalarni masala yechishga o‘rgatish – bu berilgan va izlanayotgan sonlar orasidagi bog‘lanishni 
aniqlashni va buning asosida arifmetik amallarni bajarishni o‘rganish demakdir.
Masalalarni yechish uquvida o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan markaziy qism berilgan sonlar 
va izlanayotgan son orasidagi bog‘lanishni o‘zlashtirishdir.
Bolalarning masalalar yecha olish uquvlari va bu bog‘lanishlarni qanchalik yaxshi 
o‘zlashtirganliklariga bog‘liqdir. Shuni hisobga olgan holda boshlang‘ich sinflarda yechilishi 
berilgan sonlari va noma’lumlar orasidagi bir xil bog‘lanishlarga asoslangan konkret va mazmuni 
hamda soni berilganlari bilan esa farq qiluvchi masalalar guruhi bilan ish ko‘riladi. Bunday 
masalalar guruhini bir turdagi masalalar deb ataymiz.
Masalar ustida ishlashda o‘quvchilarni avval bir turdagi masalalarni yechishga, so‘ngra boshqa 
turdagi masalalarni yechishga, majburlashga olib kelinishi kerak emas. Matematik masalalarni 
yechish jarayoni o‘zining mohiyati bo‘yicha mustaqil fikrlashni talab qiladi. Matematik 
tushunchalarni rivojlantirish darajasi turli insonlarda turlicha bo‘ladi. Uning shakllanishi doimiy 


682
10
mashq qilishni talab qiladi. Bu mashqlar oila va maktabgacha ta’limdan boshlanadi. Har bir mustaqil 
yechilgan masala, tuzilgan masala va masalani yechish jarayonida uchragan qiyinchiliklarni 
mustaqil yengishida matonat shakllanadi, ijodiy qobiliyatlar rivojlanadi.
Ko‘plab masalalarni yechishda amallar bu kattaliklar orasidagi mavjud bog‘lanishlarga 
asoslanib tanlanadi. Amallarni tanlashda o‘quvchilar bu bog‘lanishlarni idrok qila olishlari va 
foydalana bilishlari uchun kattaliklar orasidagi bog‘lanishlarni, masalalarni bu kattaliklarning 
konkret ma’nosi asosida yechish yo‘li bilan ochib berishi kerakligini bilishi lozim.
O‘quvchilаrni mаsаlа yechishgа o‘rgаtish аnchа mаshаqqаtli jаrаyonlаrdаn biri hisoblаnаdi. 
1-2-sinf o‘quvchilаrining fikri-hаyoli odаtdа fаqаt o‘yin o‘ynаsh bo‘lаdi. Shuni hisobgа 
olib o‘quvchilаrgа mаsаlаni ishlаshdа uni ilmiy emаs hаyotiy qilib tushuntirish lozim. Аgаr 
o‘quvchilаrni yoshliklаridаn misol vа mаsаlаlаr yechishgа qiziqtirib o‘rgаtmаsа, mаtemаtikа fani 
ulаr uchun eng mаshаqqаtli fаn bo‘lib ko‘rinadi vа ulаrning keyingi fikrlаsh jаrаyonlаrigа judа 
kаttа tа’sir o‘tkаzаdi.
Bir qator masalalarni rasm va chizmalar bilan tasvirlash katta yordam beradi.
Shuni eslatib o‘tamizki, masalalarga chizma yoki rasm yasash uchun biror umumiy ko‘rsatma 
berib bo‘lmaydi. Ko‘pincha, bir masalaning o‘ziga doir grafik tasvirlarni har xil usul bilan berish 
mumkin.Shu sababli o‘qituvchining vazifasi bu ishga doim rahbarlik qilishdan, grafik model 
yasashning eng ratsional formalarini tanlashda o‘quvchilarga yordam berishdan iborat.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Jumayev E.E. Boshlang‘ich matematika nazariyasi va metodikasi.
2. M.Ahmedov, D.Mirzamuhamedova Masalalar yechish metodikasi. 
3. A.Asimov, Sh. Jo‘rayev Masala yechish usullari.


683

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   471   472   473   474   475   476   477   478   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish