Conclusion:
Thus, the system of mastering mathematics in English involves the simultaneous use of
mathematical terms and their use in English, their free manipulation in the process of studying the
subject. The teacher as a methodologist is required to conduct constant test work on the assimilation
by students of mathematical terms in English, and the search for methods of assimilation of
English-language mathematics with its practical applications.
Reference:
1. Kersaint G., Thompson D., Petkova M. Teaching Mathematics to English Language
Learners. - Routledge, 2008.
2. Lektersky V.A. Subject, object, cognition. - M .: Nauka, 2001
3. Sukova N.I. Integrated lesson in mathematics (geometry) + English on the topic: “Area of
figures. Problem solving in the 8th grade.” Teaching math. - M., 2009.p. 5-8.
570
10
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA TA’LIM-TARBIYA BERISHDA
MUSIQANING AHAMIYATI
Rasulova Shoira Yunus qizi
Termiz davlat universiteti talabasi
Telefon : +998(93) 512 95 93
rasulovashoira54@gmail.com
Annotatsiya: Bolalarning har tomonlama shaxs sifatida rivojlanishida va estetik tarbiyani
berishda musiqaning ahamiyati va Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida musiqa mashg‘ulotlarini
tashkil etishning afzalliklari haqida so‘z yuritilgan.
Kalit so‘zlar: San’at , musiqa , rivojlanish , izchiilik , maktabgacha ta’lim , estetik tarbiya ,
ta’lim, tarbiya, estetik did, ruhiyat, jismoniy tarbiya, tinglsh .
“Musiqa sa’nati navqiron avlodimizning yuksak ma’naviyat ruhida kamol topishida boshqa
san’at turlariga qaraganda ko‘proq va kuchliroq ta’sir ko‘rsatmoqda”
I.A.Karimov
Rivojlanib borayotgan Mustaqil O‘zbekistonimizda yosh avlod ta’lim va tarbiyasi borasidagi
ishlar davlat siyosti darajasida jadal va izchillik bilan olib borilmoqda. Darhaqiqat, “ Farzandlari
sog‘lom yurtning kelajagi buyukdir” deyilishi ham bejiz emas, bunda nafaqat farzandlarning
jismoniy balki, ma’naviy,axloqiy,estetik va aqliy jihatdan ham sog‘lomligini tushunishimiz lozim.
Jahon psixologlarining olib borgan tadqiqotlari natijasida bolalar hayoti davomida oladigan 70
foiz ma’lumotni 5 yoshgacha bo‘lgan davrda egallar ekan. Albatta, bu davr Maktabgacha yosh
davrga to‘g‘ri keladi. Mamalakatimizdagi ta’lim tizimining bosh bo‘g‘ini bo‘lgan Maktabgacha
ta’lim tizimida so‘ngi yillar davomida amalga oshirilayotgan keng qamrovli o‘zgarishlar va
yangilanishlar yuqoridagi fikrimizning yorqin dalilidir. Muhtaram Prezidentimiz tomonidan
qabul qilinayotgan barcha qaror va farmonlar bu tizimda tub o‘zgarishlarni amalga oshirmoqda.
Zamonaviy usulda jahon standartlariga mos ravishda bunyod etilayotgan maktabgacha talim
tashkilotlari binosida tarbiyalanayotgan bolalar uchun barcha shart-sharoitlar mujassamdir.
Bu ta’lim musassasalarida farzandlarimizning barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishlari uchun
malakali kadrlar tayyorlashga ham katta e’tibor berilmoqda. Uzluksiz amalga oshirilayotgan
o‘zgarishlar samarasi esa albatta natija ko‘rsatadi. Maktabgacha ta’lim tizimida bolalarga ta’lim
–tarbiya berish o‘ziga xosligi bilin ajralib turadi. Bu yoshgacha bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya
berish albatta ko‘proq o‘yin tarzida amalga oshiriladi. Mashg‘ulotlar bolalarga quvnoq kayfiyat
bag‘ishlashi lozim. Insonning shaxs sifatida kamol topishida musiqiy ta’lim-tarbiyaning o‘rni
benihoya kattadir. Musiqa san’ati –estetik tarbiyaning muhim omili hisoblanadi. Chunki garmonik
rivojlangan shaxsning kamolotga erishishi uchun unga muhim ta’sir ko‘rsatishda musiqaning
o‘rni benihoya ahamiyatlidir. Maktabgacha ta’lim muassasasi va oilada musiqa mashg‘ulotlarini
qoniqarli uyushtirish yosh avlodning ichki dunyosini boyitish va san’atni to‘g‘ri tushuntirishdagi
yagona yo‘ldir. Shu o‘rinda buyuk allomamiz Abu Ali ibn Sino musiqaning hissiy ta’sir kuchini
e’tirof ertgan holda uni o‘zining tibbiyot kitoblarida aks ettirgan hamda ruhiy kasalliklarni
davolashda shifo dasturlari sifatida tavsiya qilgan . “Tib qonunlari” asarida bir o‘rinda
musiqaning ruhiy ta’siri haqida so‘z yuritib shunday ta’riflagan “Go‘dakning tanasi chiniqishi
uchun ikkita narsa zarur: Birinchisi uni asta qimirlatib tebratish, Ikkinchisi onasining qo‘shig‘i
(allasi). Birinchisi –tanasiga, ikkinchisi-ruhiga tegishlidir”. Darhaqiqat, milliy an’analarimiz va
qadryatlarimizdan biriga aylangan “ona allasi” jajji bolakayning ruhiyatiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ham bolalarga estetik ta’lim-tarbiya berish maqsadida musiqa
mashg‘ulotlari olib boriladi. Bu mashg‘ulotlarning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda musiqaga mehr-muhabbat va qiziqish uyg‘otish,
boshlang‘ich musiqali didni tarbiyalash.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqani idrok etish, uni tinglash qobilyatini rivojlan-
tirish va estetik didini hamda umumiy madaniyatini yuksaltirish.
Bolalarni o‘z idrokiga mos klassik zamonaviy musiqa na’munalari bilan tanishtirib boor-
ish.
Musiqaga mos harakatlar qilish, ularni yod olish va musiqa asboblarini bir-biridan farqlash
571
10
kabi ko‘nikmalarni shakllantirish.
Musiqa mashg‘ulotlarida bolalar nafaqat qo‘shiq aytadilar balki, unga mos harakatlar
qiladi, qo‘shiqlarni yoddan xirgoya qiladi, musiqa asboblarini chalishni va bir-biridan farqlashni
o‘rganadilar. Bundan tashqari bolalarga xorijjiy tillarni o‘rgatishda ham aynan musiqaviy usul
yuksak natijalarga erishishga yordam beradi. Shu o‘rinda bolalarda musiqa orqali rivojlanadigan
muhim uchta faktni keltirib o‘tmoqchiman.
Musiqaga qiziqish, musiqiy asarlarni ishtiyoq bilan tinglash va ilarni eslash, olingan tas-
surotlarni eslash.
Musiqa tinglshga turg‘un diqqat e’tiborni va tinglash madaniyatining boshlang‘ich ele-
mentlarining shakllanishi.
Musiqiy didning shakllanishi va musiqiy asarlarga badiiy baho berolish ko‘nikmalarining
tarkib toptirish.
Rus musiqiy pedogogi D.V.Kabalevskiy aytganidek “Musiqa murabbiyining eng asosiy vazifasi
xoh zalda konsert paytida, xoh musiqa mashg‘uloti bo‘lsin, bolalar bilan suhbatlashayotganda,
ularni musiqaga qiziqtirish, emotsinal jalb qilish, o‘zining musiqaga muhabbatini ularga singdirish
zarurligini bir daqiqaga ham unutmasligi kerak”.
Musiqa bolalarning ruhiyatiga ham juda katta ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan, bolalar ichki
olamiga. Ular dunyoni anglash jarayonida musiqaga oshno bo‘lishsa hayot haqidagi bilimlarni
egallshda albatta bu ularga asqotadi. Zero aytganlaridek “Musiqa aynan bir vaqtning o‘zida ham
fan, ham san’atdir”.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1 .“Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch ” I.A. Karimov –Toshkent, O‘zbekiston -2008
2. Mirziyoyev SH.M. “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan
birga quramiz.” - Toshkent, О‘zbekiston, 2017.
3. Sodiqova Sh.A. “Maktabgacha pedagogika. “ T.: Tafakkur bo‘stoni,2013
4. .Nafisa Yusupova. “Musiqa savodi metodikasi va ritmika “T.: Musiqa, 2010.
572
Do'stlaringiz bilan baham: |