Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Quronov M. Maktab ma’naviyati va milliy tarbiya.- T.:F
2. O. Haydarova ,,Interfaol usullar’’Ilmiy-metodik,axloqiy-ta’limiy ommabop jurnal 7-nashr
2008-yil 3-bet.
3. www.maktab.uz
341
10
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QISH DARSLARIDA XALQ OG‘ZAKI IJODIDAN
FOYDALANISH
Atasheva Xurshida Allayarovna
Xorazm viloyat Gurlan tuman
18-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Erimatova Nodira Urazboyevna
Xorazm viloyat Gurlan tuman
18-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi +99842352268
xurshidaatasheva@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqola boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida xalq og‘zaki ijodidan foy-
dalanishning samarasi,ya’ni o‘quvchilarning nutq malakalarining takomillashishi,ularda halollik
,rostgo‘ylik,mehnatsevarlik kabi insoniy fazilatlarni tarkib toptirishga asos bo‘lib xizmat qilishi
aks etgan.
Kalit so‘zlar: o‘qish darsi,tez aytishlar,ertaklar,global tarmoq
Qadim va navqiron o‘zbek xalqi doimo ziyoga,ilm-hunar egallashga intilgan.Xalq
donishmandligida yoshlarni ilmli, hunarli qilib tarbiyalashga va kattalar tajribasini ularga
singdirish masalasiga katta o‘rin berilgan.Bu donishmandlik manbai bo‘lgan xalq og‘zaki ijodida
xalqimiz hayotining manzaralari, turmush tartibi, qadimgi urf-odatlari va marosimlarini o‘zida
aks ettirgan dostonlar, ertaklar, latifalar, tez aytishlar, topishmoqlar, maqollar yosh avlodga ta’lim-
tarbiya berishda, oilada bola tarbiyasida juda muhim vosita bo‘lib xizmat qilib kelgan.Bugungi
kunda ham xalq og‘zaki ijodi namunalaridan foydalanish dasturlar va qo‘llanmalar yaratishda
hozirgi kun pedagogika fanining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
Boshlang‘ich sinflarda xalq og‘zaki ijodiga keng o‘rin berilgan.Shular orasida tez aytishlar
alohida ahamiyatga ega.Tez aytishlar o‘quvchilar nutq malakasini takomillashtirib,burro-burro
so‘zlashga, aytmoqchi bo‘lgan fikrini to‘g‘ri ifodalashga o‘rgatadi. Tez aytishlar 1-2-sinf o‘qish
darsligida har bir matn oxirida keltirilgan bo‘lib, tez aytish matnlari ham har bir mavzuga uzviy
ravishda aloqador. O‘qituvchi tez aytishlarni mashq qildirganda, avvalo, uni suhbatdan boshlashi
lozim.Masalan, mana bunday: 2-sinf darsligining 50-sahifasida “Oltin kuz-hosiling yuz”
bo‘limidagi quyidagi tez aytishga qaraymiz. Olma shoxida olmaxon. Olmani olma, Olmaxon.
1.Kuz faslida qaysi mevalar pishib yetiladi?
2.Bog‘ingizga olma daraxti ekkanmisiz?
3.Olma qanday rangda boladi?
4.Tez aytishdagi ikkita joyda kelgan “olma “ so‘zlari bir xil ma’noni bildiryaptimi? Ushbu savol-
javobdan keyingina tez aytishlar mashqiga ko‘chilsa, darsdan ko‘zlangan maqsadga erishiladi.
Xalq og‘zaki ijodining eng boy va rang-barang janrlaridan biri bo‘lgan ertaklar bolalar hayotini
chetlab o‘tolmagan, hatto turli yoshdagi bolalar uchun ham alohida, maxsus ertaklar yaratilgan.
Bunga “Ur, to‘qmoq”,”Zumrad va Qimmat”, “Tulki bilan turna”, “Donishmand yigit”, “Susambil”
kabilarni misol keltirish mumkin. Ertaklarning tili sodda, ravon bo‘lgani uchun ham har qanday
yoshdagi o‘quvchi uni oson tushuna oladi. Mardlik, epchillik,mehnatsevarlik, halollik, vafodorlik,
saxiylik kabi fazilatlar ulug‘langan. Bu ma’naviy merosimizdan farzandlarimizni to‘laligicha
bahramand qilishimiz kerakki, ular yoshlikdan ertaklarni sevsinlar, ularni o‘qib mustaqil fikr
yuritsinlar, o‘zlarining sevimli qahramonlariga o‘xshashga intilsinlar. Ertaklardan nafaqat darsda
, balki sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda ham keng foydalanilsa, darsda o‘zlashtirilgan axloqiy
tushunchalarni mustahkamlash va ularga muvofiq axloqiy odatlarni shakllantirishda muhim
ahamiyat kasb etadi. Xulosa sifatida shuni aytish kerakki, o‘qituvchi xalq og‘zaki ijodidan ta’lim
jarayonida unumli foydalana bilishi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Sh.Jabborova”Boshlang‘ich ta’lim” ilmiy-metodik,axloqiy-ta’limiy ommabop jurnal 2-nashr
2011-yil 28-bet.
2. O‘qish kitobi 2-sinf darsligi
342
Do'stlaringiz bilan baham: |